1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun


• Aql ila olam yuzin obod qil,  • Hulq ila olam elini shod qil



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

10

Aql ila olam yuzin obod qil

Hulq ila olam elini shod qil. 
 

Axloqli bola 
Alisher o‘qishidan qaytarkan avtobusga chiqib hamma qatori bir 
chetdagi o‘rindiqqa o‘tirdi. Navbatdagi bekatdan avtobusga yoshi ulug‘ 
bir otaxon chiqib, uning ro‘parasiga kelganda turib qoldi. Alisher darhol 
o‘rnidan turib: “O‘tiring otaxon”- deb joy bo‘shatdi. Otaxon: “Baraka top 
o‘g‘lim, tarbiya bergan ota-onangga rahmat” - deb unga minnatdorchilik 
bildirdi. Bu voqeani kuzatib turgan yo‘lovchilar uni odobli, tarbiya 
ko‘rgan bola ekan deb maqtadilar.
Alisher shu joyda otaxonga joy bo‘shatmaslikni yoki teskari qarab 
olishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Chunki uning axloqida bunday yomon sifatlar 
yo‘q edi. Insonning axloqi go‘zal bo‘lsa, doimo odobli bo‘lishga intilsa, 
avvalo, o‘zi uchun foydalidir.
Yana bir misol, choy ichadigan piyolamizni olib ko‘raylik. Kishi 
odobli bo‘lsa, o‘sha piyolani avaylab ishlatadi, toza tutadi. Natijada piyola 


11
uzoq vaqt unga xizmat qiladi. Agar o‘sha odam piyolaga nisbatan 
beodoblik qilsa, uning labi uchadi, kir bo‘ladi, darz ketadi va oxiri sinadi. 
 
 
 
1 Axloq deganda nimani tushundingiz. 
2 Alisher qanday yaxshilik qildi? 
3 “Odobli bola elga manzur” hikmatini qanday tushundingiz?
Hikmatli so‘zlarni yod oling. 
 

Ovqatlanish odobi (1 soat) 


12
Insonning hayotida to`g`ri ovqatlanishning ahamiyati katta bo‘lib, 
iste’mol qilayotgan taomlardan kishining jismiga kuch-quvvat, kerakli 
vitaminlar ajralib chiqadi. Inson har kuni uch- to‘rt mahal vaqtini 
ovqatlanishga sarflaydi. Bu degani 70 yil ichida kamida 3 yil umrini 
taomlanish bilan o‘tkazadi deganidir. Bir narsani hamisha yodimizda 
saqlashimiz lozimki, inson yashash uchun yeydi, yeyish uchun 
yashamaydi. 
Inson ota-onasi, yaqin qarindoshlari, do‘stlar davrasida, to‘y-
bazmlarda boshqa kishilar bilan aralashib taomlanishga to‘g‘ri keladi. 
Shunday ekan taomlanish odobiga alohoda e’tibor qaratish lozim. Avvalo, 
taomlanishdan avval ikki qo‘l tozalab yuviladi.
Bu orqali qo`ldagi kir va mikroblar ketkaziladi va bu ishda Baraka
ham bor deyiladi.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə