1-Ma’ruza. Kirsh. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsad va vazifalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar



Yüklə 98,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,32 Kb.
#162502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-ma\'ruza



1-Ma’ruza
.
KIRSH.
HAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI FANINING MAQSAD VA
VAZIFALARI. ASOSIY TUShUNChA VA TA’RIFLAR
 
 Reja:
1. Fanning maqsadi, vazifalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar.
2. Xavflar tasnifi.
3. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va
identifikatsiyasi 
 
Adabiyotlar:
1,5,7,8,12,13,16,18,21,24,29,31,32,33,43,62,67 
O‘quv-vizual materiallar:
Slaydlar № 1,2,3. 
Tayanch iboralar:
 
hayot faoliyat xavfsizligi

yashash muhiti, gomosfera, noksosfera, xavfli omillar, xavfsizlik, real va 
yashirin xavf, xavf nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi, identifikatsiyasi, tavakkalchilik, sonli baholash, sabab, oqibat. 
1. Fanning maqsad va vazifalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar 
Hayot faoliyati xavfsizligi
- inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida 
bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir.
Hayot faoliyati 
– insonning o‘z manfaatlarini qondirish maqsadidagi kunlik mehnat faoliyati va dam olishi, ya’ni insoniyat
yashashining muhim shartidir. Inson yashash davrida o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini qondirish maqsadida yashash 
makonini, muhitini o‘zgartiradi. Shu sababli, ”Hayot faoliyat xavfsizligi” fani inson organizmi bilan uni o‘rab turgan muhit 
o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘lanish va ta’sirni o‘rganadi. Ma’lumki inson o‘z faoliyatini tabiiy, maishiy, ishlab chiqarish, 
shahar muhiti va favqulodda holatlar sharoitida amalga oshirishi mumkin. Inson har qanday muhit sharoitida faoliyat yuritmasin 
inson va muhit o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshi ta’sir yuzaga keladi. Shu sababli inson faoliyati ikki maqsadga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi: 
1. O‘z faoliyati davomida ma’lum samarali maqsadga, manfaatga erishish. 
2. Faoliyati davrida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish, ya’ni faoliyatni xavfsiz va zararsiz bo‘lishini 
ta’minlash.
Ko‘ngilsiz holatlar deganda insonning hayoti va sog‘ligiga zarar yetishi tushuniladi. Inson faoliyati davomida uning hayoti 
va sog‘ligiga zarar yetkazuvchi har qanday holat, vaziyat, vositalar 

Yüklə 98,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə