1-Ma’ruza. Kirsh. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsad va vazifalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar


Xavflar yoshga oid belgilariga ko‘ra -



Yüklə 98,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,32 Kb.
#162502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-ma\'ruza

Xavflar yoshga oid belgilariga ko‘ra - 
bolalarga, yoshlarga, ayollarga, keksalarga doir xavflardan iboratdir.
Yuzaga kelish xarakteriga ko‘ra -
qo‘qqisdan sodir bo‘luvchi yoki tashkil etilgan. 
Tarqalish masshtabiga ko‘ra
- mahalliy, hududiy va global ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy xavflar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar asosida yuzaga keladi. Bunday xavflarning tarqalishi davlat va 
jamiyatning hamda davlatlar o‘rtasidagi xalqaro aloqalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. 
Barcha turdagi xavflar 
potesial (yashirin
) yoki 
real
turlarga bo‘linadi. Potensial xavflarda ularning dastlabki belgilari 
ko‘rinmaydi, inson o‘zining mavjud sezgi a’zolari va analizatorlari yordamida ularni payqab ololmaydi. Real xavflar belgilari 
esa aniq ko‘zga ko‘rinarli tarzda namoyon bo‘ladi. 
 
1.3. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi 

Xavf murakkab va ko‘p belgilarga ega tushuncha bo‘lganligi sababli, uning taksonomiyasini tuzish inson hayot 


faoliyati xavfsizligini ta’minlashda hamda xavf tabiatini chuqurroq o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi

 Xavfning taksonomiyasi
- bu uning kelib chiqish tabiati (tabiiy,texnik, antropogen, ekologik, aralash), turi (real, potensial) 
, tarkibi va tuzilishi (oddiy va hosilali), ta’sir etish darajasi va xarakteri (faol va sust), oqibatlari, oqibatlarni yuzaga kelish vaqti 
(impulsiv, kumuletiv ), tarqalish chegarasi, keltirib chiqaruvchi zararlari, yuzaga kelish sohasi (madaniy, maishiy, transport, 
yo‘l-transport, ishlab chiqarish, harbiy va b.) kabi belgilari asosida bir tizimga keltirilishidir. Lekin, hozirgi vaqtda xavfning 
takommil, to‘liq taksonomiyasi ishlab chiqilmagan.
Xavfning nomenklaturasi. 
Nomenklatura – ma’lum bir belgilariga ko‘ra tartibga solingan, tizimlashtirilgan nomlar, 
terminlar ro‘yxatidir. 
Hozirgi vaqtda xavfning alfavit tartibidagi nomenklaturasi ishlab chiqilgan. Aniq tekshirishlar va tadqiqotlar o‘tkazish 
asosida alohida ob’ektlar, ishlab chiqarish sexlari, ish joylari, ish jarayonlari, kasb turlari bo‘yicha xavf nomenklaturasi tuziladi. 


Xavf
– hayot faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u
xodisa, jarayon va
ob’ektlarning inson sog’ligiga to’ridan-to’g’ri yoki
bilvosita
ma’lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyatini
tushuniladi,
ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarni olib keladi.

Yüklə 98,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə