1-Ma’ruza. Kirsh. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsad va vazifalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar



Yüklə 98,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,32 Kb.
#162502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-ma\'ruza

ekologik xavflar
deb ham atash mumkin.
Bunday ekologik xarakterdagi antropogen xavflarga tuproqni intensiv ravishda degradatsiyalanishi va og‘ir metallar 
(qadmiy, qo‘og‘oshin, simob, xrom va b.) hamda boshqa zararli moddalar bilan ifloslanishi, atmosferani zararli ximiyaviy 
moddalar: shovqin, elektr magnit maydoni va ionli nurlanishlar bilan ifloslanishi; kislotali yomg‘irlar. ozon qatlamini yemirilishi, 
yirik sanoat shaharlarida harorat inversiyasining («smog») yuzaga kelishi, suv resurslarini ifloslanishi va shu kabi boshqa inson 
turmush tarzi sifatiga ta’sir etuvchi, ularning hayotiga tahdid soluvchi hodisalar kiradi. Ushbu xavflar tasnifi va tavsiflari fanning 
“Hayot faoliyat xavfsizligining tabiiy asoslari va ekologiya” bo‘limida keng o‘rganiladi.
Texnogen xavflar - 
insoniyatning yaratuvchanlik, ijodkorlik faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Texnogen
xavflarning asosiy manbasi, insonning o‘zi va u tomonidan yaratilgan texnik vositalar, binolar, ishlab chiqarish inshootlari va 
umuman insoniyat tomonidan yaratilgan barcha texnosfera elementlari hisoblanadi. Foydalaniladigan texnik tizimlarning 
zichligi va energetik darajasi qancha katta bo‘lsa, texnogen xavf zarari ham shuncha yuqori bo‘ladi. Insoniyat faoliyati doimiy 
ravishda texnik vositalar bilan bog‘liq holda amalga oshadi va texnogen xavflarni keltirib chiqaradi. Texnogen xavflarnig 
xavflilik darajasi texnik tizimlarning tavsifi va xavfli zonalarda insonning bo‘lish vaqti bilan baholanadi. Bunday xavflarning 
tasnifi, manbalari, ta’sir darajasi, ulardan himoyalanish va bartaraf etish yo‘llari fanning “Ishlab chiqarishda hayot faoliyat 
xavfsizligi” bo‘limida keng o‘rganiladi. 
Ijtimoiy– 
jamiyatda tarqalgan va inson hayoti va sog‘ligiga tahdid soluvchi turli xil ko‘rinishdagi harakatlar, ta’sirlar va 
hujumlardir. Ijtimoiy xavflar tabiatiga ko‘ra: insonga ruhiy ta’sir etuvchi (shantaj, firibgarlik, o‘g‘rilik va b.); jismoniy zo‘rlash 
(bosqinchilik, banditizm, terror, zo‘rlash, nomusga tegish, insonlarni garovga olish va b.); istemol qilinib, inson organizmini 
ishdan chiqaruvchi ( alkogolizm, narkomaniya, tamaki chekish va b); ijtimoiy kasalliklar (spid, teri-tanosil kasalliklari va b.), o‘z 
joniga qasd qilish kabi turlarga bo‘linadi.

Yüklə 98,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə