1-Ma’ruza. Kirsh. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsad va vazifalari. Asosiy tushuncha va ta’riflar


Hudud – biosfera yoki texnosferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan chegarasi.  Tabiiy muhit



Yüklə 98,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,32 Kb.
#162502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-ma\'ruza

Hudud
– biosfera yoki texnosferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan chegarasi. 
Tabiiy muhit
– ma’lum bir sub’ektning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoitlar va ob’ektlar majmui. 
Ijtimoiy muhit
- inson o‘z ehtiyojlarini qondirish, tajriba va bilimlar ortdirish, ularni o‘zaro almashish maqsadida tashkil 
etadigan va foydalanadigan muhit. 
Ishlab chiqarish muhiti
– insonning mehnat faoliyati amalga oshadigan maydon. 
Insonning hayotiy faoliyat muhiti qulay (“komfort”), ruxsat etilgan, xavfli va favqulodda xavfli holatlarda bo‘lishi mumkin. 
Qulay muhit
– insonning hayoti va sog‘ligi kafolatlangan, ish qobiliyati to‘liq ta’minlangan, salbiy ta’sir etuchi omillar
bartaraf etilgan hayotiy faoliyat sharoitidir.
Ruxsat etilgan muhit 
- insonning ish qobiliyatini to‘liq namoyish etishi cheklangan, mehnat samaradorligini pasayishiga 
olib keluvchi, lekin faoliyat davrida ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillarning ruxsat etilgan miqdori ta’minlangan muhit.
Xavfli muhit – 
ishlab chiqarish omillari inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etib, uzoq ta’sir etuvchi kasalliklarni yoki tabiiy 
muhitning salbiy o‘zgarishiga olib keluvchi muhit. 
Favqulodda xavfli muhit
– ta’sir etuvchi omillar qisqa vaqt ichida turli xil jarohatlar yoki baxtsiz hodisalarni keltirib 
chiqarishi va atrof-muhitni buzilishiga olib kelish xavfi bilan tavsiflanadi. 
Noksosfera
– doimiy yoki davriy xavf sodir bo‘ladigan yoki mavjud bo‘lgan maydon. Noksosfera maydonida xavfli va 
zararli omillar miqdori (darajasi) doimo ruxsat etilgan miqdordan katta bo‘ladi, 
S > REM (PDK); I > RED (PDU) 
Gomosfera
– inson o‘z faoliyat jarayonlari davrida bo‘ladigan muhit, joy, maydon. 
 



Yüklə 98,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə