1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 

 

Hikmatli so‘zlarni yod oling. 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


20
III bo‘lim. Oila tarbiyasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Inson hayotida oilaning o‘rni (2 soat) 
Oila bu insonning ota-onasi, aka-uka, opa-singil, bobo-buvilari va 
yaqin qarindoshlaridan tashkil topgan jamoadir. Inson hayotida oilaning 
o‘rni katta bo‘lib, farzandlar oilada dunyoga keladi va kamol topadi. Oila 
muqaddas dargoh bo‘lib uning tinch-totuvligi, farovonligi jamiyat va 
davlat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. 
“Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat 
muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” deb Konstitutsiyamizda belgilab 
qo‘yilgan. Xalqimizda “Vatan ostonadan boshlanadi”, “Qush uyasida 
ko‘rganini qiladi” –degan so‘zlar bejiz aytilmagan. Ota-bobolarimiz 
azaldan oilani muqaddas bilishgan. Shuning uchun uning sha’ni, qadr-
qimmatini asrab avaylash or-nomus masalasi bo‘lgan. 
Oilada ota-onaning farzandlar oldidagi burchlari mavjud.O‘z 
navbatida farzandlar ham ota-onalarini e’zozlashi, asrab avaylashi, 
qadrlashi ularning farzandlik burchlari hisoblanadi. Bugun Yevropa 
xalqlari millat yoshlarining tarbiyasi buzilayotganligi, “Vatan kelajagi”, 
“Millat taqdiri” uchun mas’uliyatni his qilmayotganliklari haqida tinmay 
gapirmoqdalar. Buning sababi ularda “Oila tushunchasi”, “Ota-ona 


21
mas’uliyati”, “Farzandlik burchi” kabi tushunchalariga e’tibor 
bermaslikdir. 
“Biron narsa oila ne’matiga teng kelolmaydi. Bundan boshqasini 
afzal bilgan ziyondadir” degan edi, donishmandlardan biri. Yurtimizni 
kelajagi, ertangi farovon hayotimiz, baxtli, saodatli kunlar oilalalarning 
tinchligi, mustahkamligiga bog‘liq. 

Uyda baxtli bo‘lgan baxtlidir. 

Oila tinch – yurt tinch. 
Oilam
Zahro Hasanova 
Oila desam biri tan 
Biri jondek ko‘rinar. 
Mo‘jazgina mustahkam
Bir vatandek ko‘rinar. 


22
Oila – otam, oila – onam, 
Oila – ukam ko‘zlari.
Oila – singlim, oila bobom, 
Buvijonim so‘zlari. 
Men ularsiz o‘zimni 
Tasavvur etmam aslo 
Oila - kichik vatanim, 
Men jilg‘aman u daryo. 
1.“Oila azolari”ga kimlar kiradi? 
2.Oila obro‘sini saqlash deganda nimani tushunasiz? 
3.Oila a’zolaringizga ularni yaxshi ko‘rishingizni 
aytganmisiz? 


Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə