1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

24
Duogo‘y onam
Qadim zamonda nomdor sarkarda o‘tgan ekan. Uning pahlavonligi, 
dovyurakligi el og‘zida doston ekan. Jangga sovut-dubulg‘asiz, qalqonsiz, 
faqat qilich bilan kirib doim g‘alaba qilar ekan. Bir kuni u temirchiga 
borib, o‘ziga qalqon, sovut buyurtirib, navbatdagi jangga sovut – qalqon 
va qilich bilan kiribdi. Shunda atrofdagilari hayron bo‘lib so‘rashibdi. - 
Ey sarkarda, jangga bu holda hech kirmas edingiz – ku … Sarkarda bir 
xo‘rsinib dedi: - Meni duo qilib turguchi onaizorim olamdan o‘tdilar. Bu 
duo menga qalqon, sovut, o‘q o‘tkazmas dubulg‘a edi, endi u kishi 
yo‘qlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
1
.
Ota – onani e’zozlashdan maqsad nima?
2. Farzandlik burchiga nimalar kiradi?
3. Duogo‘y onam hikoyasini tushuntirib bering.
 
 

 
 
 
Ota-onangizga kelajakda qanday yaxshiliklar qilishingiz 
haqida so‘zlab bering. 


25
IV bo‘lim. Huquqiy tarbiya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Huquq tushunchasi (2 soat) 
Inson hayotda o‘z o‘rnini topib, vatan oilaga sadoqat bilan xizmat 
qilishi lozim. Buning uchun huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirib 
borish talab etiladi. Huquq dastlab axloqiy qarashlar, qadriyatlar negizida 
vujudga kelgan. Keyinchalik davlat tomonidan o‘rnatilgan. 
 Huquq
– Davlat tomonidan o‘rnatilgan va u tomonidan himoya 
qilinadigan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq – atvor qoidalarining 
yig‘indisidir. Inson o‘z huquqlarini bilishi va ulardan foydalanishi lozim. 
Buning uchun Konstitutsiya va boshqa qonunlarning mazmun –
mohiyatini o‘qib o‘rganib, ularga kundalik hayotimizda amal qilib borish 
kerak. Shu bilan birga oila, maktab va kelajakda o‘z ish joyingizda ichki 
tartib- intizomga amal qilib borsangiz, hayotingiz xavfsiz, barqaror va 
farovon bo‘ladi. Sizni komil inson bo‘lib, hayotda o‘z o‘rningizni 
topishingizga yo‘l ochiladi. 



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə