1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun


Taomlanganda quyidagilarga amal qilish lozim



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Taomlanganda quyidagilarga amal qilish lozim: 

Taomni katta yoshdagi kishilar boshlashini kutib turish

O‘ng qo‘l bilan taomlanish; 

Har kim, o‘z oldidan yeyishga odatlanish;

Qo`ldan tushgan va dasturxonga to‘kilgan taomni olib yeyish; 

Dasturxon atrofida odob bilan o‘tirish;

Taom yeganda shoshilmaslik, keragidan ortig‘ini yemaslik;

Taomni puflamaslik va taomlangandan so‘ng qo‘lni yuvishlik; 

Suvni va taomni o`tirib tanovvul qilish;
Buni yodda tuting! 
Dunyoda har yili 11 milliondan 
ziyod inson noto‘g‘ri ovqatlanish 
oqibatida olamdan o‘tmoqda.


13

Kop ovqat yegan emas, keragini yegan foyda topadi. 

Dardning sababi tomoq, qarab yemagan ahmoq.
1.Insonni hayotida ovqatning ahamiyatini tushuntirib bering?
2.Nima uchun taomlanganda qo‘limizni yuvamiz? 
3.Noto‘g‘ri ovqatlanish deganda nimani tushunasiz? 

Hikmatli so‘zlarni yod oling. 


Kiyimning inson hayotida tutgan o‘rni (1 soat

Insonning kiyinishi uning ma’naviy dunyosining sirtida aks 
etishidir. Qaysi insonda uyat, hayo, or-nomus kabi tushunchalar bo‘lsa 
o‘sha inson o‘z obro‘sini saqlaydigan holatda kiyinadi.
Kiyimning inson hayotidagi ahamiyati katta bo‘lib, uni tashqi 
ta’sirlardan, issiqdan va sovuqdan himoya qiluvchi vositadir. Kiyim 
insonga ziynat hisoblanadi. Shuning uchun kiyim tanlashda o‘ziga 
yarashadigan, milliy qadriyatlariga mos kiyim tanlash lozim.
Libos insonning bir umr hamrohi bo‘lgani uchun, insonga ta’sir 
qilish xususiyati mavjud. Har bir kasb egalarining kasblariga mos 
kiyimlari mavjud. Misol uchun harbiylar kiyimini olaylik.
Bu avvalo, askarlarga o‘z vazifasini ado etishda qulaylik tug‘dirsa, 
ikkinchidan, maxsus kiyim ularga ta’sir qilib askarlik ruhini tutib turish 
va kuchaytirishda ahamiyati kattadir. Har bir millatning o‘z milliy 
liboslari mavjud bo‘lib, ularni kiyish insonga milliy g‘urur, o‘zlikni 
anglash, tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə