1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 
 
Ajdodlar xitobi 
 

Zikrilla Ne’mat 


Ochsak tarix kitobin,
Yashnatib dil oftobin,
Eshitgandek bo‘lurmiz 
Ajdodlarning xitobin.
 
Go‘yo To‘maris momom:
Yurtni yovdan asrang der.
Temur bobom: vatanni 
Tinch va omon saqlang! Der. 
Mardlarning yodi har dam
Jodir yuragimizda. 
Yurtni asrash bizning ham
Orzu-tilagimizda. 


8
Yurt mehridan yurakda 
Yonar otash alanga
Himoyachi bo‘lurmiz
Aziz ona-Vatanga 
Yurt ishqi qalbga payvand
Quvvat bo‘lsin, kuch bo‘lsin. 
Baxtimizga hur vatan- 
O‘zbekiston tinch bo‘lsin. 
 

 
1. Tinchlikni asrash deganda nimani tushundingiz?
2. Ibrohim akaning jasorati nimada?
3.“Qo‘shning tinch, sen tinch hikmatini qanday tushundingiz?
“Ajdodlar xitobi” she’rini yod oling.
 
 
 
 
 
 
 


9
II bo‘lim. Axloqiy tarbiya 
 
 
 
 
 
 
 
Inson axloqi bilan go‘zal (2 soat) 
Har bir farzand dunyoga kelishi bilan ota-onasi unga chiroyli ism 
qo‘yadi, yedirib ichiradi, kiyintiradi, bemor bo‘lib qolsa davolatadi. 
Farzand kamol topar ekan ota-ona qalbidan quvonadi, shirin orzularni 
ko‘nglidan o‘tkazadi. Ota-ona bolasining axloqli, ilmli, hunarli inson 
bo‘lishiga harakat qiladi. Farzand axloqli bo‘lsagina ular orzusiga 
erishadi. “Axloq” so‘zi “xulq” so‘zining ko‘plik shaklidir.
Axloq jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la 
oladigan ijobiy xatti- harakatlar yig‘indisidir. 
Bir so‘z bilan aytganda 
axloq yaxshilik demakdir. Falon kishi axloqli ekan deyilgani, o‘sha 
odamning yaxshiligi ko‘p ekan deganidir. Abu Nasr Farobiy bobomiz: 
“Har bir kishi kasb korni mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va 
yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak”, - degan edilar. 



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə