1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 
 
 
 
 


33
Mehnat baxt keltirar 

 
 
 
Shahand qishlog‘i qadimda Axsikent shahri tarkibida bo‘lib, qishloq 
aholisi asosan hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Bugun ham bu 
an’ana davom etib kelmoqda. Qishloqning obro‘li, e’tiborli xonadon 
sohibi Hikmatillo aka hamisha elning ardog‘ida. Boisi bu inson 
farzandlari, shogirdlari bilan doimo xalqning xizmatida. Xonadon ahli 
asosan beshik tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 
Qishloqda bironta xonadon yo‘qki, Hikmatillo aka tayyorlagan 
beshik kirmagan bo‘lsa. Qishloqdagi barcha yosh-u qari bu insonni halol 
mehnati, samimiy muomalasi va go‘zal xulqini yaxshi ko‘radi. 
Men baxtimni mehnatdan topdim, shuning uchun farzandlarim, 
nabiralarim va shogirdlarimga ham mehnatsevarlik, halollik, to‘g‘ri 
so‘zlik fazilatlarini doimo tushuntirib boraman deydi, Hikmatillo aka 

 
1.Mehnat qilishdan maqsad nima?
2.Siz qanday ishlarni uddalay olasiz?
3
.
Hikmatillo akani el nima uchun hurmat qiladi?
 
 
 
 

 
Kelajakda kim bo‘lishingiz haqida so‘zlab bering. 


34
Orzular sari intilish (1soat) 
Orzu insonni ertangi kun, kelajak va maqsadlar sari harakatga 
keltiruvchi tuyg‘u hisoblanadi. Inson hamisha orzu- umidlar bilan 
yashaydi. Hayotning turli sinovlarini yengib o‘tishda, jamiyatda o‘z 
o‘rnini topish, o‘zidagi iste’dodni namoyon qilishda orzularning o‘rni 
beqiyosdir. 
Insonlarni dunyoqarashi, maqsadlari, orzu- istaklari bir biridan farq 
qiladi. Bu esa jamiyatda fikrlar xilma – xilligi, tafakkurimizning 
rivojlanishiga hamda davlat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Dono xalqimiz 
azaldan “Orzusi bor insonni maqsadi bor”, “Yaxshi niyat yarim davlat” 
kabi hikmatli so‘zlardan foydalanib kelgan. Ota bobolarimiz hamisha 
yaxshi niyat, ezgu maqsad va go‘zal orzular bilan yashashgan.
Bolalikdagi orzular kelajakda maqsadlarga aylanadi. Maqsadlar sari 
intilish turli kasb – hunarlarni rivojlanishi va yangi ixtirolar bo‘lishiga 
xizmat qiladi. Insonni baxtli bo‘lishida orzuning o‘zi kamlik qiladi. 
Buning uchun aniq maqsad, rejali harakat va tinimsiz mehnat qilish lozim.

Fikrlar harakatga aylanganda, orzular haqiqatga aylanadi. 

Maqsad bu vaqt bilan chegaralangan orzudan boshqa narsa 
emas. 



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə