1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun


Nafisaning odobi, go‘zal xulqi bilan ikki sinfdosh yana  do‘stlashib olishdi



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 
Nafisaning odobi, go‘zal xulqi bilan ikki sinfdosh yana 
do‘stlashib olishdi.

 
 
1. So‘zlash jarayonida nimalarga e’tibor berish lozim?
2. O‘ylamay so‘zlashga misollar keltiring?
3. Hikoyadagi Ma’luda nima uchun uzr so‘radi?
 
 
Hikmatli so‘zlarni yod oling.
 


48
VIII bo‘lim. Ekologik tarbiya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tabiat bergan ne’matlar (2 soat)
 
Tabiat bizni o‘rab turgan borliq olam, kishining moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson o‘zining kundalik 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga 
majbur. Tabiat ne’matlariga yer, suv, havo, o‘simliklar va hayvonlar 
kiradi. Tabiatdagi barcha ne’matlar inson, uning farovon hayotini 
ta’minlash uchun yaratilgan. 
Shuning uchun undan oqilona va 
samarali foydalanish lozim. Chunki kelgusi avlodlar ham tabiat, undagi 
ne’matlardan foydalanishga haqli. Suvni inson hayotida ahamiyati katta 
bo‘lib, qadimdan hayot manbai hisoblanadi. Odamlarni suvga bo‘lgan 
ehtiyojlari iqlim sharoitiga qarab, tejab ishlatilganda sutkasiga 3-4 litrni 
tashkil etadi. Beparvolik qilinsa kuniga ikki yuz litrni tashkil qilishi ham 


49
mumkin. Suv tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, yer yuzining qariyib 
to‘rtdan uch qismini tashkil etadi. Ammo bu suvlarning hammasi ham 
iste’mol uchun yaroqli emas. Atiga 2-3 foizigina ichishga yaroqli. Inson 
yashashi uchun havodan doimo nafas oladi. Shunday ekan havoga turli 
xildagi zararli gazlarni chiqarmaslik lozim. O‘zbekistonda har yili sanoat 
tarmoqlari va transportlardan ikki ming tonna atrofida iflos chiqindi 
birikmalar chiqarilmoqda. Havoni ifloslantirmaslik uchun mevali va 
manzarali daraxtlarni ko‘paytirishimiz lozim. 
O‘simliklar inson hayotining ajralmas bir qismi bo‘lib, barcha tirik 
organizmlarning nafas olishlari uchun kislorod bilan ta’minlaydi. Ular 
inson hayoti uchun zarur mahsulotlar qand, oqsil, moy, tola, qog‘oz, va 
dorivor moddalar, hayvonlar uchun yem-hashak yetkazib beradilar. 
Yer osti qazilma boyliklari mamlakat taraqqiyoti, iqtisodiy 
farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Hayvonlardan esa inson ehtiyoji 
uchun zarur bo‘lgan go‘sht, yog‘, sut, pishloq va teri, jun mahsulotlari 
olinadi. Bolalarni tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularni bilish 
qobilyatlari, mantiqiy fikrlash, diqqat, kuzatuvchanlik tuyg‘ularini 
shakllanishida yordam beradi. Ana shunda har bir bola axloqiy 
tarbiyasida ona tabiatga muhabbat, mehnatsevarlik, o‘simliklar va 
jonivorlarga mehribonlik tushunchalari shakllanadi. 

Suvni qadrlagan, suvsiz qolmas. 

Toza havo – dardga davo. 



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə