45
Avval o‘yla, keyin so‘zla (2 soat)
Xalqimizda avval o‘yla, keyin so‘zla degan hikmatli so‘z bor.
Insonga
berilgan ne’matlar juda ham ko‘p bo‘lib, ulardan biri nutq ya’ni so‘zlash
imkoniyatidir. Inson so‘zlash jarayonida o‘zining ilmi, axloqi va ichki
tuyg‘ularini namoyon qiladi.
So‘zlash jarayonida
suhbatdoshining yoshi, salohiyati va ruxiy
holatini hisobga olish lozim. Suhbat davomida
muloyim va odob bilan
muomala qilish, munosabatlarga yaxshi ta’sir qiladi. O‘ylamay
so‘zlashning oqibatida kimningdir ko‘ngliga bilib-bilmay ozor
berishingiz, uni ranjitib qo‘yishingiz mumkin. Natijada bu inson sizdan
xafa bo‘ladi, o‘zaro aloqalarga putur yetadi.
Oila va jamiyatda ahillik,
o‘zaro hurmat, ishonch va do‘stlik rishtalari uziladi. Xafa bo‘lgan inson
qalbida adovat, xusumat hatto, dushmanlik kayfiyati paydo bo‘lishi ham
mumkin.
Alisher Navoiy bobomiz: “Og‘ziga kelganin demak nodonning ishi,
oldiga kelganin yemak hayvonning ishi” -deb bekorga ta’kidlamaganlar.
46
Ota-bobolarimizning “Aytilgan gap otilgan o‘q kabidir”, “Gapirsang
chiroyli gapir, bo‘lmasa jim tur”! degan hikmatli so‘zlarini doimo yodda
saqlash lozim.
Shuni unutmaslik kerakki, dono odam dushmanni
do‘stga
aylantiradi, nodon odam esa do‘stni dushmanga aylantiradi.
•
Kishining go‘zalligi uning tilidan bilinur.
•
So`zda sehr bor, she’rda hikmat.
Dostları ilə paylaş: