Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)



Yüklə 329,17 Kb.
səhifə1/78
tarix10.10.2023
ölçüsü329,17 Kb.
#126620
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-fayllar.org


Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)

1.Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (YuNESKO)Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiya tizimiga o’zining asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos etib oladi. Bola huquqlari xalqaro Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlariniHurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g’oyasini ilgari surdi. Chunki har bir bolada – u sog’lommi yoki nogironmi – takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va bilimga ehtiyoj bor.Jahonning rivojlangan mamlakatlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasbhunar egallashini ta’minlashga hamda ularni mehnat bozoriga tezmoslashuvchan, raqobatbardosh mutaxassis, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda faol shaxs sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi ta’lim modellari tatbiq etilgan. YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qabul qilingan“Jamoatchilik Asosidagi Reabilitatsiya (JAR) bo‘yicha yo‘riqnoma”da imkoniyati cheklangan shaxslarning ta’lim olishi, turli sohalarda o‘qish imkoniyatlariga ega bo‘lishi, o‘z salohiyatlaridan to‘la foydalanib, g‘urur va qadr-qimmatini oshirishi, jamiyatning faol a’zosiga aylanishiga erishish hamda ularda ijtimoiy faollik motivatsiyasini intensiv rivojlantirish strategiyalari belgilab qo‘yilgan . Jahonda ta’lim barcha uchun tamoyiliga asoslangan inklyuziv (sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalarning birgalikda ta’lim olishi) ta’limni keng joriy etish, uzluksiz ta’limning barqarorligini ta’minlovchi umumpedagogik qarashlar, ilg‘or tendensiyalar, innovatsion hamda variativ texnologiyalarni aniqlash, tanlash va amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha ilmiy-nazariy tadqiqot ishlari AQSh, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston hamda boshqa davlatlarda olib borilmoqda. Nogironlikni erta aniqlash texnologiyalari, ta’lim muassasalarida korreksion-kompensatsion yondashuvlar, kommunikativ tizim tamoyillarini samarali qo‘llash orqali o‘quv fanlarini o‘qitish, o‘quvchilarni oilaga, mehnatga tayyorlash mazmuni va mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga ustuvorlik berilgan. Mamlakatimizda jamiyatning to‘laqonli a’zolari sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning manzilli ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishning huquqiy-me’yoriy asoslari ishlab chiqildi, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etiluvchi kar, zaif eshituvchi bolalar uchun oilada yakka tartibdagi, ixtisoslashtirilgan va inklyuziv ta’lim mazmuni zamon talablari hamda xalqaro miqyosdagi yondashuvlar asosida takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’limning barcha bo‘g‘ini va turlari qatorida ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, bu jarayonga innovatsion texnologiyalarni olib kirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi . Natijada mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk, zamon talablari asosida o‘qitish, tarbiyalash bo‘yicha ta’lim xizmatlarining optimallashuvi, pedagogik jarayonlarni tashkil etish mexanizmlarining yanada modernizatsiyalashuviga keng imkoniyatlar yaratildi.

Yüklə 329,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə