Kent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə1/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

KENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI





Tasdiqlayman”


O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor N.X.Raxmankulova 2021-yil


MAKTAB MENEJMENTI ASOSLARI” fanidan

SILLABUS (ishchi dastur)





Bilim sohasi:

100000 – Gumanitar

Ta’lim sohasi:

110000 – Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi:

60112500 – Maktab menejmenti




Mashg‘ulot turi

Aj ratilgan
soat

Semestr

III

IV

Nazariy (ma’ruza)

240

30

30

seminar

208







Seminar

56

30

30

Mustaqil ta’lim

480

60

60

Jami auditoriya soatlari

504

60

60

Umumiy o‘quv soatlari

984

120

120

Toshkent 2021

Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil “ dagi -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktab menejmenti asoslari” fanidan tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.


Tuzuvchi:

Xodjayev B.X.

Nizamova Sh.I.



-Toshkent davlat pedagogika universiteti “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va menejmenti” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor
-Toshkent davlat pedagogika universiteti “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va menejmenti” kafedrasi dotsenti v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD)


Taqrizchilar:

Bozorova M. Q.

TerDU “Pedagogika” kafedrasi mudiri,
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent




Davlatov O. G‘.

O‘zDSMI dotsenti v.b., pedagogika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD)



“Pedagogika va psixologiya” fakulteti dekani:



G.N.Ibragimova.


(imzo)


Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va menejmenti kafedrasi mudiri:



B.X.Xodjayev


(imzo)

Fanning ishchi o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2021-yil “ dagi - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.




Professor-o‘qituvchi: Nizamova Shoira Isamiddinovna Ish joyi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Bog‘lanish uchun telefon nomeri: 99 443 34 06 E-mail:


(Eslatma: tayanch Sillabus asosida har bir o‘qituvchi o‘zining individual- shaxsiy ishchi dasturini tuzadi).

Prerekvizitlar:


Mazkur fanni o‘zlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart: “Menejment”, “Maktab menejmenti asoslari”.

Postrekvizitlar:


Fan tugallanganidan so‘ng, talabalar quyidagi modular bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim: “Ta’lim menejmentining nazariy”, “Ta’lim muassasasi menejmenti tashkil etish seminaroti”.

Fanni o‘rganishning zaruriyati.


“Maktab menejmenti” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi bo‘lajak menejer maktabda innovatsion jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, innovatsion jarayonlarni loyihalash, innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirish, xalqaro baholash dasturlarini boshqarish, PISA va TIMSS dasturlari asosida ta’lim sifatini boshqarish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi zarur.
Ushbu dastur milliy va jahon pedagogik manbalari, ularning davrlar bo‘yicha o‘rganilishi hamda etakchi pedagogik g‘oyalarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak maktab menejerlarini ta'lim menejmentiga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Fanning vazifasi – ta'lim menejmentining qonuniyatlari, tamoyillari, metod va usullarini aniqlash, tahlil etish va ulardan seminarotda foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
“Maktab menejmenti asoslari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
Pedagogik va boshqaruv tafakkurni shakllantirish negizini yaratish;
Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha mintaqa va xorijdagi ilmiy- pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish;
Ta’lim jarayonini boshqarish qobiliyatini tarkib toptirish;
Ta’limda menejmentning ustuvor qonuniyatlari hamda tamoyillariga mos holda tegishli qarorlar qabul qilish;
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoyi, Abdulla Avloniy, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy va boshqa mutafakkirlarning ta’limiy-axloqiy, umumbashariy qadriyatlari, Qur’oni Karim va Hadisi Sharifda hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev asarlari va nutqlaridagi umuminsoniy va ma’naviy-axloqiy tamoyillarni, pedagogika va ta’lim jarayonini boshqarishga oid qarashlarni bilish;
Hozirgi zamon ta’lim jarayonini boshqarishga oid zamonaviy texnologiyalarini bilish hamda ularni seminarotda qo‘llay olish
ta’limda innovatsion faoliyatning metodologik asoslari;
ta’limni boshqarish sohasidagi zamonaviy innovatsion jarayonlar; o‘quv-tarbiya sohasidagi zamonaviy innovatsion jarayonlar;
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar;
o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlar;
tarbiyaviy ishlarni rejalshtirishning nazariy asoslari va metodikasi; tarbiyaviy faoliyat mazmuni;
o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini tashkil etish va o‘tkazish texnologiyasi haqida bilimga ega bo‘lishi;
ta’limdagi innovatsion jarayonlarni loyihalash;
ta’lim-tarbiyaning innovatsion shakl, metod va vositalarini joriy etish;
ta’limdagi innovatsion jarayonlarni dasturiy-texnologik ta’minotini ishlab chiqish;
ta’lim muassasaida tadqiqotni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish;
test jarayonini o‘tkazish va nazorat qilish;
asosiy tarbiyaviy funktsiyalarni amalga oshirish va tarbiyaviy jarayonlarni loyihalash;
o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga imkon beruvchi tarbiyaning turli metod va vositalarini tanlash hamda foydalanish;
o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi monitoringini amalga oshirish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
zamonaviy maktabda ta’lim-tarbiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish; ta’limdagi innovatsion jarayonlarni loyihalash metodologiyasi va
metodlarini qo‘llay olish;
test materiallarini olish, tekshirish;
koordinatorlarni test jarayonini o‘tkazish bo‘yicha materiallar bilan tanishtirish hamda test jarayonini o‘tkazishga tayyorlash;
test o‘tkazish uchun bino va materiallarni tayyorlash malakalariga ega bo‘lishi lozim.



Yüklə 406,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə