Kent davlat pedagogika universiteti


Ta’limda “innovatsiya” tushunchasining mazmuni keltirilgan qatorni ko‘rsating



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə9/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Ta’limda “innovatsiya” tushunchasining mazmuni keltirilgan qatorni ko‘rsating.


  1. Faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qiladi.

  2. Faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qiladi.

v) Ish jarayoni ma’lum yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga xizmat qiladi.
d) O‘quv jarayonida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilish

Adabiyotlar:


Xodjayev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va seminaroti. – T.: Sano- Standart, 2017.


Xalikov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – Toshkent, Iqtisod moliya,
2012.
Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. – Toshkent., “Voris-
Nashriyot”., 2006.
Omonov N.T., Madyarova S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Iqtisod–moliya, 2009.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2006.
Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture.
USA, 2012 Routledge.


  1. Mavzu: O‘quv jarayoniga yangiliklarni tatbiq etish (shakl, metod, vositalar, texnologiyalar).


Mavzu rejasi:
1.Ta’lim jarayoni sifatini tashxis etish va baholashning zamonaviy usullari. 2.Innovatsion faoliyatni amalga oshirish shakllari: innovatsion loyihalar va
dasturlar.


Mavzu bo'yicha tayanch iboralar: bilim, o'zlashtirilgan bilimlar, baholash, mezon, test, boshqarish, ta'lim natijalari.


    1. Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga quyilgan talablar

Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishil-gan natijalar va ta’lim olganlik ajratib olina-di. SHuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqti-da belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o’quv jarayonida kechadigan barcha jihatlar-ni uning mahsuli bilan bog’liq holda o’z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.Nazorat -(ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash esa tekshirish deb ataladi. O’qituvchi o’qitish bilan bir vaqtda o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo’llash malaka-larini egallashini
hisobga olib borishi kerak.Hisobga olish – bu o’qitishning muayyan bir davrida talabalar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Baholash va uning o’ziga xosliklari
Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholashni (jarayon sifa-tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko’nikma va malakalarni o’quv dasturida ko’rsatilgan etalon (ko’rstakich, qolip, o’lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko’rsatilgan son jihatdan o’lchamiga aytiladi.Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bi-lan davlat ta’lim standartiga ko’ra o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy hajmi o’rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashti-rish (ta’lim samaradorligi) ko’rsatkichi B’A/T*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o’zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T – o’zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to’liq hajmi. Hisobga olish va uning o’ziga xosliklari
O’qituvchi o’qitish bilan bir vaqtda talabalarning o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo’llash malakalarini egallashini hisob-ga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o’qitishning muayyan bir davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosa-lash.Hisobga olish natijasida o’qituvchi ham, talaba ham o’zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O’zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini rag’batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. SHuningdek, o’zlashtirishni hisobga olish o’qituvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O’qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o’qituvchining pedagogik mahorati ko’rsatkichiga aylanmoqda va o’qituvchining o’z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari
Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagog-ning barcha ta’lim oluvchilarga do’stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko’rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashhislash nazoratini ta’lim jarayoni-ning barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang’ich idrok etishdan to amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida olib borish kerak.Ko’rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan o’tkazishni anglatadi.Bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ta'lim
oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish o'ta muhimdir. To'g'ri tashkil etilgan ta'lim jarayonida egallanishi lozim bo'lgan nazariy materiallar bo'yicha olinayotgan bilimlarni yanada mukammallashtirish va eng asosiysi ta'lim oluvchilarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish uchun turli vositalarni tanlash imkoni vujudga keladi. Ta'lim natijalarini nazorat qilish vositalari - o'rganilayotgan fan (mavzu) bo'yicha shakllantirilgan ma'lumotlar bazasi (bilimlar banki)dan ta'lim beruvchi tomonidan tayyorlangan (tuzilgan) top-shiriqlar, savollar, test-savollar va shu kabilar va ulardan foydalanish vositalaridir. Bunday jarayonlarda natijalarni o'zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalarni o'zlashtirish - bu olingan natijalarni amaliy o'zlashtirishga tayyorlash jarayonidan, ya'ni iste'mol uchun tayyorlash-dan iboratdir. Bunda ta'lim beruvchi ishtiroki muhim rol o'ynaydi, chunki kerak bo'lganda ayrim zaruriy tuzatishlar kiritish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Umuman olganda ta'lim-tarbiya jarayonida bilim, ko'nikma va malakalar shakilanganligini nazorat qilish muhim o'rin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi funksiyalarga ega:

  1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasi orqali bilim, ko'nikma va malakalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.

  2. Nazoratning ta'lim oluvchilardagi bilim olishga boigan ishtiyoqini o'stirish funksiyasi.

  3. Nazorat jarayonida ta'lim oluvchilarning shaxsiy jihatlari shakllantiriladi va eng asosiysi, rivojlantiriladi. '

  4. Ta'lim funksiyasi.

  5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi.

  6. Yüklə 406,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə