Kent davlat pedagogika universiteti


Nazoratning baholash funksiyasi



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə10/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Nazoratning baholash funksiyasi.


  • Nazoratning ta'lim oluvchilardagi bilimga qiziqishni uyg'otish,

    Ma'lumki, nazorat asosan uch turga bo'linadi, ular: joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazoratlardir. Bulardan tashqari so'nggi nazorat turi ham bor. Nazorat testlar, yozma ishlar va og'zaki savol-javoblar orqali amalga oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonaliyevlarning ma'lumotlariga qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
    ta'lim oluvchilar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini obyektiv sharoitda aniqlash;
    bir vaqtning o'zida bir guruh yoki ko'p sonli ta'lim oluvchilar bilimini nazorat qilish;
    hamma ta'lim oluvchilarda bir xil sharoit yaratish;
    test natijalarini ta'lim beruvchi tomonidan tezkorlik bilan (operativ) tekshirish;
    turli guruhdagi ta'lim oluvchilar bilimini solishtirish;
    ta'lim jarayonida uchraydigan kamchiliklarni aniqlash va boshqalar.
    Ta'lim natijalarini baholashda reyting tizimining test usuli keyingi paytlarda iste'molda keng foydalanilmoqda.
    Test — biror bir faoliyatni bajarish uchun ma'lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqdir. Test to'g'ri bajarilganligini o'lchash va baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi. Umuman olganda, test so'zi inglizchadan olingan bo'lib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma'nolarini bildiradi, ya'ni «sinalayotgan shaxsning psixo-xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo'llaniladigan standart mashqlar», demakdir. Pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik testlar quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
    nazariy bilimlarni nazorat qiluvchi, malaka va qobiliyatlarni tekshiruvchi o'zlashtirish testlari;
    real o'quv imkoniyatlari bo'yicha (Yu.Babanskiy) diagnostika testlari hamda umumiy va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtiso- diyot fani va boshqa fanlar bo'yicha) o'qitish testlari.

    1. Testlarning fanlararo qo'llanish sohasi. oraliq nazorat testlarida mavzular, boblar bo'yicha bilim va o'zlashtirish elementlarini tekshirish;

    ko'p mavzular bo'yicha fanlarning bir-biriga bog'Hqligini hisobga olgan holda bilim va o'zlashtirishning chegaraviy nazorati- ni hisobga olish;
    g) butun kurs bo'yicha bilimlarni nazorat qilish (test asosida fanlararo turkum testlarni ham yaratish mumkin). Bu holatlarning har birida fan topshiriqlarining quyidagi savollari har xil qo'yiladi: marketing-moliya; menejment; soliqlar kabi integrativ bilimlar va hokazo.

    1. Me'yoriy test tuzishning umumiy yo'nalishi bo'yicha maqsadli yoki kriterial (mezonli) xarakterdagi testlarda yig'ilgan ballar hisob natijalariga ko'ra, bir guruhni boshqa guruh bilan, guruh ichidagilarni esa bir-biri bilan solishtirish mumkin.Mezonli testlarda esa har bir ta'lim oluvchining qandaydir o'quv yoki mutaxassislikka oid topshiriqlarini yechish uchun zarur bo'ladigan bilim va o'zlashtirish qobiliyatlari ochib beriladi, ya'ni mezonli testlar va unga mos topshiriqlar ta'lim oluvchilarning bilim va ko'nikmalari aniq fan sohalari bo'yicha o'qitish maqsadining minimal talablariga qay darajada erishgani yoki erishmaganligi haqidagi savollarga javob beradi.

    Me'yoriy testlarning kamchiligi ta'lim oluvchi keyingi bos-qichga o'tishga qay darajada tayyor ekanligini belgilab bermasligida ko'zga tashlanadi.
    Mezonlarga ko'ra testdan o'tkazishda natijalar o'zgarmas, do-miy standartlar bilan solishtiriladi. Masalan, haydovchilik guvohnomasini berish
    uchun talabgoming bilimi mavjud standart bilan solishtirilishi kerak. Uni boshqa soha xodimining qobiliyatlari bilan solishtirib bo'lmaydi.
    Standartlashtirilgan testlar ma'lum standart talablari qo'yilgan dastur asosida tuzilib, ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakasini aniqlashga mo'ljallanadi. Ularning erishilgan darajani, qobiliyatlarni (qiziqishlarni ham) aniqlovchi hamda tashxislovchi turlari mavjud.
    Erishilgan darajani aniqlovchi testlar ta'lim oluvchi ma'lum sohada o'zlashtirgan bilimlar miqdorini oichaydigan standartlashtirilgan testlardir. Bu kabi testlarni butun guruhga yoki individual ravishda ishlatish, natijalarni hisoblashda turlicha ball tizimi qo'llanilishi mumkin.
    Tashxislovchi testlar ta'limdagi muammolarni belgilab olish uchun individual ravishda qo'llaniladi.
    3) Testlarning didaktik-psixologik yo'nalishi qanday test ishlab chiqilayotganligi yoki adaptatsiyasidan o'tayotgan testni uning muallifi qanday xarakterlashni aniqlaydi:

    Yüklə 406,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə