Kent davlat pedagogika universiteti


Mavzu: Innovatsion-ta’limiy faoliyat, uni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar. Pedagogik innovatikaning bosqichlari



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə7/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Mavzu: Innovatsion-ta’limiy faoliyat, uni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar. Pedagogik innovatikaning bosqichlari.


Mavzu rejasi:
Innovatsion-ta’limiy faoliyat, uni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar.
Pedagogik innovatikaning bosqichlari. Pedagogik yangiliklar kiritishni amalga oshirish.

Yangiliklarni kiritishga to‘sqinlik qiluvchi omillar. Pedagogik innovatikani rivojlantirishning shart-sharoitlari.


Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo‘ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.Oxirgi o‘n yillikda pedagogik innovatikani nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, K.Anglovskiy M.V. Klarin, V.Ya.Lyaudis, M.N.Potaщnik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova,O.T.Xomeriki, N.R.Yusupbekova, V.A.Slastenin va b.q.larning ishlarida pedagogik professionalizmni rivojlantirishning o‘ziga xos tomonlarini aniqlash va oliy ta’limda o‘qitish jarayonida bo‘lg‘usi o‘qituvchining innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo‘lib qolmoqda.Shaxsiy yo‘nalishli ta’lim konsepsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli yondashuvga asoslanadi (L.S.Vыgotskiy, A.A.Leontev, D.B.Elkonin, E.V.Ilenko, V.V.Davыdov, G.P.Shedrovitskiy, A.G.Asmolov) va bugungi kunda umummetodologik jihatdan V.V.Serikov, V.G.Sukerman, V.P.Zinchenko, L.N.Kulikovlarning ishlari alohida ahamiyatga molik. Tashkiliy-boshqaruv darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikov, V.A.Boltovlar shug‘ullangan. Ushbu konsepsiyaning yetakchi g‘oyalaridan biri pedagogik ta’limda predmetli tayyorlashning roli va o‘rnini anglab yetish, predmetlarni o‘zlashtirish bilan asosiy e’tibor o‘quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o‘qitishga asosiy maqsad qaratiladi.Ushbu konsepsiyaning boshqa bir g‘oyasi o‘quv shakllarini konstruksiyalash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni yagona jarayon sifatida qaraladi, (xususiy o‘quv faoliyati) unda materialni anglab yetish va tadqiqot ishi birgalikda bo‘lg‘usi pedagogning shaxsiy pedagogik pozitsiyasi bo‘lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi izchillikda: shaxs o‘zi uchun va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo‘lib, bunda ta’lim-oliy ta’limdagi
yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo‘naltirilgan shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan jarayondir. Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar emas, balki shaxs o‘sishiga qobiliyat, empatik o‘zaro munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka qaratilgan yuqori ijtimoiy faollik tushuniladi. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi g‘oyasipedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, “o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi.Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi.O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi.Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanishlari kerak.Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan bevosita bog‘liq. Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, lekin bu tizim ham baribir shaxs tanlash imkoniyatlarini chagaralaydi.Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi asosida oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi mablag‘ asosida o‘qitish, birinchi o‘rinda pedagogika bilim yurti va pedagogika
kollejlarida talabalarni egallagan bilimlari sifati masalasi turlicha gumon uyg‘otadi. 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy ta’limning ko‘pbosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab chiqish va joriy etishni kuchli innovatsion jarayon sifatida belgilash mumkin. Ushbu masalada G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tajribasi har tomonlama tahlil etilib, baho berildi va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida o‘zimizning mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning o‘ziga xos ko‘p bosqichli tizimi yaratildi.

    1. «Tizim» so’zi haqida tushuncha?

+ qismlardan tuzilgan, birikkan yaxlit narsa yoki hodisa
-gaplarni yozib, saqlab olish
-ijodiy yondashuv
-o’quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish

    1. Ta’lim jarayoni nimalardan iborat?

+ maqsad, nazorat, baholash, natija, ta’lim metodlari
-harakatlarni tekshirish
-xatoni tuzatish, baholash
-maqsad, xatoni tuzatish

    1. Shaxs shakllanishining asosini nima tashkil etadi?

+ Bilim
-Ko’nikma
-Malaka
-Hammasi



Yüklə 406,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə