Kent davlat pedagogika universiteti


Mavzu: Kompetentsiyaviy yondashuv. Mavzu rejasi



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə15/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Mavzu: Kompetentsiyaviy yondashuv. Mavzu rejasi:


1.Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar. 2.Modulli ta’lim texnologiyasi.

  1. Kredit ta’lim texnologiyasi.

  2. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari.

Ta`limda kompetensiyaviy yondashuv deganda o`quvchilarni ta`lim muassasida egallagan bilimlari orqali kundalik hayotda duch kelinadigan tanish yoki notanish vaziyatlarda foydalanishga tayyorlashdir.


Mustaqillik yillarida yurtboshimiz rahnamolikilarida ta`lim tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko`tarish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi.Buning uchun davlat umummilliy dasturlari asosida barcha sharoitlar yaratildi.
Bugunki kunda ilm –fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur`atlarida jadallik bilan rivojlanishi ta`lim tizimi xodimlaridan ta`lim tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko`tarishni talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa o`qituvchilar zimmasiga yanada yuksak mas`uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Ta`lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o`quvchilarni vatanimizni sevadigan, o`z bilimi va iste`dodiga suyanadigan hamda mustaqil ravishda zamonaviy axborot kommunikatsiya- texnologiyalaridan foydalangan holda bilim oladigan qilib tarbiyalashdan iborat.Mazkur vazifalar esa samarali darslar orqali amalga oshiriladi.
Samarali dars o`qituvchining umumiy tayyorgarligi orqali,umumiy tayyorgarlik esa uzluksiz uzviylik tamoyiliga asoslanadi.Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib ta`lim mazmuni samaradorligini oshirish o`quvchi shaxsini har tamonlama rivojlantirish maqsadida Yevropaning rivojlangan mamlakatlari hamda mamlakatimizda chet tillar bo`yicha uzluksiz ta`lim tizimining davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasiga asoslangan holda,kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta`lim fanlari bo`yicha uzluksiz ta`limning davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturlari loyihalari tayyorlandi.
O`qituvchining o`z fanidan o`quvchilarda shakillantiradigan ko`nikma va malakalarining nimalardan iboratligi,unga qo`yilgan davlat talablari,bunga erishishning maqbul yo`llari va uslublarini hamda uning asosi,tartibga soluvchi mezonlarini bilishi o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil etishning eng muhim omilidir.
Bugungi o`qituvchi qo`lida olib yurgan asosiy ish quroli hisoblangan taqvim mavzu reja va darslikning mazmunini chuqur anglay bilishi juda muhim.Buning uchun u eng avvalo,o`zi dars berayotgan fanga Davlat ta`lim standartlarida qo`yilgan talablar,ushbu talablarni bajarish uchun sinf xonasida doska oldida turib o`tiradigan dars soatlari ,ya`ni o`quv rejasini hamda o`quv dasturi mazmun mohiyatini tushunib yetsagina mustaqil ravishda tuza oladi va pirovard natijaga erishadi.
Buning uchun,albatta,hozirgi zamon o`qituvchisidan kompetensiyaviy yondashuv talab etiladi.
Ma`lumki,shaxsga yo`naltirilgan ta`limning asosiy tamoyillaridan biri o`quvchilarda bilim,ko`nikma va malaka bilan birga hayotiy kompetensiyalarni shakillantirish hisoblanadi.Avvalo kompetensiya so`zining ma`nosini bilib olsak: bu so`z lotincha (competere)dan olingan bo`lib, ,,layoqatli, munosib bo`lmoq’’ degan ma`nolarni anglatadi.
Shu maqsadda tashkiliy-metodik tadbirlarini amalga oshirish tavsiya
etiladi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ona tili ta`limining asosiy vazifasi
o`quvchilarda nutqiy ko`nikmalarni hosil qilish, ularni o`z fikrini mantiqan izchil va uslubdan savodli qilib bayon etishga o`rgatishdan iboratdir.Bu esa, o`z navbatida, ona tili o`qituvchilarining zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi.
Ona tili darsalarida o`qituvchi ko`proq o`quvchi faoliyati bilan bog`liq metodlarga murojaat qiladi. Chunki o`quv materiallarini tushuntirib berish yoki o`quvchi duch keladigan tushuncha ta`rif va qoidalar atrofida suhbat o`tkazish bilan o`ragatib bo`lmaydi. Ona tili mashg`ulotlarida o`quvchi ta`lim jarayoning sub`ekti, ya`ni faol ishlovchisiga aylanib har bir o`quv topshirig`ini aqliy faoliyat ,,chig`irig`i`` dan o`tkazgan taqdirdagina mavzuni o`zlashtirish jarayoni ancha oson kechadi va dars mashg`ulotlarining samaradorligi ta`minlanadi.O`qitishning amaliy metodlariga tayangan o`qituvchi o`quv topshiriqlarini bajarish jarayonida o`quvchining faolligini to`g`ri uyushtira oladi va uning muvaffaqiyatli kechishini ta`minlaydi.
O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq metodlarning eng samaralisi muammoli o`qitishdir. Taniqli rus olimi I.Qudryashev muammoli ta`lim xususida shunday degan edi:,,…muammoli ta`lim o`quvchilarning ijodiy ko`nikmalarini rivojlantirgan holda bilimlarini faol o`zlashtishini nazarda tutadi``
Aytish joizki, muammoli ta`lim o`quvchilarni faollikka undab, tafakkuirini yukasaltiradi. Muammoli vaziyat esa muayyan pedagogik vositalar asosida tashkil etiladigan o`ziga xos sharoitni yuzaga keltiradi.Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u o`quvchi biladiagan ma`lumotlar bilan yangi faktlar, hodisalar o`rtasida muayyan qaror qabul qilishning qiyinchiliklari oqibatida kelib chiqadigan holat, vaziyatdir. U muammoning kelib chiqish sabablarini, yechimini topishga undaydi.
Ushbu ma`ruzamda o`quvchilarning yoshi hamda umumiy bilim saviyasidan kelib chiqqan holda muammoli vaziyatlar yaratishning quyidagi usullaridan foydalanishni tavsiya etaman.

  1. Ona tili darsligida berilgan mavzularni qiyoslab o`rgatish orqali muammoli vaziyat yaratish.

O`rganiladigan har bir mavzu o`quvchilardan tovushlar so`zlar va gaplarni qiyoslash shu asosda umumlashmalar hosil qilishni talab etadi.Bu hol o`z-o`zidan ravshanki, muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi. O`quvchilarda,,Nima uchun?’’ degan savolga javob izlashga ehtiyoj tug`iladi. Masalan, ,,Yordamchi so`z turkumlari’’ mavzusi o`rganilayotganda o`quvchi bog`lovchi,ko`makchi,yuklamani ajrata olishi,ularni qatnashtirib gaplar hosil qilishi talab etiladi.O`quvchilar bu topshiriqlarni bajarish asosida umumlashma hosil qiladilar.

  1. Muammoli savollar berish orqali muammoli vaziyat yaratish.

O`qituvchi dars mashg`ulotini muammoli savolni o`rtaga tashlash bilan boshlaydi.Masalan:
1.Bog`lovchi va ko`makchi o`rtasidagi faqrni tushuntiring? 2.Bog`lovchilar ko`makchi vazifasida kela oladimi?
Ona tilini mukammal o`qitish o`quvchilar nutq ma`daniyatini o`stirishga keng imkoniyat yaratadi.
Ular o`qituvchi rahbarligida tabiat hodisalarini,kishilarning mehnat faoliyatlarini kuzatadilar,o`rtoqlari bilan fikr almashadilar.O`qituvchi va boshqalarning adabiy til me`yorlari asosidagi nutqlarini eshitadilar,kitob o`qiydilar,o`zlari matn tuzadilar.
Matn yaratish ham o`quvchi uchun muammo sanaladi.Buning eng samarali yo`llaridan biri o`quvchilarga savollar berib,ularga javob topishni talab qilishdir.
Ba`zi o`qituvchilar ona tili o`qitishning asosini grammatik qoida yodlatish va mashq yozdirishdan iborat deb tushunadilar.Shuning uchun ular asosan darslik materiallariga tayanib qolishadi.Agar grammatik qoidalar o`quvchilar tomonidan ko`r-ko`rona yodlab oljnsa,nutq jarayonida o`rganilganlardan o`rinli foydalanishga e`tibor berilmaydi.
Darslarida turli xil o`yinlardan,topshiriqlardan,bellashuvlardan foydalanilsa o`quvchining muammoli vaziyatdan tez va oson chiqib ketishga sharoit yaratiladi.Bunda faqat o`qituvchidan ijodkorlik hamda bilim talab qilinadi.
Demak, kompetetlilik deganda shaxsning bilim, ko`nikma va tajribalari, ijtimoiy professional mavqeyiga haqiqiy mosligi va o`ziga tegishli vazifalarni bajarish muammolarni hal qilishga qodirligi tushuniladi.
Men bu ma`ruzamni yakunlar ekanman,Prezidentimizning ishonchini oqlashga,o`quvchilarimizni bilimli, komil inson darajasida kamol toptirishga o`z kuchlarimizni ayamay harakat qilamiz,deya va`da beraman.
Ona tili fanini o`qitishda hamisha o`qiyman,o`rganaman,izlanaman.Yangi- yangi dars o`qitish uslublarini yaratishda,o`quvchilarimning chuqur bilimli iqtidorli bolishlarida qo`limdan kelgan yordamimni ayamayman.



Yüklə 406,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə