Kent davlat pedagogika universiteti


“Tushunchalar tahlili” metodi



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə4/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

“Tushunchalar tahlili” metodi


Metodning maqsadi: mazkur metod qatnashchilarni mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo‘yicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi. Metodni amalga oshirish tartibi:

  • ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;

  • tinglovchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);

  • tinglovchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;

  • belgilangan vaqt yakuniga yetgach o‘qituvchi berilgan tushunchalarning to‘g‘ri va to‘liq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;

  • har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.

Namuna: “Moduldagi tayanch tushunchalar tahlili”


Tushunchalar

Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni
anglatadi?

Qo‘shimcha
ma’lumot

Pedagog

Pedagog-tarbiyachi. Yosh avlodga ta’lim- tarbiya beruvchi shaxs. Ta’lim-tarbiya jarayonini o‘rganuvchi va bu jarayonni boshqarish muammolari bilan
shug‘ullanuvchi shaxs.




Jamoa

Yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis,
birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi.




Tarbiya


Muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy- tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori
va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.




Shaxs

Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq- atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat
a’zosi.




Insonparvarlik

Insonning qadri erkinligi baxt-saodati teng huquqliligi to‘g‘risida insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart- sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxurlik
qilishni ifodalovchi tushuncha.




Pedagogik texnika



O‘qitish, ta’sir ko‘rsatish, ta’lim tarbiya oluvchilarga o‘z his-tuyg‘ulari, bilimlari, axloqiy fazilatlarini uzatish texnologiyasini
ifodalaydi.




Rivojlanish



Shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi
murakkab jarayon.




Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur tushunchalar haqida qo‘shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan.


SWOT-tahlil” metodi.
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.


Yüklə 406,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə