Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


-Axolidata’lim extiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim berishga oid normative – huquqiy hujjatlar



Yüklə 329,17 Kb.
səhifə78/78
tarix10.10.2023
ölçüsü329,17 Kb.
#126620
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-fayllar.org

150-Axolidata’lim extiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim berishga oid normative – huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;
o‘quvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi;
inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish tartibi;
b) Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish, ularda o‘quv-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish jarayonlarini tashkil qilish tartibi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish tartibi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotlariga o‘tkazish tartibi;
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi muassasasiga o‘tkazish tartibi;
v) Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq:
alohida sharoitlarda davolanish va sog‘lomlashtirishga, ta’lim va tarbiya olishga muhtoj bolalar huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining tashkil etish tartibi;
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish, ularda o‘quv-tarbiya hamda davolash-sog‘lomlashtirish jarayonlarini tashkil qilish tartibi;
o‘quvchilarni sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi;
g) Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning uyda ta’lim olishlarini tashkil etish va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish mexanizmlari;
uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktori, sinf rahbari, o‘qituvchilar hamda ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari;
Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, o‘quvchida uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar (patologik holatlar) mavjudligi aniqlanganda, tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan o‘quvchining uyda yakka tartibda ta’lim olishga muhtojligi to‘g‘risida tibbiy xulosa rasmiylashtirish tartibi;
uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxati;maktab tomonidan o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda ishlab chiqiladigan dars jadvali shakli;
uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchining har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftari shakli;
d) Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarni (keyingi o‘rinlarda — psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar) tashkil etish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ularning psixofizik imkoniyatlariga mos ravishda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi;
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning maqsad va vazifalari;
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi;
http://fayllar.org
Yüklə 329,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə