Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Inkilyuziv ta’lim bo’yicha chet el tajribasi – Shvetsariya



Yüklə 329,17 Kb.
səhifə5/78
tarix10.10.2023
ölçüsü329,17 Kb.
#126620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-fayllar.org

31.Inkilyuziv ta’lim bo’yicha chet el tajribasi – Shvetsariya
nuqsonli bolalarning ko’pchiligi umumta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya olishlari rasm bo’lgan edi. Sinfda 4 ta o’qituvchi ishlardi, 3 tasi umumta’lim dasturida, qolgan bir o’qituvchi esa maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan defektolog o’qituvchi edi. Haftada bir marta bu o’qituvchilar o’zaro hamkorlikdagi fakultativ mashg’ulotlar o’tkazishardi. Shuningdek, maxsus ehtiyojli bola bilan ishlovchi mutaxasis o’qituvchi haftada bir marta har bir uqituvchi bilan sinfdagi muammolar va masalalar yuzasidan uchrashardi. Bunday o’qitish yo’llari integrasion guruhlarda o’qituvchilarning faoliyat yuritishini yengillashtirib, sinfdagi o’quv sifatini oshirardi. (Yevansp I., ma’lumotlari, 1995 yil).
Buyuk Britaniya maxsus muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan ogir darajadagi nuqsonli bolalarni integrasiyalash dasturi ishlab chiqilgan edi. Qaysi maktabda integrasion ta’lim tizimi joriy etilgan bo’lsa, o’sha maktabga maxsus muassasalarda o’qitilayotgan bolalarning bir qismi qamrab olindi. Integrasiya tizimini yanada puxtaroq joriy etish maqsadida o’yinlar, jismoniy tarbiya, raqs va bir qancha amaliy mashg’ulotlar kiritildi (Yevansp I., ma’lumotlari, 1996 yil).
L. Rekveyraning yozishicha maxsus ehtiyojli bolalar va o’smirlarni Niderlandiyada ijtimoiy jamiyatga tayyorlashda ijtimoiy mehnat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar, vazirliklar va hududlardagi ijtimoiy mehnat reabilitasiyasi Komitetlari amalga oshirgan. (1996 yil).
1979 yilda Nikaragua ta’lim Vazirligi nuqsonli bolalarni o’qitish dasturini olib boruvchi maxsus bo’lim tashkil etdi. Bundan tashqari nuqsonli bolalarni o’quv imkoniyatlarini tashxis qilish markazi va maxsus muassasalar hujjatlari axborot bazasi yuzasidan ish yuritish markazlari ham ochildi. Mamlakatda ommaviy maktab sistemasida juda ko’plab qiyinchiliklar bo’lib, maktabga qatnamaydigan bolalarning soni juda yuqori edi. Nuqsonli bolalar ta’limi maxsus segregasion va ommaviy maktablarda integrasion "sinflar shaklida tashkyl-etilgan. Maxsus maktablarda faqat og’ir nuqsonli bolalar o’qitilardi.
1981 yilda YuNISEFning Shvesiya hukumatidagi tashkilotida 6 yoshgacha bo’lgan nuqsonli bolalarni neformal o’qitish dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur asosida nuqsonli bolalarni ommaviy muassasalarda o’qitish tizimi, bu bolalarning ota-onalar bilan ishlash metodikasi ishlab chiqilib, Nikaraguada ham qo’llanila boshladi...( 1995 yil).

Yüklə 329,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə