8-Mavzu: Oʻzbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. O‘zbekistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar



Yüklə 18,55 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü18,55 Kb.
#153965
8-mavzu org




8-Mavzu: Oʻzbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. O‘zbekistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar
Reja
1. O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar

2. O‘zbekistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki




1. O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar
Prezident Islom Karimov „O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini quyidagicha ta'riflaydi: „Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo’yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo’ladi". 1993-yil 28- dekabida bo’lib o’tgan Respublika Oliy Kengashining XIV-sessiyasida „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida",1994- yil 22-sentabrda bo’lib o’tgan XVI sessiyada „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo’yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me'yoriy hujjatlar hamon amalda bo’lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi. Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta'sirdan xoli, xalqning o’ziga xos tarixiy, axloqiy-ma'naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lidan borish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo’ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. 2002- yil 4—5- aprel kunlari bo’Iib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida" Konstitutsiyaviy qonun va „2002- yil 27- yanvarda o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Referendumining yakunlari bo’yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo’nalishlari to’g’risida" qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 2002- yil 12-13- dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning o’ninchi sessiyasi xalqimizning xohish-irodasi bilan „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida" va „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida" konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to’g’risida qarorlarni qabul qildi. Shuningdek, 2003- yil 24- aprelda „O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida to’plangan parlamentarizm tajribasi, O’zbekiston xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan mazkur qonunlar bo’lg’usi parlamentning ikkala palatasi vakolatlarini aniq belgilab berdi. Bundan keyin ham O’zbekiston Respublikasining oliy dav-lat vakillik organi parlamentning nomi Oliy Majlis deb atalaveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata — Senat, quyi palata— Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil etib belgilangan. Mustaqillik sharoitida O`zbеkiston parlamеnti. Oliy Majlisning ko`ppartiyaviylik asosida shakllanishi. Oliy Majlisning tuzilishi, vazifalari va faoliyati. Ikki palatali parlamеnt tuzish to`g`risidagi O`zbеkiston rеfеrеndumi.O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993 yil 28 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994 yil 22 sentyabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.1994 yil 25 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Oliy Majlis 1995- 1999 yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabrda saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsialdemokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy Majlisi 1995-2004 yillarda o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi:O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish; qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilib; parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish; amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan holda olib borish; joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi.Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. 2. O‘zbekistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar ijtimoiy taraqqiyotda nodavlat sektorining ahamiyatini yaqqol ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda eng chekka hududda yashayotgan fuqaro bilan mamlakat rahbari o‘rtasida aloqani taʼminlashda aynan nodavlat sektori eng samarali mexanizm sifatida namoyon bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasiga ko‘ra, davlat jamoat birlashmalarining manfaatlarini taʼminlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Bu borada nodavlat-notijorat tashkilotlarining demokratik jarayonlardagi ishtirokini huquqiy taʼminlash, ularga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning g‘oyat muhim sharti
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ilgari surgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid konsepsiyada boshqa sohalar qatori fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida taʼkidladi. Chunonchi unda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi lozimligi alohida taʼkidlandi. Bu qonun, eng avvalo, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar sohalarda davlat idoralari bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi. Yaʼni jamiyat hayotining turli yo‘nalishlarida istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda nodavlat-notijorat tashkilotlarining ishtirok etishlari uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, mazkur qonun
hududlarni har tomonlama rivojlantirish, turli ijtimoiy masalalar yechimini nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal etishga sharoit yaratadi.
Yüklə 18,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə