Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə66/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

34-Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalarining tarkibi ularning ish holati va umumiy qiymati haqidagi ma’lumotlar qanday hujjatda aks etadi?

  2. «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzishning me’yoriy asosi sifatida nechanchi son BHMAlar hisoblanadi?

  3. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning nechanchi moddasida moliyaviy hisobot «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot»ni ham o‘z ichiga olishi belgilangan.

  4. Asosiy vositalar hisobini yuritish qanday hujjat bilan tartibga solinadi?

  5. Hisobot nechta ustunchadan iborot va uning ustunchalarida nimalar ifodalanadi?



35-Mavzu: Pul oqimlari harakati to‘g‘risida hisobot (4-shakl) ni tuzish va topshirish tartibi bilan tanishish.
Hisobotning asosiy maqsadi bo‘lib qurilish tashkiloti hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablag‘larining davr boshi va oxiridagi holati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot ikki bo‘limdan iborat. Uning birinchi bo‘limida milliy valyutadagi pul mablag‘larining holati va harakati, ikkinchi bo‘limida esa chet el valyutasidagi pul mablag‘larining holati va harakati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmy e’lon qilgan kursi bo‘yicha milliy valyutada aks ettiriladi.
Masalan, hisobotda pul oqimlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar qurilish tashkiloti pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha ifoda etadi:
1. Asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda bajarilgan qurilish ishlari, sotilgan tayyor mahsulot uchun tushumlar, tovar-moddiy boyliklar, ish va xizmatlar uchun ta’minotchi va pudratchilarga to‘langan to‘lovlar, xodimlar nomidan to‘langan daromad solig‘i va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek asosiy faoliyatga doir boshqa turdagi to‘langan pul mablag‘lari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (010-050 satrlar) aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi asosiy faoliyatga doir pul mablag‘larining kirim va chiqimi ma’lumotnomaning 261, 262, 264, 271, 273-ustunchalarida ko‘rsatiladi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə