Mavzu: Kredit operatsiyalari hisobi Reja: Banklarda kredit operatsiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari


Banklarda ichki nazorat va uning turlari



Yüklə 21,48 Kb.
səhifə2/4
tarix25.01.2022
ölçüsü21,48 Kb.
#83119
1   2   3   4
3-Mavzu bank

2.Banklarda ichki nazorat va uning turlari

Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki sub'ekti - bank va qarz oluvchining o‘zaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Kreditor sifatida banklaming olib boradigan faoliyati ular uchun me'yoriy bo‘lgan hujjat kredit siyosatida o‘z aksini topadi. Tijorat banklari kredit siyosatini mustaqil tuzadilar. Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlami hisobga olgan holda, o‘z kredit siyosatini shakllantirishi bank kreditlash faoliyatining muhim tomoni hisoblanadi. Tijorat bankining kredit siyosati kreditlami boshqarishning asosi hisoblanadi.

Banklarda kredit siyosatiga quyidagicha ta'rif beriladi: bankning kredit siyosati — kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi xatarlami boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublami belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta'mlnlovchi hujjatdir. Shuningdek banklarda kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko‘rsatishi va aniqlab berishi shart deyiladi.

Banklaming kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini boshqarish bilan bog‘liq ob'ektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit siyosatini to‘g‘ri tuzish va olib borish, barcha bo’limlar tomonidan bu siyosat maqsadining aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini to‘gri olib borishiga, yuqori xatarlardan krichishga, bank imkoniyatlarini to‘g‘ri aniqlashga asos hisoblanadi. Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit xatarini boshqarish va uni kamaytirishga yaxshi imkon beradi.

Kredit siyosatining zarurligi shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam yoki ko‘p xodim ishlashdan qat'iy nazar, bankda bu siyosat bo’lishi lozim. Chunki bu siyosat kredit bo‘yicha unifitsiyalashgan umumiy qoida va tamoyillarining bajarilishini, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta’minlaydi. Bankning kredit siyosati bankning hamma xodimlari - kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi raisigacha bir xil bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun ham kredit siyosatini oldindan belgilab olingan qoida va echimlar to‘plami deyiladi.


Yüklə 21,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə