Mavzu: Kredit operatsiyalari hisobi Reja: Banklarda kredit operatsiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari


Banklarda kredit operatsiyalarini amalga oshirishda kreditlash tamoyillari



Yüklə 21,48 Kb.
səhifə3/4
tarix25.01.2022
ölçüsü21,48 Kb.
#83119
1   2   3   4
3-Mavzu bank

3.Banklarda kredit operatsiyalarini amalga oshirishda kreditlash tamoyillari

O‘zbekiston Respublikasi qududida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga kredit berish tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi qonun asosida va boshqa me'yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Kreditlar 0‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida» gi qonuniga asosan kredit o‘z kapitali va mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga beriladi. Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga, ulaming mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli kreditlar beradilar. Kredit mijozning hisob-kitob varag‘i joylashgan bankda beriladi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo'lgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy nobarqaror xo'jasizlik va zararlami qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo'yilmaydi. Kreditlar muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli turlarga bo’linadi.

Qisqa muddatli kreditlar amal qilish muddati 12 oydan oshmaydigan kredit bo‘lib, uning muddati uzaytirilishi kreditlanayotgan tadbirlami o‘tkazish muddati, ulaming qoplanishi va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qisqa muddatli kreditlar kreditlaming boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi. Uzoq muddatli kreditlar 3- 5 yildan ortiq muddatga beriladi. Kreditlash jarayoni bir nechta tamoyillar asosida amalga oshiriladi:


  • kreditning muddatliligi;

  • kreditning qaytarilishligi;

  • kreditning ta'minlanganligi;

  • kreditning to’lovliligi;

  • kreditning maqsadliligi.

Kredit iqtisodiy munosabatlami belgilangan tizimi sifatida boshqa pul munosabatlaridan farq qiladi, ya'ni pulning xarajati qaytarib berish sharti bilan amalga oshiriladi.

Kreditning keyingi tamoyili muddatlilik bo’lib, u qaytarishlik tamoyili bilan uzviy bogMiq bo’ladi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag’larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgan kredit resurslarining bo‘sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz oluvchining mablag’larga bo’lgan vaqtinchalik ehtiyojlarining muddatiga bogMiq. Kreditlash muddatliligining bu ikki tomonlama xarakteri inobatga olinganda vaqtinchalik foydalanishga berilgan mablag’larni to’liq va belgilangan muddatda qaytarilishini ta'minlash mumkin.




Yüklə 21,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə