Mavzu: Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformatorlarni montajga tayyorlash ishlari. Reja



Yüklə 32,29 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü32,29 Kb.
#145682
1   2   3   4
Mavzu Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformator-fayllar.org

ex = -W x— - = -cos cot = - E lmcos cot

(9.7)



dt


EYUK amplitudasi.




Birlamchi chulg'amda hosil bo‘luvchi EYUK ning hara




kat qiymati





Magnit oqimi F ikkilamchi chulg‘amda EYUK hosil qilishi tufayli Е гт = a>WJwr,E 2 = n 4 l f W ^ m = 4.4W J bo'ladi. Uchta bir fazali bir xil transformatorlar guruhi ko‘rsatilgan. Ularning birlamchi chulg‘amlari uch fazali tarmoqqa ulangani uchun ikkilamchi chulg‘amlarda ham uch fazali kuchlanish tizimi hosil bo‘ladi. Agar uchchala magnit o‘tkazgichlarni yonma-yon qo‘yilsa, o‘zaklardagi magnit oqimi qiymati nolga teng bo‘ladi; demak, bu o‘zaklaiga hojat qolmaydi.


Kuch transformatori tuzilishi. Zamonaviy transformatorlar murakkab qurilma bo‘lib, har xil bo‘g‘in va detallardan ham da metall konstruksiyalardan tashkil topgan. Transformatorning asosiy qismlari — bular magnit o‘tkazgich tizimi va chulg‘amlar. Magnit tizimi (magnito‘tkazgich) transformator asosiy magnit maydonini alohida ajratish yo‘l qo‘ymaslik uchun xizmat qiladi. Transformator magnit tizimi deb, elektr texnik po’lat plastinkalardan ma’lum bir geometrik shaklda yig‘ilgan to‘plamga aytiladi. Uni o'zak va yarmolarga ajratish mumkin. O‘zaklar magnit tizimning bir qismi bo‘lib, ularga asosiy chulg‘amlar o'rnatiladi. Yarmolar o‘zaklarni birlashtirib, magnit zanjiri hosil qilish uchun ishlatiladi, (ularga chulg‘amlar o‘matilmaydi), yarmolar chekka va yon tomon yarmolarga bo‘linadi. Ikki yoki ko‘p steijenlami birlashtiruvchi yarmolar yon tomon yarmolar deyiladi. Bitta steijenning ikkala tomonini birlashtiruvchi yarmolar chekka yarmolar deyiladi. Yon tomon yarmolari ustki va pastki yarmolarga bo‘linadi. Transformator magnit tizimlari quyidagicha farqlanadi. O‘zaklar va yarmolaming o‘zaro joylashishiga qarab, o‘zaklar elementlarini yig‘ish va tayyorlash bo‘yicha o‘zaklar va yon tomon yarmolar tekislik va fazoviy ko‘rinishda bo‘ladi. O‘zak va yarmolaming bo‘ylama o‘qlari bir tekislikka joylashgan magnit tizim tekislik tizimi deb, bir tekislikka joylashganlari fazoviy tizim deb yuritiladi.
O‘zak va chekka yarmolarning joylashishiga qarab o‘zakli va bron o'zakli hamda bronli steijenli magnit o‘tkazgichda steijenlar chekka yarmolar bo’lmaganda faqat yon tomon yarmolar (yuqori va pastki) lar bilan birlashadilar. Bronli magnit o‘tkazgichda bitta sterjen (yoki uning bo‘lagi) bitta chekka yarmo bilan birlashtiriladi. Bronli magnit o'kazgichda bitta sterjenning ikkala tomoni kamida ikkita chekka yarmolar bilan birlashadi. Tekis magnit o‘tkazgichlar eng ko‘p tarqalgan. U lar o‘zaklari (transformator konstruksiyasiga va fazalar soniga qarab sterjenlar bittadan o‘rtacha bo‘ladi) vertikal shaklda joylashadi. Ularni tekis, radial va ekvivalent shixtovkalar bo‘yicha farqlaydilar. Bular ichida eng ko‘p tarqalgani tekis shixtovkali o‘zaklardir, ya’ni ular magnit o‘tkazgichga parallel joylashgan plastinkalardan yig‘iladi. O‘zakli magnit o‘tkazgichlar tutashgan, shixtalangan va o‘ralgan (lentali) konstruksiyaga egalar. Tutashgan magnit o‘tkazgichlar ko‘ndalang kesimi bo‘yicha ajraluvchi bo‘lib, ular sterjen va yarmolari alohida yig‘iladi. So‘ngra ular bir-biriga tirkalib yig‘iladi. Bu usul transformator yig‘ishda chulg‘amlarni magnit o‘tkazgichga kirgizishni juda osonlashtiradi. Shixtalangan magnit o‘tkazgich to'qnashgandan shu bilan farqlanadiki, uning o‘zaklari va yarmolarini plastinkadan tekislikda yaxlit to‘qnashishsiz qilib yig‘iladi. To‘qnashish joylari har bir qavat plastinkada bir-biriga nisbatan siljigan holda muqovaga yig‘iladi. Shu sababli, transformator salt yurish toki to‘qnash konstruksiyasiga qaraganda bir necha marotaba kam bo'ladi. O‘zak va yopma plastinkalar tutashish shakl bo‘yicha to‘g‘ri, qiyshiq va kombinatsiyali bo‘ladi. U yoki bu shaklli tutashganni qo’llashlik po‘lat simi va konstruksiyasiga bog'liq. Issiq holda ishlangan po‘lat bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda bir xil xususiyatlarga ega, shuning uchun bu seriyadagi magnit o‘tkazgichlarda salt yurishdagi nisbiy isroflar to‘g‘ri to‘qnashgan boshqa zonadagilardan farq qilmaydi. Ayni sovuq vaqtda ishlov olgan po‘lat anizotropiyaga ega. Boshqacha aytganda, uni iqtisodiy ishlatish uchun prokatga yo‘nalishi magnit oqimining yo‘nalishi bilan bir tomonga bo‘lishi darkor. Bu hol deyarli hamma vaqt bajariladi, faqat burchakli magnit o‘tkazgich bundan mustasno. Salt yurish isrofli kombinatsiyali tutgan magnit o‘tkazgichlarda bir oz ko‘p bo‘ladi. Keyingi yillarda kichik quvvatli transformatorlarda o‘ralgan lentali magnit o‘tkazgichlar po‘lat kuzatilmoqda. Bundagi asosiy muammo plastik lentani chulg‘amga o‘rash uchun murakkab texnologiya talab etilishidir. Shunga qaramay keng ko‘lamda ishlab chiqilishida transformatoming butun istiqbolli hisoblanadi.


Yüklə 32,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə