Mavzu: Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformatorlarni montajga tayyorlash ishlari. Reja



Yüklə 32,29 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü32,29 Kb.
#145682
  1   2   3   4
Mavzu Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformator-fayllar.org


Mavzu: Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformatorlarni montajga tayyorlash ishlari
Mavzu: Kuch transformatorlari. Umumiy ma’lumotlar. Transformatorlarni montajga tayyorlash ishlari.

Reja:
  1. Umumiy ma’lumotlar.


  2. Kuch transformatori tuzilishi


  3. Transformatorlar tasnifi.



Kuch transformatori elektr tarmog'ining muhim elementlaridan hisoblanadi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladigan joydan uzoq masofalarda joylashgan iste’molchiga birlamchi kuchlanishni olti marotabadan kam bo’lmagan holda ko’paytirib uzatiladi. Iste’molchi oldida u yana pasaytirilib, iste’molga beriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun transformatorlar xizmat qiladi. Masalan, elektr stansiya shinalardagi 15,75 kV kuchlanish ketma-ket olti kuchlanishli transformatorlar yordamida quyidagi kuchlanishlarga aylantiriladi: 15,75-525 kV ga; 500-242 kV ga; 220-121 kV ga, 115-38,5 kV ga, 35-11 kV ga, 10-0,4 yoki 0,69 kVga. Energiyani ko’p sonli mayda iste’molchilarga taqsimlash transformatorlar sonini ko’paytirishga olib keladi. Har bir pog’onadagi transformatorlar quvvati oldingisining quvvatidan kattaroq qilib olinadi, Shunga ko’ra, barcha transformatorlar quvvati umumiy generator quvvatidan 8-10 marotaba katta bo’ladi, bu munosabat yaqin orada yana ko’payishi mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, elektr stansiyadan uzoqlashgan sari transformatorlar quvvati kamaya boradi va transformatorlar tayyorlash uchun ketadigan materiallar hajmi va energiya isrofi ortib boradi hamda har bir generatoming o’rnatilgan birlik quvvatiga 7-8 karra ko’p transformator quvvati talab etiladi. Yaqin orada bu son 9-10 karraga yetadi. Elektr stansiyaga ornatilgan transformatorlar soni unchalik ko’p bo’lmasligiga qaramay, ular energiya tizimi ishida katta ta’sirga ega.



Transformator statik elektr magnitli qurilma bo’lib, ikki yoki ko’p chulg’amlarga ega bo’lgan holda elektr magniti yordamida bir qiymatdagi kuchlanishni ikkinchi qiymatli kuchlanishga aylantirish uchun xizmat qiladi. Transformatorlar ikki va ko’p chulg’amli bo’lganda, o’zaro galvanik aloqaga ega bo’lmasligi mumkin. Ularda energiya uzatish magnit maydoni orqali amalga oshiriladi.

Transformatorlar tasnifi. Kuch transformatorlari nominal quvvat, kuchlanish klassi, ishlash rejimi, konstruktiv tuzilishi va boshqalar bilan farqlanadi. Nominal quvvat va kuchlanish klassi bo’yicha transformatorlar 8 guruhga bo’linadi (tashqi o’lchamlari bilan farqlanadilar). Kuch transformatorlar umumiy xizmatli bo’lishlari mumkin. Ular unchalik farqlanmaydigan umumiy tarmoqqa ulanadilar. Shuningdek, maxsus kuch transformatorlari ham mavjud bo’lib, ular bevosita elektr tarmog’ini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ularga tortgich, o’zgartirgich yer osti ruda va shaxta tarmoq hamda qurilmalari kirishi mumkin. Sanoat transformatorlari mo’tadil, sovuq va tropik mintaqalarga mo’ljallab chiqariladi. Shuningdek, ular ochiq havo va bino ichiga ornatilishlari mumkin. Sovitish tizimi bo’yicha quruq va sovitkichli transformatorlarga bo’linadi. Quruq transformatorning shartli belgilari: ochiq holda; tabiiy havoli, himoyalagan tabiiy havoli, germetik yasalgan SG havo puflagichli SD Moyli transformatorlar: havo va moyning tabiiy aylanishi M havoni majburiy, moyni tabiiy haydash D havoni tabiiy, moyni majburiy haydash havoni tabiiy, moyni majburiy oqim bilan haydash havo va moyni majburiy haydash (moyli yo’naltirilmagan oqimli) DS havo va moyli majburiy haydash (moyli ko’paytirilgan oqimli suvni majburiy va moyni tabiiy haydash suv va moyni majburiy haydash (moy yo’naltirilmagan oqimli) suv va moyni majburiy haydash (moy yo’naltirilgan oqimli) Yonmaydigan suyuq dielektrikli transformatorlar: yonmaydigan suyuq dielektriikli tabiiy sovuvchi yonmaydigan suyuq dielektrik bilan majburiy sovitish (dielektrik yo‘naltirilgan oqimi) yonmaydigan suyuq dielektrik bilan majburiy sovitish (dielektrik yo’nalgan oqimli) Transformatorni ko’p va bir fazali qilib ishlab chiqariladi. Eng ko’p tarqalgan transformatorlar bu uch fazali transformatorlardir. Ularda uchta bir fazali transformatorlarga nisbatan isroflar 12-15 %ga kam, aktiv materiallar va narxi 20-25 % dan past. Uch fazali transformatorlar, aksariyat, elektrostansiya (nimstansiya) iste’molchilarni quvvat bilan ikki kuchlanishda (o’rtacha va yuqori) yoki o’rtacha va past kuchlanishlarda olib borilganda qo’llaniladi. Bir fazali transformatorlar uch fazali transformatorlar yo’q yoki tayyorlash mumkin bo’lmagan hollarda ishlatiladi. Energetik tizimlarda asosan ikki va uch chulg’amli uch fazali transformatorlardan foydalaniladi.


Yüklə 32,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə