Mavzu: Maktab oʻquvchilari jismoniy tarbiya jarayonining zamonaviy tuzulishi Reja


Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari - o‘quv ishlarining asosiy shakli sifatida



Yüklə 89 Kb.
səhifə3/6
tarix08.05.2023
ölçüsü89 Kb.
#108993
1   2   3   4   5   6
Referat

3.Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari - o‘quv ishlarining asosiy shakli sifatida.
Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganlik printsipi, shaxsni har tomonlama rivojlantirish printsipi, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan aloqadorligi printsipi. Printsip- lotincha atama bo‘lib, boshlanish ma’nosini anglatadi. Nazariya, ta’limot va h.k.ning asosiy poydevori, qonun-qoidasi, ya’ni jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining ham qonun-qoidalarini ifodalaydi.
Jismoniy tarbiyaning so‘g‘lomlashtirishga yo‘naltirilganlik prinsipi
Jismoniy tarbiya mutaxassislarining bolalar sog‘ligini saqlash va mustahkamlash ishlaridagi mas’uliyati hamda burchlari sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganlik prinsipidan kelib chiqadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun mashqlarni to‘g‘ri tanlash, milliy va zamonaviy o‘yinlar hamda mashqlardan samarali foydalana bilish bolalarning salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganlik prinsipi doimiy tibbiy pedagogik nazoratni, shug‘ullanuvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishini ko‘zda tutadi.
Umumta’lim maktablari i- 1 v sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash dasturining tahlili.
Umumiy o‘rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha davlat ta’lim standarti (UO‘TJTDTS) ta’lim jarayonining sifatiga, ta’lim mazmuniga doir talablarni: o‘quvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi hamda bitiruvchilarga qo‘yiladigan talablarni, ta’lim muassasalari faoliyati va jismoniy ta’lim hamda tarbiya sifatiga baho berish tartibi va mexanizmlarini belgilab beradi.
Jismoniy tarbiya va ta’lim" kursi umumiy o‘rta ta’limda quyidagilardan tarkib topadi.
1. Jismoniy tarbiya darslari- maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy shakli. Ularning miqdori Tayanch o‘quv rejasida haftasiga 2 o‘quv soati hisobidan belgilangan
2. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari darsdan oldin o‘tkaziladigan gimnastika, umumiy o‘rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalari, uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ko‘ngil ochar o‘yinlar.
3. Jismoniy mashq mashg‘ulotlarning sinfdan tashqari shakllari: sport sektsiyalari, fakultativlar, o‘quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to‘garaklar va boshqalar.
4. Umum maktab tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo‘yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar.
5. Mustaqillik mashg‘ulotlari: ko‘pincha uy vazifalarini bajarish tarzida, BO‘SM sho‘balaridagi mashg‘ulotlar, safarlar, o‘yinlar va boshqalar.
1. Mashg‘ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 8-10 soat.
2. 5-9 sinf o‘quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta’minlab berishi kerak
3. Belgilangan hajm o‘quvchilarning ko‘rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir.
4. Nosog‘lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o‘quvchilar uchun maxsus (individual-differentsial) rejim o‘rnatiladi.
5. Jismoniy tarbiyaning barcha vazifalarini muvaffaqiyatli etish uchun maktab o‘qituvchilar jamoasini, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari va ota-onalar kuchlarini birlashtirish talab qilinadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining tashkiliy tizimi bo‘g‘inlari quyidagilar hisoblanadi:
-haftasiga har bir sinfda 3 marta badantarbiya darsi sifatida o‘tkaziladigan mashg‘ulot — dars tizimi;
-o‘quv kun tartibidagi sog‘lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari
-kuni uzaytirilgan guruhlardagi har kunlik jismoniy mashq mashg‘ulotlari;
o‘quv mashg‘ulotlarigacha o‘tkaziladigan badantarbiya
badantarbiya daqiqalari
uzaytirilgan tanaffuslardagi jismoniy mashqlar
-sinfdan tashqari ishlar: badantarbiya to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar, UJT guruhlari, sport turlari bo‘yicha sho‘’balar, sport musobaqalari, ommaviy o‘yinlar, safar va sayohatlar.
-bolalar va o‘smirlar sport maktablari (BO‘MS
o‘quvchilar uylari va saroylari
maktablardan tashqari muassasalarda badantarbiyani tashkil qilish shakllari
ko‘ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari (KSJ) sport sho‘balarida o‘tkaziladigan muntazam o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari va sport musobaqalari
yashash joylarida, har xil tipdagi yozgi dam olish oromgoxlari;
-ommaviy sog‘lomlashtirish- badantarbiya tadbirlari, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari kun tartibida ko‘zda tutilgan tadbirlar (ertalabki badantarbiya, har kunlik cho‘milish, joylardagi o‘yinlar, safarlar va boshqalar);
-istirohat va dam olish bog‘lari bolalar sektori, sport va turistik bazalarda tashkil qilinadigan ommaviy o‘yinlar, tanlovlar, sport-ko‘ngil ochishlar, sayr va safarlar.
Bolalarni oilada jismoniy tarbiyalashning tashkiliy shakllari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
-kun tartibidagi sog‘lomlashtirish badantarbiya muolajalari (aerobik badantarbiya, badantarbiya daqiqalari, chiniqish protseduralari);
-mustaqil jismoniy mashq mashg‘ulotlari, jismoniy tarbiya bo‘yicha uy topshiriqlarini bajarish;
-o‘z xohishiga ko‘ra o‘yinlar, sayrlar, safarlar, sport ko‘ngil ochishlari, shuningdek, kattalar ishtirokida dam olish va ta’til kunlari;
-yashash joylarida o‘tkaziladigan musobaqalarda oilaviy qatnashish.
Bu barcha shakllar, belgilariga ko‘ra ko‘ngilli va majburiyga ajratiladi. Majburiysiga faqat jismoniy tarbiya darslari kiradi (mashg‘ulotning sinf-dars tizimi).
Ta’limiy va tarbiyaviy tashkil qilish belgilari bo‘yicha qayd qilingan shakllar dars yoki darsdan tashqari bo‘lishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda mazkur ishni to‘g‘ri rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri va oqilona reja barcha o‘quv ishlarini, maktabning ommaviy, jismoniy tarbiya va sport ishlarini aniq tashkil etishga yordam beradi.
Maktabda quyidagi rejalar tuziladi:
maktabning bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan jismoniy tarbiya va sport ishlari umumiy rejasi;
har bir sinf uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv ishi rejasi.
Bir yilga mo‘ljallangan umumiy reja jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tomonidan tuziladi. Reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Umumiy yillik reja maktabdagi jismoniy tarbiya va sport ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni qamrab oladi: o‘quv ishlari, klub kun rejimidagi sog‘lomlashtirish badantarbiya tadbirlari, sinfdan tashqari ishlar, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, tibbiy nazorat, moddiy-o‘quv bazani ta’minlash, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish.
Umumiy yillik rejada o‘quv ishlari masalalari faqat umumiy tarzda aks etadi: joy va jihozlardan foydalanish jadvali, mashg‘ulotlarni tashkil etish tartibi, mashg‘ulotlar uchun kiyim-boshlar va boshqalar. O‘quv ishi dars olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har bir sinf uchun alohida tuzilganda batafsil rejalashtiriladi. Maktabning umumiy yillik rejasida o‘quv kuni rejimidagi sog‘lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari aks ettiriladi. Masalan, mashg‘ulotgacha o‘tkaziladigan badantarbiya bo‘lsa, uning o‘tkazilish joyi, davom etish vaqti, o‘tkazish tartibi, mashg‘ulotni boshqarish, majmua tuzuvchi shaxs, bu tadbirda maktab pedagogika jamoasining ishtiroki ko‘zda tutiladi. Tanaffuslarni tashkil etishda dam olish, bolalarning ovqatlanish tartibi, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari belgilanadi, tanaffuslarni tashkil etish va o‘tkazishga javobgar shaxslar tayinlanadi. Rejada, shuningdek, darslarda badantarbiya daqiqalarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi ko‘zda tutiladi hamda namunali mashqlar majmuasini kim tayyorlashi ko‘rsatiladi.
Sinfdan tashqari ish bo‘yicha rejada avvalo to‘garak yoki jismoniy tarbiya jamoasiga aloqador bo‘lgan barcha narsa: sinflarda badantarbiya tashkilotchisi va maktab kengashi qachon saylanishi, badantarbiya to‘garagini kim boshqarishi, qanday sport sho‘’balari tashkil etilishi, sho‘’ba mashg‘ulotlari qaerda va qachon bo‘lishi aks etadi. Rejada sport musobaqalari, sayrlar, safarlar, o‘yinlar ko‘zda tutiladi. Ularni o‘tkazish muddati va bu tadbirlarni o‘tkazishga javobgar shaxslar ko‘rsatiladi. Rejada sayyohlik yurishlarining marshrutlari va muddati, ularga tayyorgarlik ishlari ham ifodalangan bo‘ladi.
Maktabning jismoniy tarbiyaga oid yillik ish rejasida o‘quvchilarni tibbiy ko‘riqdan o‘tkazish muddati va tartibi belgilab qo‘yiladi. Ko‘rikdan dastlab birinchi sinf o‘quvchilari, so‘ng esa o‘tgan o‘quv yilida jismoniy zaif deb topilgan bolalar (hamma sinflardan) o‘tadilar. Keyin ikkinchi va uchinchi sinf o‘quvchilari tekshiriladi.
Mazkur rejada sog‘lig‘ining yomonligi tufayli maxsus tibbiy guruhga o‘tkazilgan bolalarni qayta ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari belgilangan bo‘lishi kerak.
Maktab vrachi tibbiy ko‘rik natijalari haqida maktab pedagogika kengashi va ota-onalar yig‘ilishida ma’ruza qiladi.
Maktabdagi to‘laqonli jismoniy tarbiya ishi mashg‘ulot o‘rnining yaxshi jihozlanishini, zarur asbob va jihozlarni sotib olish hamda tayyorlashini talab qiladi. SHuning uchun ish rejasida byudjet mablag‘i hisobiga sport asboblari va jihozlari sotib olish, ularni o‘quvchilar, ota-onalar va otaliqqa oluvchilar kuchi bilan tayyorlash ko‘zda tutiladi. Maktabning yillik umumiy rejasida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib-tashviq qilish ham aks etadi. Maktabning yangi o‘quv yili uchun jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha umumiy ish rejasi o‘quv yili tugashi arafasida ishlab chinqiladi. Yozgi ta’til paytida maktabning ishlab chiqilgan rejasiga muvofiq, yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.

  2. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” //Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-konserni. 1997-yil.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘grisida”gi Qonuni // Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-konserni. 1997-yil.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080 sonli farmoni.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-sonli Qarori.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli Qarori.

  8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli Qarori.

  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-sonli Qarori.


Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə