Mavzu: Maktab oʻquvchilari jismoniy tarbiya jarayonining zamonaviy tuzulishi Reja



Yüklə 89 Kb.
səhifə4/6
tarix08.05.2023
ölçüsü89 Kb.
#108993
1   2   3   4   5   6
Referat

Glossariy
Printsip- lotincha atama bo‘lib, boshlanish ma’nosini anglatadi. Nazariya, ta’limot va h.k.ning asosiy poydevori, qonun-qoidasi, ya’ni jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining ham qonun-qoidalarini ifodalaydi.
Jismoniy tayyorgarlik - bu har bir inson, ayniqsa aqliy va jismoniy soha ishchi - xizmatchilari va o‘quvchi -yoshlarning har qanday mehnatga yaroqliligi (qobiliyati), jismonan baquvvat, chiniqqan, bo‘lishidagi faol harakatlardir. Sport mashg‘uloti – bu tanlangan sport turida yuqori sport natijalariga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi jarayonidir.
Sport mashg‘ulotlarining maqsadi - mazkur sportchi uchun mumkin bo‘lgan eng yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak natijalarni namoyish etishdan iboratdir.
Jismoniy rivojlanish – bu sog‘lomlashtiruvchi jarayon bo‘lib, inson organizmining vazifalari va shakllari o‘zgarishining asta-sekin qaror topishidir.
Jismoniy tarbiya - bu insonni irodaviy, ahloqiy, funksional, morfologik takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, uning maqsadi o‘quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko‘nikma, malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.
Harakatga o‘rgatish (o‘qitish) - o‘zining asosiy mazmuniga ko‘ra jismoniy bilim (ta’lim) berishni, ya’ni insonni o‘z harakatlarini ratsional boshqarishni bilishini, tahlil qilishiga oid nazariy bilimlarga ega qilishni va shu yo‘l bilan egallangan bilimlariga asoslanib, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini boyitishni hamda ularga oid nazariy bilimlarga ega qilishni nazarda tutadi (P.F.Lesgaft).
Jismoniy bilim - jismoniy mashqlarni, mexnat harakatlarini bajarish, undan foydalanish, lozim bo‘lganda hayotiy sharoitda qo‘llash mahorati va ko‘nikmalariga oid nazariy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Jismoniy ta'lim o‘quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko‘zda tutadi.

Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə