Mavzu: Maktabni boshqarish maktab direktorining vazifalari Reja: Maktab direktorining asosiy huquq va majburiyatlari

Yüklə 11,42 Kb.
səhifə3/4
tarix22.12.2023
ölçüsü11,42 Kb.
#153924
1   2   3   4
Mavzu Maktabni boshqarish maktab direktorining vazifalari Reja -fayllar.org (1)

Zamonaviy boshqaruv ussuli

Darhaqiqat, maktab direktori ham ta'lim muassasasi boshqaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu esa undan ilg`or tajribalarni va fan-texnika yutuqlarini muntazam o`rganib o`z faoliyatiga tatbiq etib borishni, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashuvni talab qiladi. Agar umumiy o`rta ta'lim muassasasi rahbarida boshqaruv yo`nalishlari bo`yicha zarur bilim, tajriba, pedagogik mahorat, ko`nikma va malakalar yetarli bo`lmasa ta'lim jarayonini boshqarishda vujudga keladigan turli muammolarning o`z vaqtida, oqilona yechimini topishda uning ojizligi sezilib qoladi. Ularning oldini olish hamda pedagogik xodimlar faoliyatini takomillashtirish va natijada o`quv jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan biri rahbar boshqaruv faoliyatining ilmiy asosda tashkil etilishidir.

Zamonaviy maktab faoliyatini tashkil etish va boshqarishda ta'lim muassasasi barcha xodimlarining o`z mehnat faoliyatlari natijalaridan birdek qoniqish hosil qilishlari, jamoadagi to`g`ri mehnat taqsimoti, xodimlarda o`z vazifalariga nisbatan mas'uliyat hissining shakllanishi, o`quv jarayonini hozirgi zamon talablari darajasida ilmiy asosda tashkil etish samaradorligi ko`p jihatdan ta'lim muassasasi rahbarlarining funksional vazifalarini qay darajada tushunib yetishi va amalga oshirishiga bog`liq bo`ladi.

Ta'lim muassasasini boshqarishda pedagogik xodimlar, ota-onalar va o`quvchilar o`rtasidagi o`zaro ta'sir jarayonini kuzatish hamda barcha uchun zarur va qulay bo`lgan ruhiy muhitni vujudga keltirish ham muhim o`ringa ega. Buning uchun rahbar ta'lim muassasasidagi mavjud munosabatlar, o`quvchilarning jismoniy, ruhiy va intellektual rivojlanishiga ta'sir ko`rsatuvchi omillar, ya'ni o`qituvchilar bilan o`quvchilar, ota-onalar bilan ta'lim muassasasi hamda o`quvchilar o`rtasidagi munosabatlardan yaxshi xabardor bo`lishi lozim

Yüklə 11,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə