40
SHu paytgacha qo’llanib kelayotgan texnologiyalar yuqori tezlikli
ma`lumotlarni uzatish yoki internet tarmoqlariga ulash uchun mo’ljallanmagan va
ular qimmatdir. Ularni nafaqat qurishda, balki foydalanishda ham qimmatga
tushadi. Ko’pgina mijozlar internet tarmoqlariga
ulanish uchun analog
modemlardan foydalanadilar.
Millionlagan mayda biznes egalari va xususiy abonentlar uchun ko’p yillar
mobaynida yuqori tezlikli ma`lumotlarni uzatish iqtisodiy tomondan qimmatga
tushganligi tufayli keng tarqalmadi va optik tolali liniyalari bilan ta`minlash
imkoniga ega bo’lmadi. SHunga qaramasdan bunday abonent guruhlarining
raqamli uzatish texnikasiga bo’lgan talab oshib bordi va bormoqda.
Oxirgi vaqtgacha ma`lumotlarni uzatish uchun umumiy qo’llaniladigan
telefon tarmoqlarining liniyalaridan foydalanishga to’g`ri keldi. Bunday
muammolarni hal qilishda xDSL (Digital Subseriver
Line-raqamli abonent
liniyasi) eng asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi telefon aloqasini ta`minlashga mo’ljallangan mis abonent liniyalari,
ovozli, yuqori tezlikli ma`lumotlarni uzatish, shuningdek boshqa kommutatsion
xizmatlarni ta`minlash qobilyatiga ega. Ishni qo’llab quvvatlovchi bunday
tarmoqlar nafaqat zamonaviy mos keluvchi qurilmani, balki kabelli abonent telefon
tarmoqlarining ishini boshqarishga mutlaqo yangi yondashishni talab qiladi.
Turli
abonentlar
orasida
faqatgina
telefon
aloqasini
ta`minlashga
mo’ljallangan, bir juftlikdan tashkil topgan tarmoq asta-sekinlik bilan yuqori
tezlikli ma`lumotlarni uzatishga va boshqa keng
polosali telekommunikatsiya
xizmatlarini bajarishga mo’ljallangan keng oraliqli kanallar tarmog`iga
aylanmoqda. Analog telefon liniyalari uchun Qayta ishlangan texnologiya (telefon
liniyalari orqali ishlashga mo’ljallangan modemlar) ma`lumotlarni uzatishda 56
kbit/s gacha chegaralangan tezlikka ega. Maxsus qayta ishlangan simlar juftligiga
mo’ljallangan kabelli abonent tarmoqlarida yangi texnologiyalarni qo’llash yuqori
tezlikli ma`lumotlarni uzatishda iqtisodiy samaradorlikni beradi. Bunda bir
vaqtning o’zida abonent liniyasini va odatdagi telefon aloqasini qo’llash
41
imkoniyati
saqlanadi.
Rivojlanishning
bunday
yangi
pog`onasi
xDSL
texnologiyalarini qo’llash hisobiga amalga oshadi..
Oxirgi mijozlar uchun xDSL texnologiyasi, yuqori tezlikli tarmoqlar orasida
Internet tarmoqlari bilan mustahkam ulanishni ta`minlaydi. Bu mis simli abonent
telefon liniyalari bo’yicha yuqori tezlikli ma`lumotlarni
uzatishda abonent
liniyalarining yakunida va yuqori tezlikli ma`lumotlarni uzatuvchi magistral
tarmoqning yakunida xDSL qurilmalarini joylashtirish imkonini beradi.
Agar abonent liniyalarida xDSL texnologiyalarini qo’llash yordamida yuqori
tezlikli ma`lumotlarni uzatish tashkillashtirilgan bo’lsa, unda uzatiladigan
ma`lumotlar, odatdagi analog telefon aloqasi uchun qo’llaniladigan chastotalarga
nisbatan anchagina yuqori bo’lgan oraliqda, raqamli signallar ko’rinishida
uzatiladi.
Abonent telefon liniyalarida bunday texnologiyalarni qo’llash, abonentlarning
kabelli
tarmoqlarini, yuqori tezlikli ma`lumotlarni uzatishga mo’ljallangan
tarmoqning bir bo’lagiga aylantiradi. xDSL texnologiyasi yuqori tezlikli
ma`lumotlarni uzatishni ta`minlashdan tashqari, telefon aloqasining ko’p kanalli
xizmatini tashkil qiluvchi samarali vosita hamdir.
Bundan tashqari xDSL texnologiya bazasi asosida qurilgan keng polosali
tarmoqlar, faqatgina ko’p kanalli ovozli aloqani yoki yuqori tezlikli ma`lumotlarni
uzatishni tashkil qilish bilan chegaralangan. Ular zudlik bilan o’zining ishi uchun
keng
polosani talab qiluvchi, boshqa xizmatlarni yaratish uchun bazaviy tarmoq
sifatida ham qo’llaniladi.
Internet tarmoqlariga ulanishni ta`minlash, zamonaviy raqamli tarmoqlarning
asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Qo’llaniladigan oraliq chastotalarning
kengligi, yuqori tezlikli ma`lumotlarni uzatuvchi texnologiyalarga bog`liq.
Videokonferentsiyalarni tashkil qilish simmetrik ma`lumotlarni uzatishni
talab qiladi. Videokonferentsiyani tashkil qilishda ovozli va videosignallarni
uzatish lozim,
bunday xizmat, boshqa xizmatlarga nisbatan anchagina keng
chastota oralig`ini talab qiladi.
42
YUqoridagilarni nazarda tutsak, xDSL texnologiyasi oldin mavjud bo’lmagan
yangi xizmatlarni qo’llash imkoniga ega. Bunday yangi texnologiyalarni qo’llash
tufayli asta – sekinlik bilan analog abonent tarmoqlari, raqamli abonent
tarmoqlariga o’tadi. Rivojlanishni bunday yangi bosqichiga o’tish nafaqat yangi
avlod qurilmalarini yaratishni talab qiladi, balki mos keluvchi uskunalarni qo’llash,
xizmat xodimlarini yangi ish usulini o’rganish va abonent
tarmoqlari liniyasini
boshqarishda umuman yangicha yondoshishni talab qiladi.
xDSL texnologiyasi yuqori tezlikli ma`lumotlarni uzatishni taminlashdan
tashqari, telefon aloqasining ko’p kanalli xizmatini tashkil qiluvchi samarali vosita
hamdir.
Dostları ilə paylaş: