Mavzu: Ma’rifatparvar shaxslar va ularning asarlari. Kirish. I bob. Ma’rifatparvar shaxslarining axloqiy qarashlari


Axmad Donish, Furqat, Muqimiy va boshqa dastlabki ma’rifatchilarning asarlarida ko’tarilgan axloqiy muammolar



Yüklə 70,54 Kb.
səhifə3/6
tarix12.05.2023
ölçüsü70,54 Kb.
#109819
1   2   3   4   5   6
Ibragimova Bibisora 19-20 TARBIYA kurs ishi 2023

1.2.Axmad Donish, Furqat, Muqimiy va boshqa dastlabki ma’rifatchilarning asarlarida ko’tarilgan axloqiy muammolar.

“Ma'rifatchilik” iborasiga iste'dodli olim Sh.Rizaev alohida urg‘u berib, uni atroflicha tahlildan o‘tkazgan. Darhaqiqat, ma'rifatparvarlar asosan ma'rifat homiylari tarzida, «tashqaridan» turib, ya'ni xalqning iste'dodli farzandlarini qo‘llab - quvvatlash orqali va o‘z asarlari yordamida bilvosita faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsalar, ma'rifatchilar bir paytning o‘zida ham homiylar, ham ma'rifatning qora mehnatchilari edi. Nazariy yo‘nalish bilan amaliyotning ana shunday chambarchas bog‘liq holda olib borilishi jadid ma'rifatchilari uchun Ovro‘pa ma'rifatparvarlari asrlar mobaynida bosib o‘tgan yo‘lni bir necha o‘n yil ichida «kesib chiqish» imkonini yaratdi. U fidoyilik evaziga bunyodga keldi.


Birinchi Prezidentimiz I.A Karimov bu haqda shunday deydi: - “XX asr boshidagi ma'rifatchilik harakati haqida gapirgandim. O‘sha harakatning namoyandalari boylik uchun, shon – shuxrat uchun maydonga chiqishdimi? Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Tavollolarga maktab ochganlari, xalqni o‘z haq – huquqlarini tanishga da'vat etganlari uchun birov maosh to‘laganmi? Birov ularga oylik berganmi? Albatta yo‘q! Ular o‘t bilan o‘ynashayotganlarini, istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi bilishgan. Bila turib, ongli ravishda mana shunday yo‘ldan borganlar. Chunki vijdonlari, iymonlari shunga da'vat etgan”

Shu jihatdan o’zbek, va tojiq halqlarining mutafakkirlari Axmad Donishning (1827 – 1897) «Navodir ul – vaqoe» asari diqqatga sazovor. Axmad Donish o’z asarlarida Buxoro amirligi davlat tuzumini Rossiya davlat tuzumi bilan solishtirib, uni islox qilish lozimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, Axmad Donish o’z davridagi joxillik, riyokorlik, poraxo’rlik singari illatlar jamiyatni tanazzulga olib borishini ta’kidlar ekan, din peshvolarining noto’g’ri yo’lga kirib ketganini, shayxlarning yolg’onchiligini, ulomolarning poraxo’rligini fosh qiladi. Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Berdaq (1827 – 1900) she’rlarida ham o’sha davr axloqiy muhiti o’z aksini topadi; u ham din peshvolarining o’zi oxiratga ishonmasliklarini, tovlamachilik, ochko’zlik, tekinxo’rlik illatlariga mubtalo bo’lganliklarini va bu bilan islom ildiziga bolta urayotganliklarini qattiq tanqid ostiga oladi. Buyuk o’zbek mumtoz shoiri Furqat (1858 – 1909), Muqimiy (1859 – 1903), Dilshod – Barno (1800 – 1906) asarlaridagi axloqiy muammolar taraqqiyparvarlik g’oyalari bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Chunonchi, Furqat «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Tarjimai holl» kabi asarlarida ma’rifatli bo’lish yuksak axloq egasiga xos xislat ekanini, lekin, nodonlik oxir – oqibat turli xulqiy notavonlikka olib kelishini ta’kidlaydi. Shoir g’azallaridan birida shunday deb alam bilan yozadi:


Charxi qajraftorining bir shevasidin dog’men, 
Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur.
Muqimiyning xajviy asarlarida esa o’sha davrda avj olgan firibgarliklar, amaldorlarning noinsofligi, adolatsizligi qattiq tanqid qilinadi. Shoirning «Voqeai Viqtor», «Voqeai qur Ashurboy xoji», «Tonobchilar», «To’y» singari asarlari Turkiston halqlari oyog’idan tobora tubanlikka tortayotgan illatlarni ayovsiz fosh etadi. 
Bu satrlarda ko’tarilgan adolatsizlik muammosi orqali o’sha davrdagi ijtimoiy – axloqiy manzara yaqqol namoyon bo’ladi.



Yüklə 70,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə