Mavzu: mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi reja



Yüklə 26,45 Kb.
səhifə1/7
tarix20.06.2023
ölçüsü26,45 Kb.
#118184
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi reja


MAVZU: MEHNAT TA’TILI REZERVLARI VA TO’LOVLARI HISOBI
REJA;

  1. Mehnat va ish haqining iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari. Aholi daromadlarining tarkibi.

  2. Korxona hodimlarining tarkibi va turkumlanishi.

  3. Mehnatga haq to'lashning shakllari va turlari.

  4. Mehnat va ish haqining dastlabki, sintetik va analitik hisobi.

  5. Mehnat haqiga nisbatan amalga oshiriladigan ajratmalar va undan chegiriladigan summalar hisobi.

  6. Mehnat ta'tili rezervi va to'lovlari hisobi. Ish haqi fondi va uni nazorat qilish.

  7. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va tug'ish ta'tillari bo'yicha nafaqani hisoblash va to'lash tartibi.

Tayanch iboralar
Mehnat va ish haqi hisobi, Mehnatga haq to'lashni shakllari, avanslar hisobi,jismoniy shaxslar daromadlari tarkibi, soliqqa tortish, mehnat haqidan boshqa ushlab qolinadigan summalar hisobi, yagona ijtimoiy to'lov, mehnat ta'tilini hisoblash, mehnat ta'tili rezervi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.

  1. Mehnat va ish haqining iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari. Aholi daromadlarining tarkibi.

Ma'lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun korxonalarga asosiy vositalar, aylanma mablag'lar bilan birga ularni harakatga keltirish uchun tegishli xodimlar bo'lishi lozim (ular mehnatiga haq to'lanishi bilan). Aynan mehnat ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarishning elementlarini odamlar hayoti uchun kerakli bo'lgan vositalariga aylantirishning asosiy omili hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat mehnatkashlarining ehtiyojlarini maksimal qondirishga qaratilgan. Bunga erishishning asosiy vositasi bo'lib mehnat unumdorligini oshirish hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish o'z navbatida ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, uni elektrlashtirish va mexanizatsiyalash darajasini oshirishni, ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilashni, mehnatga haq to'lashni rag'batlantiruvchi tizimlarini qo'llashni taqozo etadi.
Mehnat haqi - bu sarflangan mehnatning soni va sifati asosida xodimlar ixtiyorida qoladigan milliy daromadning bir qismi hisoblanadi. Mehnat haqi xodimlarni o'z mehnati natijalariga moddiy qiziqtirishni ta'minlashda va mehnat va iste'mol ustidan nazoratni ta'minlashdagi muhim iqtisodiy qurol hisoblanadi.
Mehnat haqi aholi daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Keyingi yillarda respublikamizda aholining jami pul daromadlarida ish haqi qariyib uchdan bir qismini tashkil etgan, aholi daromadining qolgan qismi tadbirkorlik faoliyatidan, pensiya, stipendiya, ijtimoiy nafaqa, tomorqa xo'jaligidan daromad va boshqalardan tashkil topgan.
“Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Bu bo'yicha respublikamiz prezidenti I.A.Karimov- “Bugungi kunda ushbu ko'rsatkich mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillaridagi 10.6 foizdan 52 foizga oshganligini ta'kidlash lozim va bunday katta yutuq albatta barchamizga mamnuniyat bag'ishlaydi(I.A.Karimov-Bizning maqsadimiz erkin va farovon demokratik hayot qurish.T-2015,30-bet)”
Mehnat haqi xarajatlari mahsulot yetishtirish xarajatlari tarkibida katta ulushga ega.
Hisob - iqtisod nuqtai nazaridan mehnatga haq to'lashni hisobga olish hisob sohasining eng ko'p mehnat va xodim talab qiladigan sohasi hisoblanadi.
O'tkazilgan xronometraj kuzatuvlariga ko'ra u xo'jalikdagi butun hisob ishlarini 35-40 foizini tashkil etadi.
Yuqoridagilardan hamda mehnatga muvofiq taqsimlash iqtisodiy qonuni talablaridan kelib chiqib hisob oldiga quyidagi vazifalar qo'yilgan:
Hodimlar soni va tarkibi hisobini ta'minlash.
Bajarilgan mehnat va hisoblangan ish haqini o'z vaqtida hujjatlarda aks ettirish.
Hisoblangan mehnat haqini har bir hodim bo'yicha o'z vaqtida va to'g'ri amalga oshirilishini va uni hisobini ta'minlash.
Sarflangan mehnat va u bo'yicha mehnat haqi summasini hisob ob'yektlariga iqtisodiy asoslangan holda taqsimlash.
Mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan nazorat.
Mehnat va unga haq to'lashni progressiv shakllarini keng joriy etish.
Tegishli hisobotlar va rahbariyatni mehnat va unga haq to'lash bo'yicha ma'lumotlar bilan o'z vaqtida ta'minlash.


  1. Yüklə 26,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə