Mavzu: mevalarning tuzilishi va xilma-xilligi, klassifikatsiyasi talabalarga meaning tuzilishini bilan tanishtirish. Reja



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə1/2
tarix13.06.2023
ölçüsü21,94 Kb.
#117006
  1   2
Mavzu mevalarning tuzilishi va xilma-xilligi, klassifikatsiyasi


Mavzu: MEVALARNING TUZILISHI VA XILMA-XILLIGI, KLASSIFIKATSIYASI
Talabalarga meaning tuzilishini bilan tanishtirish.
Reja:
1.Mevalarning umumiy ta’rifi.
2.Meva va urug‘larning tarqalishi.
1. Mevalarning umumiy ta’rifi
Meva – yopiq urug‘li o‘simliklaring xarakterli organlaridan biri hisoblanadi. Meva urug‘lanishdan keyin gulda ro‘y beradigan o‘zgarishlardan so‘ng yuzaga keladi. Mevalar urug‘ning yetilishiga, himoya qilishiga, tarqalishiga xizmat qiladi. Shu sababdan ularning tuzilishi va morfologik ko‘rinishi juda xilma-xildir.
Meva – gulli o‘simliklar taraqqiyotining eng oxirgi davri bo‘lib, ko‘payish organi vazifasini bajaradi.
Mevalarni aniqlashda ulardagi ba’zi belgilar chunonchi: meva po‘sti p e r i k a r p iy (yunon. peri-atrofida; karpos meva) ning tuzilishi, mevaning ochilishi yoki to‘kilishi hamda mevani tarqalishi e’tiborga olinadi.
Meva po‘sti p e r i k a r p i y – mevaning ustki qavati bo‘lib, tuguncha yoni hamda gulning boshqa organlarini qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘ladi. Perikarpiy ustida har xil o‘simtalar: tikan, qanotchalar, tukchalar bo‘lib, mevalarni tarqalishiga imkon yaratadi. Meva po‘sti uch qavatdan iborat: tashqi qavat ekzokarpiy (yunon. ekzo-tashqi, karpo-meva), ichki qismi endokarpiy (yunon. ekzo-ichki) va ularni orasida turadigan o‘rta qism mezokarpiy (yunon. mezos-o‘rta) dan iborat. Mevalarning tuzilishidagi bu qatlamlarni hamma vaqt ham bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Ularni ko‘pincha danak shaklidagi mevalarda ko‘rish mumkin. Masalan, danaklarda tashqi yupqa – ekzokarpiy, mevani yoyish mumkin bo‘lgan etdor mezokarpiy va yog‘ochsimon qattiq (danak) – endokarpiydan tashkil topgan. Haqiqiy yoki rezavor – donsiz yumshoq, shirali mevalarda bu qatlamni ajratib bo‘lmaydi.
Mevalarni morfologik xususiyatiga qarab ularni ikkita katta sun’iy sistemaga (ho‘l sersuv) va quruq mevalarga ajratish mumkin. Ular ochiladigan (bargcha, dukkak, qo‘zoq va qo‘zoqcha, ko‘sak (chanoq) va ochilmaydigan quruq mevalar. Ochilmaydigan quruq mevalarda faqat bitta urug‘ bor (yong‘oq yoki yong‘oqchalar, o‘rmon yong‘og‘i, pista, doncha va boshqalar).
Mevalarni tabiiy sistemaga solishda ularni qanday ginetseydan hosil bo‘lganligini e’tiborga olib morfologik jihatdan apokarp, sinokarp, parakarp va lizokarp guruhlarga ajratish mumkin. Apokarp mevalar: ko‘p mevali va bir mevalilarga; sinkarp mevalar ustki va ostki tugunchalilarga bo‘linadi. Bundan tashqari mevalarni ochilishi xususiyatiga va tarqalishiga qarab ham sistemaga ajratiladi.
A p o k a r p m e v a l a r (yunon. apo-aks, inkor; karpos- meva) – tutashmagan meva yoki murakkab meva, ya’ni yuqori gul tugunchasidan hosil bo‘ladigan bir necha urug‘chi barglardan tashkil topgan meva a p o k a r p meva deb ataladi. Bunday xildagi mevalar ko‘pmevalilarga xos belgi bo‘lib, ayiqtovondoshlar, magnoliyadoshldar, ra’nodoshlar, burchoqdoshlar oila vakillarida uchraydi.
Ko‘pincha urug‘chi barglar bir-biri bilan tutashib murakkab bargli mevalarni hosil qiladi (magnoliya, pion). Evolyutsiya jarayonida ko‘pbargchali murakkab mevalardan urug‘chi barglarni reduksiyalanishidan b a r g ch a kelib chiqqan.
Bitta urug‘chi bargdan hosil bo‘lgan bir chanoqli meva bargcha, bargak yoki monokarp meva deb ataladi. Bunday mevalar kelib chiqishi jihatidan juda ham sodda (primitiv) hisoblanadi.
Bargakning maxsus moslanishidan bitta meva bargchaga ega bo‘lgan bir onali quruq meva – dukkak kelib chiqqan. Dukkak ochilishi xususiyati bilan bargchadan farq qiladi. Dukkakning ochilishi tepadan tagigacha ikki tomondan, qorni va orqa chokidan yorilib ochiladi. Bunday meva xili burchoqdoshlar, sezalpindoshlar, mimozadoshlara xos belgidir.
Nihoyat, barchadan mezokarpning sukkulentlanish (lot. sukkus-shira, sukkulentus- shirali), endokarpni yog‘ochlanishi va urug‘larni kamayishi natijasida d a n a k l i mevalar kelib chiqqan. Danakli mevalarning aksariyati bir xonali, bir urug‘lidir (olcha, gilos, qaroli, o‘rik, bodom), ko‘p danaklilarga do‘lana, ituzum misol bo‘la oladi. Danakli mevalar ustki tugunchadan yuzaga keladi. Bir uyali danakli mevalarni yoki qattiq yog‘ochsimon, meva ichi (danagi) ko‘pincha sersuv (olxo‘ri, olcha, o‘rik, shaftoli) yoki quruq (bodom, yong‘oq ) tolasimon (kakos palmasi) va boshqalar.
Ko‘p uyali danakli murakab mevalar atirguldoshlar oilasining (malina, jujagat, maymunjon, parmachak) vakillarida uchraydi. Bularni shirador danakchali mevasi gul o‘rnida hosil bo‘ladi. Har qaysi danakcha etli shirador mezokarp va toshg o‘xshash qattiq endokarpdan iborat bo‘lib, uni ichida faqat bitta urug‘ joylashadi. Maymunjonni mevasi pishgandan keyin qavarib chiqqan gul o‘rnidan osongina ajraladi, jujag‘atning esa gul o‘rni bilan uziladi.
S i n k a r p m e v a l a r (yunon. sin-birgalikda, karpos-meva)-eng ko‘p uchraydigan mevalar guruhidan hisoblanadi. Morfologik jihatidan sinkarp mevalar (ko‘sak yoki chanoq, bo‘linadigan (merikarpiy), ochiladigan, senobiy, qo‘zoq va qo‘zoqcha, qanotli, rezavor yoki yumshoq meva) va boshqa ko‘pgina xillardan iborat.
Ko‘sak yoki chanoq ko‘p urug‘li meva. Ular ikkita, undan ko‘p meva bargchalardan tashkil topadi. Bir yoki ko‘p uyali bo‘ladi. Bunday mevalar loladoshlar, sigirquyruqdoshlar, ituzumdoshlar, zubturumdoshlar, chinniguldoshlar, toldoshlar, binafshadoshlar, ko‘knordoshlar, qo‘ng‘iroqdoshlar, pashmakdoshlar va boshqa bir necha oilalarda uchraydi. Ularni ochilish xususiyati bir xil bo‘ladi; chunonchi, qalpoqchalar (mingdevona, semizo‘t, zubturum va boshqalarda) teshikchalar (ko‘knor, qo‘ng‘iroq gulda) tepa tishchalar (chinnigul, navro‘zgullarda), usti uchidan pastki uchigacha uzunasiga o‘tadigan yoriqchalar (bangidevona, orxisdoshlar, binafsha, piyozdoshlar va boshqalar) vositasi bilan ochiladi.
Bo‘linadigan mevalar – (merikarpiy yunon. meris-bo‘lakcha, parcha; karpos-meva) – ikki yoki ko‘p uyali ostki va o‘rta tugunchadan hosil bo‘ladi va yetilgandan keyin ikki yoki bir necha bo‘laklarga bo‘linadi. Masalan, tugmachagul, gulxayri, ziradoshlar, yalpizdoshlar va boshqalarda bo‘ladi.
Merikarpiy mevalar orasida bir urug‘li ayrim bo‘g‘imlarga bo‘linib ochiladigan mevalar ziradoshlar oilasining ko‘pchilik vakillarida uchraydi. Nihoyat merikarpiy mevalarni yana bir xili yalpizdoshlar, kampirchopondoshlar oilalarining vakillarida uchraydi. Bunday mevalar senobiy deb ataladi. Senobiy ustki tugunchadan hosil bo‘ladi, uning ikkita meva barglari uzunasiga va ko‘ndalangiga bo‘lingandan keyin to‘rt bo‘lakli meva rivojlanadi. Har bir bo‘lak mevada bitta urug‘ bo‘ladi (masalan, lagoxilus – ko‘kparang, rayhon va boshqalarda).
Yong‘oqcha (kichik meva) – ustki tugunchadan hosil bo‘ladigan bir urug‘li quruq mevalar kiradi. Ularning qobig‘i yog‘ochlangan po‘st bilan o‘ralgan (ayiqtavon, esparset) mevalari misol bo‘ladi.
Q a n o t ch a l i m e v a – merikarpiy xildagi mevalarni bir turi. Bunday mevalarni yonida po‘tsimon yoki pardasimon yassi ortig‘i bo‘ladi (zarang, qayrag‘och, shumtol va boshqalarda).
Q o‘ z o q v a q o‘ z o q ch a - ikki uyali sinkarp meva bo‘lib, tushib ketadigan ikkita qalpoqchaga o‘xshab pastdan tepasigacha yoriladi, qalpoqchalarni orasidagi to‘siqda urug‘lar bo‘ladi. Meva bo‘yi enidan to‘rt barobar ortiq bo‘lsa qo‘zoq, undan kam bo‘lsa qo‘zoqcha deb ataladi, ba’zan qo‘zoq bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Bu xildagi mevalar butguldoshlar oilasining vakillariga xos belgidir.
R e z a v o r yoki yu m sh o q meva - bu xildagi mevalar ustki yoki ostki tugunchadan yuzaga keladi, mevachi barglar soni ham har xil o‘sadigan ananas hamda non daraxti (Artocarpus) mevalar misol bo‘ladi.

Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə