Mavzu: “Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni.”



Yüklə 446,09 Kb.
tarix25.07.2023
ölçüsü446,09 Kb.
#119938
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni






ANGREN UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH


Fan: Falsafa


Mavzu: “Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni.”



Bajardi: Xoldorova D.

Qabul qildi: Zokirov Sh.

Angren 2023
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni.


Reja:

  1. Miqdor va sifat

  2. Xossa

  3. Sakrashlar

Hodisalarga makon-vaqt mezoni nuqtai nazaridan tavsif berish jarayonida «qaerda?» va «qachon?» savollari birinchi o‘ringa chiqadi. Ularni bilishga nisbatan boshqa bir yondashuv «nima?» savoli bilan bog‘liq. Ma’lum joyda va ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan mazkur hodisa nimadan iborat? U qanday xossalar bilan tavsiflanadi? Boshqa hodisalardan uning farqi nimada va qay jihatdan ularga o‘xshash? Bunday savollarga javob hodisalarni sifat va miqdorjihatidan tavsiflash orqali beriladi. Mazkur tavsif predmeti sifat va miqdor kategoriyalari bilan ifodalanadi. Eng sinchkov tahlil ham hodisada sifat yoki miqdor jihatidan tavsiflash mumkin bo‘lmagan narsani aniqlash imkonini bermaydi. Binobarin, sifat va miqdor – hodisaning qoldiqsiz «parchalanuvchi» ikki tomonidir.


Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi. Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ularni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi. Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan narsaning o‘zi ham yo‘q bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Sifat – narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui. Sifat – xossalarning oddiy majmui emas, balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va predmetning alohida mohiyat sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning munosabatlari va aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va sifatlar mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, bir aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va h.k. Masalan, suv va bug‘ bir-biridan sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning agregat holatini taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. Taqqoslash suv va bug‘ning kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. Ammo har qanday narsa bir jihatdan bitta sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega bo‘ladi
Xossa-predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi. Xossalar muhim va ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Muhim xossalar predmetning sifatini belgilaydi. Ularning yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar
tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. Ikkinchi darajali xossalar o‘zlashtirilishi yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi mumkin.
Har qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va sifatga ega bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar majmuidir.Miqdor-predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi.Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega bo‘ladi. Ular muqarrar tarzda muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. U sifat jihatidan o‘xshash xossalar yoki butunning qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlarsifatga bog‘lanmasdan aniqlanishi mumkin. Shuningdek, miqdor turli
predmetlarning ayrim umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat jihatidan
tenglashtiradi. Shu ma’noda miqdor sifatning ziddidir. Ammo predmetning sifat
xususiyatini mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil tuzilmalarni o‘rganishga tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini beradi. Masalan,
o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini
aniqlovchi ayrim ko‘rinishi sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish
imkonini beradi. Matematikada miqdoriy munosabatlar son, qiymat, funksiya,
to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani matematik apparatdan
foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz
makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali
vositalaridan biriga aylangan.
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan
sintezidir. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni
nazarda tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi
va mustaqilligi bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan har qanday
predmet muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq
qachondir paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni
zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.
Me’yor-predmet borlig‘ining chegarasi, me’yor predmet xossalari miqdor
va sifat o‘zgarishlarining xususiyati bilan belgilanadi. Me’yor – bu miqdor va
sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor
bilan bog‘liq. Me’yor – bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki o‘zgarishlarining tegishli
sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir. Me’yor – bu
shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur
etkazmaydi. Gegel fikricha, «Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor
jihatidan aniqdir». Masalan, vodorod peroksidi va suv bir-biridan
molekulalardagi kislorod atomlarining miqdoriga ko‘ra farq qiladi. Huquqiy,
axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me’yor tushunchasi normativlik
xususiyatini kasb etadi. «Aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali engiltaklik
me’yori buziladi va butunlay boshqa narsa – jinoyat namoyon bo‘ladi, aynan
«ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‘tadi».
Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va jazo chorasi
o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida miqdor va sifat
xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir
holatdan boshqa holatga o‘tishi dunyo evolyusiyasining muhim va keng
tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi. Me’yor tushunchasi evolyusiya
tendensiyalarini aniqlash, turli sistemalarning o‘tmishi va kelajagi xususida
gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning
muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini, mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari
rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.
Shunday qilib, narsalar va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega
bo‘ladi. Ammo narsalar va hodisalarning bu tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa
mavjud emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib tuyulishi
mumkin. Lekin amalda bunday emas. Miqdor va sifat o‘rtasida dialektik aloqa
mavjud: muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor mavjud emas va shu bilan
bir vaqtda miqdorsiz sifat ham yo‘q. Mazkur sifatga qo‘shimcha tarzda doim
qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan, uzunligi
Amudaryo ustida qurilgan ko‘prikning uzunligiga teng bo‘lgan stolni
ko‘rmaganmiz. Shuningdek oyoqlarining uzunligi 5 m bo‘lgan odamni tasavvur
qilish ham qiyin. Shunday qilib, har qanday sifat falsafada me’yor deb
ataladigan miqdor chegarasiga ega bo‘ladi.. Miqdorning me’yor doirasida
o‘zgarishi sifatning o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi, lekin me’yordan oshganda
narsa o‘zining avvalgi mohiyatini yo‘qotadi. Miqdor va sifat o‘zgarishlarining
bunday o‘zaro ta’siriga ko‘p sonli faktlarni keltirish mumkin. Masalan, jismning
tezligi sekundiga 1000, 2000, 7910 metr bo‘lsa, u erga yiqiladi. Agar jismning
tezligi atigi bir birlikka oshirilsa va u sekundiga 1911 metrga etkazilsa, jism
Erdan ko‘tariladi va uning yo‘ldoshiga aylanadi. Demak, miqdor o‘zgarishlari,
agar ular me’yor doirasida yuz bersa, sifatni butunlay o‘zgartirmaydi. Biroq,
agar bu o‘zgarishlar me’yor chegarasidan chetga chiqsa, o‘zining muayyan
miqdori va o‘z me’yoriga ega bo‘lgan yangi sifat vujudga keladi.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida
umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga
nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi:
miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni narsaning miqdor va
sifat tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki, uning ta’sirida
miqdor o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat
o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi
miqdor ko‘rsatkichlariga olib keladi. Bu qonunga muvofiq rivojlanish birbiridan farq qiladigan, lekin o‘zaro bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va
uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi. Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda
sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik
sakrash deb ataladi.
Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli,
miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir.
Masalan, sakrash-bu Erda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum
kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash
rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir,
chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‘lib, rivojlanayotgan hodisaning
tabiati, shuningdek unda sifat o‘zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan
belgilanadi.
Sakrashlar:
1) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust);
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra);
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq);
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz)
farq qiladi.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi
atamalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya» tushunchasi keng va
tor ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi «evolyusiya» asta-sekin rivojlanish
jarayoni bo‘lib, u miqdor o‘zgarishlarinigina emas, balki sifat o‘zgarishlari, shu
jumladan inqiloblarni ham o‘z ichiga oladi. Tor ma’noda «evolyusiya» deganda
inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi. «Inqilob»
tushunchasi ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi va jamiyatni astasekin emas , balki tubdan o‘zgarish yasaydigan sakrashdir. Islohot jamiyat
hayotining biron-bir muhim tomonini o‘zgartirish bo‘lib, bunda uning iqtisodiy
va davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tish qonunining olamni
falsafiy anglashdagi ahamiyati. Demak, falsafaning asosiy qonunlaridan biri
bo’lgan Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonunining mohiyati
shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy
o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida
me’yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan
ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki muayyanligi bo‘lib, boshqa narsalardan
ajratib turadigan xossa, belgi, xususiyatlarining birligidir. Sifat narsa qanday
bo‘lsa, uni shundayligicha aniqlab beradi. Narsalarning sifati esa ularning
xossalari orqali namoyon bo‘ladi. Xossa narsa sifatining boshqa nar-salar bilan
o‘zaro aloqadorligidagi tashqi namoyon bo‘lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini
ma’lum bir xossalarda namoyon bo‘lishi orqali bilamiz.
Har bir narsa ko‘plab xossalarga, ya’ni asosiy va ikkinchi darajali xossalarga
ega bo‘ladi. Masalan, metall zichliq siquvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, cho‘ziluvchanlik kabi xossalarga ega. Sifat — jismning barcha xossalarini birgalikda
bog‘lovchidir. Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy
barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligini ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarning
turli-tuman xossalari yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi
tushunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi muqarrar sur’atda xossaning o‘zgarishiga
olib keladi, biroq xossaning o‘zgarishi har doim sifatning o‘zgarishiga ta’sir
etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib
ketishi mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.
Har bir narsa muayyan sistemada bir-biri bilan bog‘liq, bo‘ladi. Narsa
qaysi bog‘lanishlar sistemasiga kirsa, shu sistemaga bog‘liq ravishda turli
sifatlarga ega bo‘ladi. Chunonchi, "stol" muayyan tabiiy materialdan, ya’ni
daraxtdan yasalgan bo‘lib, tabiiy sifatga ega. SHuning uchun u tabiiy
qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ayni zamonda stol muayyan inson mehnatining
natijasi bo‘lib, ijtimoiy sifatga ham ega va ijtimoiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Ijtimoiy sifatlar o‘z navbatida ikki rypyhga: birinchi tartibdagi ijtimoiy
sifatlarga va ikkinchi tartibdagi ijtimoiy sifatlarga bo‘linadi. Xuddi o‘sha stol,
modomiki, insonning muayyan ehtiyojini qondirar ekan, "aniq (amaliy) xis"
etiladigan narsa sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, stol, modomiki,
qiymatga ega ekan, u tovar sifatida gavdalanadi. Bu o‘rinda stol'"haddan tashqari
his etiladigan narsa" tariqasida gavdalanadi. Bu esa ikkinchi tartibli ijtimoiy
sifatlarga mansubdir. Narsalar sifat muayyanligidan tashqari bir-biridan
miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi,
o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat
hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. Chunonchi, suv
o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega, bir ijtimoiy
tuzum boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi
kuchlari taraqqiyoti, sur’ati darajasi, mehnat unumdorligi, madaniyati va
hokazolar bilan ham farq qiladi.
Narsa va hodisalardagi miqdoriy va sifatiy tomonlar doimo bir-birini
taqozo qilib, birlikda bo‘ladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega.
Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo‘lgan narsa yo‘q. Shuning uchun ham
narsaga miqdoriy va sifatiy tomondan berilgan tavsif to‘liq bo‘ladi.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me’yor tushunchasida
ifodalanadi. Me’yor bu miqdoriy munosabatlar va ob’ektiv sifatga mos
tuzilmalarning muvofiqligidir. Ob’ektning miqdori ushbu sifat doirasidan
chiqmasdan muayyan oraliqda o‘zgaradi. Bu oraliq chegaralari esa predmet
muayyanligini, sifat va miqdor birligi sifatida me’yorni ifodalaydi. Me’yorning buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi. Me’yor har
bir narsa va hodisadagi miqdor bilan sifat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ifoda
etadi. Bu o‘rinda har bir narsa, hodisa miqdor o‘ziga xos o‘lchovga ega bo‘ladi,
chunki ushbu sifat xususiyati har qanday miqdor bilan emas, balki muayyan
miqdor bilan uyg‘unlashadi. Ushbu ob’ektga xos bo‘lgan miqdoriy o‘zgarishlar
doirasidan chiqish shu ob’ektga xos bo‘lgan me’yorning buzilishiga va uning
yangi sifatga o‘tishiga olib keladi.
Me’yorning turli shakllari mavjud bo‘lib, nazariy bilimlar sistemasida u
quyidagilarga ajratiladi: 1) oddiy me’yor alohida o‘z-o‘zicha olingan predmet
o‘lchovi; 2) sistemali, substansiyali me’yor — ushbu sistemaning elementi, bo‘lagi
bo‘lgan predmet o‘lchovi; 3) aniq me’yor — barcha haqiqiy munosabatlar
yig‘indisi bo‘lgan predmet o‘lchovi. Ijtimoiy hayot qoidalari ham g‘oyat turli-tuman
me’yor munosabatlariga ega.
Bir me’yordan ikkinchi me’yorga o‘tish jarayoni bir holatdan ikkinchi
holatga o‘tish negizi (yoki nuqtasi) deyilsa, bir miqdoriy sifat holatidan
ikkinchisiga o‘tishning barcha halqasi esa me’yorning markaziy tuguni deyiladi.
Sifat, miqdor va me’yor tushunchalarida olamdagi narsalarning ob’ektiv va
eng umumiy tavsifi ifodalanadi. SHuning uchun ham ayrim faylasuflarning
narsalar sifatini sub’ektiv tushuncha deb ta’kidlashlari nazariy jihatdan asossizdir.
Miqdor va sifat birlikda, bo‘lib bir-biriga o‘tib turadi. Miqdor sifatga va,
aksincha, ma’lum sharoitda sifat miqdorga o‘tadi. Narsa va hodisalarning sifati
ob’ektiv bo‘lsa-da, nisbiydir, chunki ular o‘rtasidagi chegara o‘zgaruvchan bo‘lib,
ularni mutlaqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarning miqdoriy
muayyanligi ham o‘zgaruvchandir. Modomiki, ob’ektiv olam doimiy harakatda,
o‘zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi,
ularning xossalari ham o‘zgarish va rivojlanishdadir. Miqdor va sifat
o‘zgarishlarining aniq holatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muhim
ahamiyatga ega.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xosdir. Miqdor
o‘zgarishlar bilan sifat o‘zgarishlar o‘rtasida qat’iy qonuniyat mavjud bo‘lib, bu
qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdor o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini
tayyorlab, har bir aniq holatda muayyan sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va
shu holatda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi sodir bo‘ladi.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish masalasiga, o‘z
navbatida, qadimgi faylasuflar ham e’tibor berganlar Qadimgi yunon
faylasuflarining "yalitroq bosh" va "taram" nomi bilan, keltirgan misollari
ma’lumdir. Suhbatdoshga quyidagi savol beriladi: agar boshdan bir dona soch tolasi yulib olinsa bosh yaltirab qoladimi, agar g‘aramdan bir dona urug‘ olinsa, u
g‘aramlik holatini yo‘qotadimi? Natija, yo‘q degan-javob bo‘ladi. Bu hol bosh
yaltiramaguncha, g‘aram esa yo‘q bo‘lmaguncha davom etadi. Qadimgi faylasuflar
bu kabi hodisalarni eng umumiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi natijasida
deb, emas balki sof mantiqiy g‘ayri tabiiylik deb qarar edilar.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi haqida O‘rta Osiyo
mutafakkirlarining asarlarida ham ko‘pgina ma’lumotlar mavjuddir. Al-Xorazmiy,
al-Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bekning matematika, algebra, astronomiya,
geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga oid asarlarida miqdor (son), sifat
o‘rtasidagi aloqadorlik va uning hayotiy ahamiyati haqida batafsil tavsiflar
berilgan. "Men, — deb yozadi al-Xorazmiy, — arifmetikaning oddiy va murakkab
masalalarini o‘z ichiga oluvchi "Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqaga kitob"
ni tasnif qildim, chunki meros taqsim qilishda. vasiyatnoma tuzishda, mol
taqsimlashda va adliya ishlarida, savdo va har qanday bitimlarda va shuningdek, er
o‘lchash, kanallar o‘tkazishda (amaliy) geometriya va boshqa shunga o‘xshash
turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir" Ularning fikricha, miqdor va sifat o‘zgarishlarning o‘zaro aloqadorligini nafaqat tabiat va jamiyat hodisalarida, balki ruhlarda hamkuzatish mumkin.
"Ruhlarning sifatlarining ... o‘zaro qo‘shilishi oqibatida ularning (aqliy)
quvvatlari miqdor jihatdan ham tobora ortadi", deb yozadi Forobiy.
Miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni ob’ektiv
bo‘lib, real voqelikdagi narsa va hodisalarning o‘ziga xosdir. Olamdagi barcha
o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlardan boshlanadi.
Miqdor o‘zgarishlar muayyan chegarada sifatning barqarorligiga (turg‘unligiga)
ta’sir etmaydi. Miqdor o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning
barqarorligi buziladi. Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Bu holni
biz kimyo fanida yaqqol ko‘rishimiz mumkii. Masalan, ikki atom vodorod bilan
bir atom kislorod suvning molekulasini tashkil etadi. Agar bu ele-mentlarni
boshqacha nisbatda, ya’ni ikki atom vodorodni N2O ikki) atom kislorod bilan
biriktirsak, u holda bir yangi narsa — vodorod peroksidi hosil qilamiz (N2O2).
Taraqqiyot jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tish
bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor
o‘zgarishlari natijasida vujudga kelgan yangi sifat muayyan vaqtga muvofiq keladigan barqarorlikka ega bo‘lib, shu miqdor o‘zgarishlari jarayonini davom
etishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu sifat o‘zgarishlarining miqdor
o‘zgarishlariga o‘tishidir.
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas
bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Chunonchi:
birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar
sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdor o‘zgarishlar asta-sekin yuz
beradi. Sifat o‘zgarishlariga o‘tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;
ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha predmetga muhim
ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100°S gacha suyuqlik holatini
yo‘qotmaydi. Sifat o‘zgarishlari hodisalarni tubdan o‘zgartirib, uni boshqa
hodisaga aylantirishni taqazo qiladi;
uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekii o‘tadi va ko‘p hollarda
(muayyan davrgacha) sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha tez, ayrim
holatda to‘satdan sodir bo‘ladi;
to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga Qaraganda tub
o‘zgarishlar hisoblanadi.
Metafizik usulda fikr yuritadigan faylasuflar miqdor o‘zgarishlar bilan sifat
o‘zgarishlarini ajratib bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadilar, ayrimlari esa faqat
miqdor o‘zgarishlarnigiga tan oladilar.
Miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonini tahlil qilar ekanmiz, nazariy hamda
amaliy faoliyatda amalga oshayotgan o‘zgarishlar mexanizminigina emas, balki
ularning chuqurligi va ahamiyatini ham hisobga olish muhimdir. SHunga asosan
ro‘y beradigan o‘zgarishlarni inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) ga ajratish
mumkin.
Bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tish sakrash yo‘li bilan amalga
oshadi.
Sakrash iima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan miqdor
o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlarga o‘tish jarayonini anglatadigan falsafiy
tushunchadir. Sakrash taraqqiyotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez
o‘tadigan shakldir.
Xulosa.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi haqida O‘rta Osiyo
mutafakkirlarining asarlarida ham ko‘pgina ma’lumotlar mavjuddir. Al-Xorazmiy,
al-Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bekning matematika, algebra, astronomiya,
geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga oid asarlarida miqdor (son), sifat
o‘rtasidagi aloqadorlik va uning hayotiy ahamiyati haqida batafsil tavsiflar
berilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Falsafa T.: Sharq,1999
2. Falsafa. T.: Sharq, 2005.
3. Falsafa asoslari. T.: Sharq, 2005
4. Falsafa. T.: UFMJ, 2006


Elektron ta’lim resurslari:


1. http://www.philosophy.ru.
2. http://www.filosofia.ru.
3. http://www.falsafa.dc.uz.
4. http://www.phenomen.ru.
http://genderi.org/
Yüklə 446,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə