Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi dasturlash tillari Reja



Yüklə 3,63 Mb.
səhifə5/10
tarix29.11.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#139687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MOBIL ILOVA YARATISH

T hunkable – mobil ilovalar uchun vizual rivojlanish muhiti. “Vizual” so‘zi funksiya va o‘zgaruvchilarni aks ettiruvchi vizual bloklar bilan dasturlashni anglatadi.
Uning 2 ta asosiy komponenti mavjud:
1) dizayner: ekranga turli xil foydalanuvchi interfeysi komponentlarini qo‘shish orqali dasturning foydalanuvchi interfeysini yaratish imkonini beradi, masalan, tugmachalar, matn maydonlari, GoogleMaps kabilar;
2) bloklar: Thunkableda Scratchga o‘xshash bloklarga asoslangan dasturlash tili mavjud. Bu yangi boshlovchilar uchun dasturlashdan foydalanishni osonlashtiradi, ammo tajribali ishlab chiquvchilar foydalanishi uchun yetarli emas.
Thunkable App Inventor kabi dasturlash muhitlariga o‘xshash tarzda onlayn ishlaydi. Bundan tashqari, bloklardan foydalangan holda vizual dasturlashdan foydalaniladi. Agar istasangiz, masalan, Web Viewer komponenti bilan ishlashda matnli dasturlashdan foydalanishingiz ham mumkin. Ilovani yaratish, nomini o‘zgartirish, nusxalash, o‘chirish va jonli ko‘rish bilan bir qatorda, uni App Storeda nashr etish mumkin.
Dasturlash muhitining funksionalligi va Thunkableda dasturlarni yaratish qobiliyati Android uchun kodli dasturlash muhitlaridan sezilarli darajada past, ammo ko‘plab vizual va novizual komponentlari yordamida sodda mahalliy va gibrid dasturlar yaratish mumkin.



A pp Inventor (App dastur uchun qisqartirilib, dastur deya tarjima qilingan; Inventor ixtirochi sifatida tarjima qilingan) – dasturlash bo‘yicha ko‘p bilim talab qilmaydigan vizual dasturlash muhiti. Dastur dastlalb Google Labs tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik esa Massachusets Texnologiya Institutiga topshirilgan.
App Inventor Android ilovalarni yaratish uchun bulutli texnologiyaga asoslangan visual dasturlash muhiti hisoblanadi. Dasturlarni qurish dastur kodlari bloklari yordamida vizual rejimda amalga oshiriladi. App Inventor veb-muhitda ishlaydi. Bu esa ishni ancha soddalashtiradi, chunki kompyuter resurslaridan deyarli foydalanilmaydi (lekin muhitga kirish uchun Internet bo‘lishi lozim). Shuningdek, Java dasturlash tili va Android SDKni bilish talab qilinmaydi. Kompyuterga hech qanday dasturni o‘rnatishi shart emas, faqat Google Chrome brauzerida ai2.appinventor.mit.edu manzili orqali muhitni ishga tushirish mumkin.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə