Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi dasturlash tillari Reja



Yüklə 3,63 Mb.
səhifə6/10
tarix29.11.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#139687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MOBIL ILOVA YARATISH

App Inventordan foydalanish uchun Google akkaunt zarur. Agar Googleda akkaunt mavjud bo‘lmasa, unda ish boshlashdan oldin siz akkaunt yaratishingiz va avtorizatsiya qilishingiz lozim. Shundan so‘ng App Inventor dasturi hamda barcha saqlangan loyihalar bilan istalgan kompyuterda ishlash imkoniyati yaratiladi.
Ilovalarni yaratish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich – foydalanuvchi interfeysini loyihalash;
ikkinchi bosqich – ilovalarni dasturlash (ko‘rsatmalar yaratish).

3. MOBIL ILOVALAR YARATISH MUHITI
Mobil ilovalar yaratish texnologiyalari va vositalari, ularning eng mashhurlari bizga ma’lum. Endi esa foydalanuvchi uchun qulay, sodda va qiziqarli bo‘lgan App Inventor mobil ilovalarini yaratish muhiti bilan kengroq tanishib chiqamiz.
App inventor interfeysi
App Inventor dasturlash muhiti sodda va ixcham interfeysga ega bo‘lib, foydalanuvchi muhit bilan ishlash davomida interfeys bilan muammolarga duch kelmaydi. Barcha dasturlarda bo‘lgani kabi App Inventor muhitida ham menyular satri mavjud:

Projects – loyihalarni boshqarish (yaratish, import, eksport qilish va h. k.) (1);
Connect – loyihani ishga tushirish uchun emulyator yoki qurilmaga ulanish (2);
Build – loyiha natijasi (ilova)ni yaratish (3);
Settings – muhit parametrlarini sozlash (4);
Help – muhitda ishlash bo‘yicha qo‘llanmalar (5);
Мy projects – mening loyihalarim bo‘limi (6);
View trash – savatchani ko‘rsatish (7);
Guide – muhitning asosiy kutubxonasiga o‘tish (8);
Report an issue – muammolar haqida xabar berish uchun chatga o‘tish (9);
English – til sozlamalari (odatda, English belgilangan bo‘ladi) (10);
Sign out – akkauntdan chiqish (11).
Menyular satridan so‘ng tezkor tugmachalar joylashgan:
Start new project – yangi loyiha yaratish (12);
Move To Trash – keraksiz loyihani savatchaga tashlash (13);
View Trush – savatchani ko‘rish (14);
Login to Gallery – loyihalar galereyasiga kirish (15);
Publish to Gallery – loyihani galereyada namoyish etish (16).
Tezkor tugmachalardan keyingi o‘rinda loyihalar ro‘yxati joylashgan bo‘lib, unda muhitda yaratilgan loyihalar nomi, yaratilgan va qayta ishlangan sanalari ko‘rsatiladi (17).
App Inventor muhiti ishga tushganidan so‘ng foydalanuvchi “Start new project” tezkor tugmachasi orqali yangi loyiha yaratishi yoki loyihalar ro‘yxatidan avval yaratilgan loyihani ishga tushirishi mumkin.
App Inventor dasturlash muhiti 2 ta rejimda ishlashi mumkin:
1) dizayner rejimi;
2) bloklar rejimi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə