Mavzu: Modal so’zlar va ularning ma’no hamda grammatik xususiyatlari, sintaktik vazifalari.
Modal so`zlar – ifodalanayotgan fikrga so`zlovchining turli munosabatlarini (ishonch, gumon, achinish)ni bildiruvchi so`zlardir. Modal so`zlar – ifodalanayotgan fikrga so`zlovchining turli munosabatlarini (ishonch, gumon, achinish)ni bildiruvchi so`zlardir.
Modal so`zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar: 1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so`zsiz 4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o`z-o`zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to`g`ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.
2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so`zlar: 1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog`i; 2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki; 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan. 3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan. 4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan 5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom
6. Achinish: afsus, attang, esiz. 6. Achinish: afsus, attang, esiz. 7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim. 8. Quvonch: xayriyat. 9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo`q.
Modal so`zlarning ko`pchiligi mustaqil so`zlardan o`sib chiqqan. Masalan: 1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to`g`ri, so`zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) bog`lovchidan:
5) so`z birikmasidan: har qalay, har holda; 5) so`z birikmasidan: har qalay, har holda; 6) gapning modal so`zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so`z tushirish natijasida hosil bo`lgan: o`z-o`zidan (aniq so`zi tushib qoladi).
Modal so`zlar sof va vazifadosh modal so`zlarga bo`linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so`zlari sof modal so`zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo`llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so`zlar vazifadosh modal so`zlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |