Mavzu: Moliyaviy hisobotni taqdim etish



Yüklə 19,38 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü19,38 Kb.
#126756
2-amaliy mashg\'ulot


Mavzu: Moliyaviy hisobotni taqdim etish
Reja : 2.1.Moliyaviy hisobotni taqdim etish MHXSning maqsadi, ahamiyati va qo‘llanish sohasi.
2.2.Tashkilotning oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlari.
2.3.Boshqa tashkilotlarning moliyaviy hisoboti bilan qiyoslanishini taʼminlash maqsadida umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotni taqdim etish asoslarini belgilab berilishi.
Tayanch so’z atamalar
Investitsion faoliyat - uzoq muddatli aktivlarning hamda pul ekvivalentlariga kirmaydigan boshqa investitsiyalarning sotib olinishi va chiqib ketishi.
Jami umumlashgan daromad – bu kapitaldagi davr mobaynida operatsiyalar va boshqa hodisalar natijasida yuzaga keladigan o’zgarish bo’lib, mulk egalari bilan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi operatsiyalardan yuzaga keladigan o’zgarishlar bundan mustasnodir.
MHXS bo’yicha birinchi hisobot davri - Tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng oxirgi hisobot davri.
MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobot - Tadbirkorlik sub’ektining MHXSlarga o’tish sanasiga bo’lgan moliyaviy holat to’g’risidagi hisoboti.
MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlar - Tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarga muvofiqlik to’g’risida aniq va shartsiz bildirib Moliyaviy Hisobotlarning Xalqaro Standartlari (MHXSlar)ni qo’llagan birinchi yillik moliyaviy hisobotlar.
Moliyaviy faoliyat - xo’jalik sub’ektining qo’yilgan kapitali va qarz mablag’larining miqdori va tarkibidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi faoliyat.

Moliyaviy hisobotlar - xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan holda ifodalanishidir.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) – bu Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari Kengashi (MHXSK) tomonidan chiqarilgan Standartlar va Sharhlardir.
Mulk egalari – bu ulushli instrumentlar sifatida tasniflangan instrumentlarning egalari.
Oldingi BHUT - MHXSlarni birinchi marta qo’llaydigan tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarni qabul qilishidan bevosita oldin qo’llagan buxgalteriya hisobining asosi.
Operatsion faoliyat - xo’jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyati hamda investitsion va moliyaviy faoliyat hisoblanmagan boshqa faoliyat
turlari.
Pul mablag’lari - naqd pul va talab qilib olguncha depozitlarni o’z ichiga
oladi.
Pul mablag’larining ekvivalentlari - belgilangan summadagi pul
mablag’lariga oson aylantiriladigan va qiymatining o’zgarishi jihatidan sezilarsiz darajadagi hatarga ega bo’lgan, qisqa muddatli va yuqori likvidli investitsiyalardir.
Pul oqimlari - pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining kirimi va chiqimi.
Qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlar – bu joriy yoki oldingi davrlardagi boshqa umumlashgan daromadda tan olingan, lekin joriy davrda foyda yoki zarar sifatida qayta tasniflangan summalar.
Restrospektiv qo’llash - yangi hisob siyosatini operatsiyalar, boshqa hodisalar va vaziyatlarga nisbatan ushbu siyosat oldin ham har doim qo’llanilganidek tarzda qo’llash.
Retrospektiv qayta hisoblash - moliyaviy hisobotlardagi elementlar summalarinining tan olinishi, baholanishi va oshkor qilinishini oldingi davrda xatoga hech qachon yo’l qo’yilmaganidek tarzda tuzatish.
Shartli tannarx - berilgan sanaga tannarxning yoki amortizatsiyalangan qiymatning o’rnini bosuvchi summa.


Mavzu buyicha savollar:

  1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning
    maqsadi

  2. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning tavsifi


Yüklə 19,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə