Mavzu: Motronik tizimidagi yonilg'i purkash asboblarini tashxislash



Yüklə 143 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü143 Kb.
#153338
1   2
Motronik tizimidagi yonilg\'i purkash asboblarini tashxislash

Majburiy salt ishlash ekonomayzerining elektron boshqarish tizimi (MSIEEBT)

Avtomobil shahar sharoitida harakatlanganda 18-25% vaqt davomida dvigatel majburiy salt ishlaydi. Masalan, avtomobil dvigatel yordamida tormozlanganda, uzatma o„zgartirilayotgan vaqtda, avtomobil o„z inersiyasi bilan harakatlanganda va hokazo. Bu hol- larda karburatorni drossel to„siqchasi to„liq yopiq (yonilg„i uzatish bosqich to„liq qo„yib yuborilgan), dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi esa salt ishlashdagidan yuqori bo„ladi. Majburiy salt ishlash rejimida dvigateldan quvvat berish talab qilinmaydi, shuning uchun silindrlarga uzatilayotgan yonilg„i foydali ishlatilmaydi va uni yonishi atrof-muhitning yanada ko„proq ifloslanishiga olib keladi.
MSIEEBT dvigatel majburiy salt ishlaganda yonilg„ini uzatilishini to„xtatish uchun xizmat qiladi. Bu tizim joriy qilinishi yonilg„ini 2...3% ga tejash va chiqindi gazlardagi zaharli moddalarni miqdorini 15...30% ga kamaytirish imkoniyatini beradi.

7.4-rasm. MSIEEBTning tarkibiy sxemasi


MSIEEBT quyidagicha ishlaydi (7.4-rasm). Majburiy salt ishlash rejimini aniqlash uchun dvigatel tirsakli valini aylanish chastotasi, drossel to„siqchasining holati datchiklari xizmat qiladi.
MSIEEBTni ishlashi uchun quyidagi shartlar bir vaqtni o„zida bajarilishi kerak:

  • dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi ma‟lum belgilangan qiymatdan yuqori bo„lishi kerak;

  • drossel to„siqchasi to„la yopilgan bo„lishi kerak;

  • sovitish tizimidagi suyuqlik temperaturasi 650C dan yuqori bo„lishi kerak.

Oxirgi shart sovuq dvigatel qizdirilayotganda, uni salt ishlashdagi aylanishlar chastotasi belgilangan qiymatdan baland bo„ladi va bu hol MSIEEBT tomonidan majburiy salt ishlash rejimi sifatida qabul qilinishi va yonilg„i uzatilishini to„xtatib qo„yilishi bilan bog„liq.
Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi haqidagi signal sifatida o„t oldirish g„altagining bilamchi chulg„amidan olingan signal ishlatiladi. Drossel to„siqchasining holati datchigi sifatida karburatorga joylashtirilgan mikro almashlab-ulagich ishlatiladi. Agar drossel to„siqchasi ochiq bo„lsa almashlab-ulagich kontaktlari tutash, yopiq bo„lsa - uzilgan bo„ladi.
Majburiy salt ishlash rejimi vujudga kelsa, elektron blok elektromagnit klapanga yopilish haqidagi boshqaruv signalini beradi va karburatorni salt ishlash tizimi orqali dvigatelga yonilg„i uzatilishi to„xtatiladi. Majburiy salt ishlash rejimi tugab drossel to„siqchasi ochilsa yoki tirsakli valning aylanish chastotasi ortib ma‟lum qiymatga yetganda elektron blok el- ektromagnit klapanni ochadi va karburatorni salt ishlash tizimi orqali yana yonilg„i uzatila boshlaydi.

7.5-rasm. MSIEning elektron boshqarish blokining umumiy sxemasi:


A1 va A2 - komparatorlar, S1- mikro o’chirgich, 1- o’t oldirish g’altagi, 2 - pnevmoklapan, X1, X2, X4, X5, X6 - MSIEni boshqarish blokining chiqish qisqichlari

7.5-rasmda majburiy salt ishlash ekonomayzeri elektron boshqarish blokining umumiy sxe- masi keltirilgan. Elektron boshqarish bloki ikkita kuchlanish komparatori, teskari aloqa zanjiri va nosimmetrik triggerdan iborat. Blok quyidagicha ishlaydi. O‟t oldirsh tizimidagi uz- gichdan kelayotgan signal mikrosxema A1 kirish qisqichi 4 ga uzatiladi. Mikrosxema A1 ning chiqish joyida (qisqich 3) davomiyligi doimiy bo‟lgan impulslar shakllanib, ularni qaytarilish chastotasi kirish signalining chastotasiga mos buladi. VT1 va VT2 tranzistorlar kalit vazifasini bajarib, ular A1 mikrosxemaning chiqish joyida impulslar vujudga kelganda vaqt belgilovchi kondensator C1 ni zaryadsizlanishini ta‟minlaydi. Impulslarni vujudga kelishi oraligidagi vaqt davomida kondensator C1 - R1 va R2 rezistorlar orqali zaryadlanadi. Kirish signali chastotasi kamayishi bilan C1 kondensatorning zaryadlanish mumkin bo‟lgan kuchlanishning maksimal qiymati ortib boradi.


VT3 va VT4 tranzistorlar chegaraviy element vazifasini bajaradi. Kondensator C1 dagi kuchlanish 8 V dan (tayanch kuchlanish) ortishi bilan bu tranzistorlar ochiladi. Shunday qilib, kirish signal chastotasi ulanish chegarasidan kam bo‟lganda, kondensator C1 chegaraviy ele- mentning tayanch kuchlanishidan ortiqroq qiymatga ega bo‟lgan kuchlanishgacha zaryadlanib ulguradi. Bunda, VT3 va VT4 tranzistorlar ochiladi va mikrosxema A2 orqali VT6 tranzistor bazasiga yuborilgan signal ta‟sirida VT6 tranzistor ochiladi. Bu esa, o‟z navbatida VT8 tran- zistorini ochilishi va shtekker X6 orqali elektromagnit klapan 2 ga kuchlanish uzatilishini ta‟minlaydi. Shtekker X5, drossel to‟siqchasi holati datchigi S1 kontaktlari orqali, «massa» bilan ulanganda (ya‟ni drossel to‟siqchasi yopiq holat) elektromagnit klapanga uzatilayotgan kuchlanish kirish signali chastotasiga bog‟liq ravishda o‟zgaradi. Shtekker X5 «massa» dan ajratilsa (ya‟ni drossel to‟siqchasi ochilsa) tranzistor VT7 yopiladi, VT5 tranzistor esa ochi- ladi. Bu chiqish tranzistori VT8 ni ochilishiga va tok manbaining musbat qutbini (kirish sig- nali chastotasidan qat‟iy nazar) elektromagnit klapaniga ulanishiga va karburatorni salt ishlash naychasini ochilishiga olib keladi.
Shunday qilib, majburiy salt ishlash rejimida, ya‟ni tirsakli valning aylanishlar chastotasi, elektron boshqarish blokining komparatorini ishga tushish chegarasidan yuqori bo‟lganda el- ektromagnit klapanga tok kelmaydi va dvigatelga yonilg‟i uzatilmaydi.
Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə