Mavzu: Motronik tizimidagi yonilg'i purkash asboblarini tashxislash



Yüklə 143 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü143 Kb.
#153338
  1   2
Motronik tizimidagi yonilg\'i purkash asboblarini tashxislash


Mavzu:Motronik tizimidagi yonilg'i purkash asboblarini tashxislash
Yonilg„i purkash tizimlari ma‟lum rivojlanish bosqichlarini bosib o„tdi. 1949 yilda BOSCH (Germaniya) firmasi yaratgan to„la mexanik purkash tizimi K-Jetronic nomi bilan mashhur bo„ldi. Keyinchalik bu tizim ancha takomillashtirildi, u qisman elektron blok yordamida boshqarildi (KE-Jetronic). Yonilg„i purkash tizimlari taraqqiyotining keyingi bosqichlari ularda elektron va mikroprotsessorli boshqarish usullarini juda keng ko„lamda joriy qilinishi bilan tavsiflanadi. Mono-Jetronik, L-Jetronic, LH-Jetronic rusumli purkash tizimlari shular jumlasidandir. Bu tizimlarda dvigatelning barcha rejimlaridagi yonilg„i purkash jarayonlari elektron blok yordamida boshqariladi. Oxirgi vaqtda ko„pchilik zamonaviy avtomobil dviga- tellari jihozlanayotgan Motronic purkash tizimida yonilg„i purkash va o„t oldirish jarayonlari birgalikda boshqariladi. Bu dvigatelga o„rnatiladigan datchiklar sonini ancha kamaytirish, uning mexanik tavsifnomasini yaxshilash, tejamkorligini oshirish, ishga tushirish va sovuq dvigatelni qizdirish jarayonlarini yengillashtirish imkonini beradi.
Yonilg„i purkashning elektron boshqarish tizimlari quyidagi prinsip bo„yicha ishlaydi. El- ektr yonilg„i nasosi taqsimlash quvurida yonilg„ini taxminan 0,2 mPa doimiy bosim bilan ush- lab turganligi sababli, silindrlarga purkaladigan yonilg„ining miqdori elektromagnit forsunkani (injektorni) ochilib turish vaqti bilan belgilanadi. Elektron boshqarish tizimi injektorlarni och- ilib - yopilishini, ya‟ni yonilg„ini silindrlarga majburiy purkash impulsining davomiyligini drossel to„siqchasini ochilish burchagi, tirsakli valning aylanish chastotasi, sovituvchi suyuqlik harorati va kiritish quviridagi absolyut bosimga bog„liq ravishda boshqaradi. Purka- lishi zarur bo„lgan yonilg„i miqdori haqidagi ma‟lumot ikki raqamli kod ko„rinishida doimiy xotira qurilmasida (DXQ) saqlanadi. Elektron boshqarish bloki datchiklardan kelayotgan ma‟lumot asosida, DXQ dan zarur kodni tanlab olib, unga mos keladigan miqdordagi yonilg„ini dvigatelning kiritish klapanlari atrofiga purkalishini ta‟minlaydi.
Benzinli dvigatellarda yonilg„i purkalishini elektron boshqarish tizimining tarkibiy sxe- masi 7.1-rasmda ko„rsatilgan.
Taqsimlagich 2 ga o„rnatilgan qo„shimcha kontaktlar dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi haqidagi ma‟lumotlarni impuls signal sifatida shakllantiradi. Bu signal ana- log-raqamli o„zgartirgich (ARO„) 5 ga uza-

7.1-rasm. Benzinli dvigatellarda yonilg„i purka- lishini elektron boshqarish tizimining tarkibiy sxemasi
tiladi va raqamli kod ko„rinishiga keltiriladi.
Drossel to„siqchasining holatini belgilovchi datchik 1 dan kelgan signal ikkinchi ARO„ 4 yordamida raqamli kodga aylantiriladi.

Takt generatori 3 ARO„ ishlashi uchun zarur bo„lgan doimiy chastotali impulslarni shakllantirib beradi.
Raqamli kod shaklidagi aylanishlar chastotasi va drossel to„siqchasining holati haqidagi signallar EBT ning doimiy eslab qolish qurilmasi 6 ga uzatiladi. DXQ da dvigatel aylanish chastotasi va drossel to„siqchasini ochilish burchagiga bog„liq ravishda elektromagnit klapan ochilish vaqtini belgilovchi raqamli signal hosil qilinadi va mikroprotsessor 7 ga uzatiladi.
Mikroprotsessor 7 DXQ dan kelgan signalni zarur yonilg„i miqdoriga pro- porsional bo„lgan injektorlarni ochilib turish vaqtining davomiyligi ko„rinishiga o„zgartiradi. Taqsimlagich 2 bilan bog„liq bo„lgan sinxronizatsiya moslamasi 10 yonilg„ini dvigatel ish jarayonining tegishli nuqtasida purka- lishini ta‟minlaydi va kiritish quvirining devorlarida o„tirib qola-


Yonilg„i purkashning elektron boshqarish tizimi o„t olish va yonish jarayoniga ta‟sir qiluvchi ko„p omillarni hisobga oladi va yonilg„i uzatilishini murakkab bog„lanishlar orqali amalga oshiradi. Bu dvigatelning ancha tejamli ishlashini ta‟minlaydi. Shu bilan birga tuzilishining murakkabligi va unga xizmat ko„rsatish uchun yuqori malakali mutaxassislar zarurligi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yonilg„i purkashni boshqarish tizimlarida optimal boshqarish prinsipiga asoslangan sistemalar keng joriy qilinmoqda. Bu prinsipning mazmuni shundan iboratki, yonilg„i purkash jarayoni mikroprotsessor shakllantirayotgan boshqaruv signalini dvigatelning ekspluatatsion tavsifnomasiga ko„rsatayotgan ta‟sirini baholash asosida amalga oshiriladi.
Optimallashtiruvchi omillar sifatida, odatda, yonilg„i sarfi, chiqindi gazlarning zaharliligi va dvigatelning tortish tavsifnomalari ishlatiladi. Lekin bu parametrlarni bir vaqtning o„zida op- timallashtirish imkoniyati yo„q.
Shuning uchun dvigatelning maksimal quvvati yonilg„i aralashmasini boyitish, tejamliligi esa uni suyiltirish yo„li bilan amalga oshiriladi.
Chiqindi gazlar zaharliligining eng past qiymati yonilg„i tarkibi - stexiometrik tarkibga, ya‟ni yonilg„i va havoning nisbati 1:14,7 ga yaqin bo„lganda ta‟minlanadi. Shuning uchun amalda ishlatilayotgan va optimal boshqarish prinsipiga asoslangan yonilg„i purkash tizim- larida teskari aloqa parametri sifatida chiqindi gazlarning kimyoviy tarkibi olinadi. Chiqindi gazlarning tarkibini aniqlash uchun kislorod datchigi (-zond) ishlatiladi. Bu datchik dvigatelning chiqarish kollektoriga o„rnatilib u chiqindi gazlar tarkibidagi kislorodning miqdoridan ta‟sirlanadi. Kislorod miqdorini havoning ortiqlik koeffitsientiga proporsional- ligidan foydalanib yonilg„i-havo aralashmasining holati aniqlanadi.
Yonilg„i-havo aralashmasi tarkibining teskari aloqa yordamida boshqarish tizimin- ing sxemasi 7.2-rasmda keltirilgan. 3 kom- ponentli katalitik neytrallagich 12 yordami- da chiqindi gazlardagi zaharli moddalar SO, NS va NO dan yuqori darajada toza- lanishini ta‟minlash uchun dvigatelni turli rejimlarida havoni ortiqlik koeffitsientini aniq rostlab, yonilg„i aralashmasini tarkibi- ni stexiometrik nisbatga maksimal yaqin- lashtirish zarur. Chiqarish kollektoriga o„rnatilgan kislorod datchigi 13 ( - zond) yordamida chiqindi gazlar tarkibidagi kislo- rod miqdori aniqlanadi va bu signal el-

7.3-rasm. Neksia avtomobil dvigatellaridagi ko„p nuqtali yonilg„i purkash tizimining umumiy sxemasi. 1-relelar bloki, 2-havo tozalagich, 3-kiritish quviridagi absolut bosim datchigi, 4-salt yurishda yonilg‘i aralashmasining tarkibini rostlash vinti, 5-drossel to‘siqchasi, 6-salt aylanish klapani, 7-o‘t oldirish kaliti, 8- silindrlar bloki, 9-yonilg‘i filtri, 10-injektor, 11-o‘t oldirish shamlari, 12-elektr yonilg‘i nasosi, 13-yonilg‘i baki, 14-bosim rostlagichi, 15-yonilg‘i taqsimlash quviri, 16-kiritish klapani, 17-sovitish suyuqligining harorati datchigi, 18-datchik-taqsimlagich, 19- elektron boshqarish bloki
ektron boshqarish blokiga (EBB) uzatiladi. Agar yonilg„i aralashmasining tarkibi stexi- ometrik nisbatdan farq qilsa, EBB dvigatelga uzatilayotgan yonilg„i miqdorini o„zgartirish hisobiga yonilg„i aralashmasi tarkibini stexiometrik tarkibga yaqin- lashtiradi. O„zDEUavto qo„shma korx- onasining Neksia rusumli avtomobil dviga- tellari ham taqsimlangan ko„p nuqtali el- ektron boshqariladigan yonilg„i purkash tizimi bilan jihozlangan.(7.3-rasm).

Unda yonilg„i purkash va o„t oldirish jarayonlarini bitta elektron bloki boshqaradi.



Neksia avtomobili yonilg„i purkash tizimining o„ziga xos tomonlaridan biri unda havo sarfini o„lchash uchun qimmatbaho va murakkab termoaneomometrik havo o„lchagich o„rniga nisbatan arzon bo„lgan havoning absolut bosimi datchigi ishlatilgan. Bu datchik kiritish quviriga joylashtirilgan bo„lib undan kelgan ma‟lumot asosida elektron boshqarish bloki dvigatelning aynan shu daqiqadagi ish rejimi uchun zarur bo„lgan yonilg„i miqdorini aniqlaydi va injektorlarga boshqaruvchi signal yuboradi.




      1. Yüklə 143 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə