Mavzu: mtt bolalarining moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalari



Yüklə 26,58 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü26,58 Kb.
#151107
1   2   3   4
MTT bolalarining moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalari

Ijtimoiy ta’lim (o’qitish)- bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish, ijtimoiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayon ijtimoiy ta’lim (o’qitish) deb ataladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va o’rinlar, o’zini tutish me’yor va qoidalari haqida ko’pgina bilimlarni o’zlashtiradi. U shuningdek, integratsiyasi va jamiyatga kirishga yordam beradigan turli xil malaka va ko’nikmalarni egallaydi.
Agar normal oilada normal bola (jismonan va psixik sog’lom) tug’ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlarga ko’ra sodir bo’ladi. Bola avval jismoniy makonni o’zlashtiradi, unda yo’lini topishga o’rganadi: emaklash, o’tirish, yurish, yugurish va h.k. So’ng u ko’chani o’zlashtiradi. Bola yaqin kishilarni ajratadi (otani, onani, aka-ukalarini), o’z ismiga egaligiga o’rganadi, unga javob berishni boshlaydi, bolada ijtimoiy xush ko’rishlar, his-tuyg’ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishida nutq katta ahamiyatga ega. Xalq ruhi xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o’tadi. Tilda xalq tarixi, xarakteri, urf-odatlari, an’analari saqlanib qoladi. Tilni o’zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy ana’analarni ham o’zlashtiradi.Eng muhim bo’lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o’yinlarda sodir bo’ladi. O’yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi, “ota-onalar”ni o’ynaydi.
Agar bola jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug’ilsa, unda ijtimoiy tajribani o’zlashtirish ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug’ilsa, unda bolaning ijtimoiy tiklanishi ko’p holda bunga tayyor bo’lmagan ota-onalar zimmasiga tushadi. Bola o’zi uchun zarur bo’lgan muhitdan tashqarida, masalan, chaqaloq uyida, so’ngra bolalar uyida tarbiyalansa boshqa gap. Bu holda ba’zi bir ijtimoiy rollarni tabiiy yo’l bilan o’zlashtirish bo’lmaydi; ota, ona, aka-uka, boshqa qarindoshlar. Bunday hollarda bolalarda muayyan bir bilim va malakalarni shakllantirishga imkon beradigan, ular bilan ijtimoiy tajribani o’zlashtirilishiga va jamiyatda ularning integratsiyasiga yordam beradigan maxsus metodika va texnologiyalar mavjud bo’lishi kerak.
Maktabda o’qitish jarayonida bola avvalambor akademik bilimlarni oladi. Biroq shu bilan birga uni ijtimoiy me’yorlarni, ko’rsatmalarni, qadriyatlarni, rollarni yanada muvaffaqiyatli o’zlashtirilishini ta’minlaydigan ma’lum bir ijtimoiy bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashi lozim.
Bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish va ijtimoiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayoni ijtimoiy o’qitish deb ataladi.

Yüklə 26,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə