Mavzu: mustaqillik yillarida qoraqalpog‘iston respublikasi reja: 1



Yüklə 96,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü96,61 Kb.
#162290
1   2   3   4   5   6   7
12 Mavzu

3.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta'lim, fan va madaniyat. 


Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta'lim maktabi, 405 ta maktabgacha 
ta’lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta'lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar 
sport maktabi) faoliyat kо‘rsatmoqda. 
Istiqlol yillarida Respublikada oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashga ham alohida 
e'tibor qaratildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universitetida bugungi 
kunda 33 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo‘yicha esa 
magistrlar tayyorlanmoqda. О‘ziga xos tarixga ega bо‘lgan Ajiniyoz nomli Nukus 
Davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. О‘lkada 
sog‘liqni saqlash sohasidagi kadrlarni tayyorlash borasida ham muayyan ijobiy 
о‘zgarishlar yuz berdi. Respublika sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot 
xodimlariga bо‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991-yilda Nukusda Toshkent 
Pediatriya tibbiyot institutining Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etildi. Bugungi kunda 
Respublikada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar 
universiteti va San’atshunoslik institutlarining Nukus filiallari ham faoliyat 
yuritmoqda. 
Istiqlol yillarida fan sohasida ham sezilarli о‘zgarishlar bо‘ldi. 1992-yilda 
О‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq filialiga О‘zbekiston 
Respbulikasi FAning Qoraqalpoq bо‘limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta 
institut mavjud bо‘lgan bо‘lsa, yana ikkita institut qо‘shildi. “Tarix, arxeologiya va 
etnografiya” hamda “Bioekologiya” institutlari ham shu bо‘lim tarkibiga kirdi. 
Botanika bog‘i bо‘linmasiga esa bо‘lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar 
Akademiyasi tarkibiga О‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba 
instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi. 
Qoraqalpoq tilida erishilgan yutuqlar hamda tо‘rt jildlik “Qoraqalpoq tilining 
izohli lug‘ati”ni yaratishdagi xizmatlari uchun Fanlar Akademiyasining 4 nafar ilmiy 
xodimi (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, T.Tо‘raboyev, D.Qozoqboyev) 1996-yilda 
О‘zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar. 
Qoraqalpog‘iston Jо‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining “Erkin 
Qoraqalpog‘iston”, 
“Qoraqalpog‘iston 
xabarlari” 
gazetalari, 
yozuvchilar 
uyushmasining 
“Amudaryo” jurnali, “Respublika Fanlar Akademiyasining 
Qoraqalpoq bо‘limi xabarlari” ilgarigidek muntazam chiqarilmoqda. 1991-yildan 
respubikada hukumatga qarashli bо‘lmagan “Orol qizlari” jumali chop etila boshladi. 
Istiqlol yillarida Nukus shahrining 60 yilligi, Tо‘rtkо‘l shahrining 120 yilligi, 
Ajiniyoz Qosiboy о‘g‘lining 170 yilligi keng nishonlandi. 

Yüklə 96,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə