Mavzu: Nogironlarning xalqaro tasnifini ishlab chiqish evolyusiyasi Reja



Yüklə 38,78 Kb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü38,78 Kb.
#152074
1   2   3   4   5   6   7   8
BMTning konvensiyasi.

Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya Bosh Assambleyaning 2006 yil 13 dekabrdagi 61/106 rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan. Muqaddimasida Ushbu Konventsiyada ishtirok etuvchi davlatlar,
a) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida e’lon qilingan insoniyat oilasining barcha a’zolariga xos qadr-qimmat va qadriyatlar hamda ularning teng va ajralmas huquqlari printsiplari ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi deb e’tirof etilishini eslatib,
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiva Inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro paktlarda har bir inson ushbu hujjatlarda ko’zda tutilgan huquqlar va erkinlik-larga hech qanday tafovutsiz egalik qilishini e’lon qilganligi va mustahkamlab qo’yganligini tan olib,
s) insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarining yalpiligi, ajralmasligi, o’zaro bog’liqligi va o’zaro aloqadorligini, shuningdek nogironlarga ulardan kamsitilmasdan to’la foydalanish kafolatlanishi zarurligini tasdiqlab,
d) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi xalqaro Konventsiya, Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi Konventsiya, Qiynoqqa solish va shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan boshqa muomala va jazolashga qarshi Konventsiya, Bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiya va Barcha muhojir mehnatkashlar va ular oilalari a’zolarining huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi xalqaro Konventsiyaga havola qilib,
e) nogironlik — bu tadrijiy rivojlanib boruvchi tushuncha, nogironlik buzilgan salomatlik hamda munosabat va muhit to’siqlari o’zaro munosabatlari natijasi bo’lib, va bu ularning jamiyat hayotida boshqalar bilan teng va samarali ishtirok etishiga halaqit berishini tan olib,
f) Nogironlarga nisbatan jahon harakat dasturiva Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash standart qoidalarida qayd etilgan printsiplar va dasturamal mo’ljallar nogironlarga yanada teng imkoniyatlarni ta’minlash uchun milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalardagi strategiyalar, rejalar, dasturlar va tadbirlarni rag’batlantirish, rasmiylashtirish va baholashga ta’siri nuqtai nazaridan muhimligini tan olib,
g) nogironlik muammolarini barqaror rivojlanish strategiyasining tegishli tarkibiy qismlari sifatida dolzarblashtirish muhimligini ta’kidlab,
h) shuningdek, har qanday shaxsni nogironlik belgisi bo’yicha kam-sitish inson shaxsiga xos qadr-qimmatni xo’rlash ekanligini tan olib,
i) shundan keyin nogironlikning ko’p turliligini tan olib,
j) barcha nogironlarning, shu jumladan faolroq qo’llab-quvvatlashga muhtoj bo’lganlarning huquqlarini rag’batlantirish va himoya qilishning zarurligini tan olib,
k) ushbu turli hujjatlar va tashabbuslarga qaramasdan nogironlar jamiyat hayotida teng huquqli a’zolar sifatida ishtirok etish yo’lida to’siqlarga duch kelishi davom etayotganligidan hamda jahonning barcha qismlarida ularning inson huquqlari buzilayotganligidan tashvishlanib,
l) har bir mamlakatda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda nogironlar turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik muhimligini tan olib,
m) nogironlarning mahalliy hamjamiyatlarning umumiy farovon-ligi va turfa xilligiga hozirgi va kelajakdagi qimmatli hissasini hamda nogironlar tomonidan o’zlarining inson huquqlari va asosiy erkinliklarini to’la amalga oshirishlariga yordam berish, shuningdek nogironlarning to’laqonli ishtirok etishi ularda daxldorlik tuyg’u-sini mustahkamlash va jamiyatning inson taraqqiyoti, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishish hamda qashshoqlikka barham berish imkonini berishini tan olib,
n) nogironlar uchun ularning shaxsiy mustaqilligi, shu jumladan o’z mustaqil tanlovining erkinligi muhimligini tan olib,
y) nogironlarning huquqlari va qadr-qimmatlarini rag’batlanti-rish va himoya qilish to’g’risidagi yalpi qamrovli va yaxlit Konventsiya nogironlarning abgor ijtimoiy ahvollariga barham berishga hamda ularning ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda fuqarolar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotda teng imkoniyatlarga ega bo’lgan holda ishtirok etishlarini kengaytirishga komil ishonchda,quyidagilarga rozi bo’lishdi.
Ushbu Konventsiyaning maqsadi barcha nogironlarning insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarini rag’batlantirish, himoya qilish hamda to’la va keng amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek ularga xos qadr-qimmatni hurmat qilishni rag’batlantirishdir.
Nogironlarga turli to’siqlar bilan o’zaro munosabatda ularning boshqalar bilan teng holda jamiyat hayotida to’la va samarali ishtirok etishiga halaqit beradigan barqaror jismoniy, psixik, intellektual yoki sensor buzilishlari bo’lgan shaxslar taalluqlidir.
“Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya”ni qabul qilishdan nogironlarga yanada teng imkoniyatlarni ta’minlash uchun milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalardagi strategiyalar, rejalar, dasturlar va tadbirlarni rag’batlantirish maqsadi ko’zlanganligini alohida ta’kidlash kerak.
O’zbekiston Respublikasi hukumati Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya”sini imzolagan. Mamlakatda nogironlarning barcha huquq va erkinliklarini ta’minlashning mustahkam huquqiy asoslari ham yaratilgan. 2008 yilda mamlakat parlamenti yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi Qonunni qabul qilganligi, 2011 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011–2015 yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va ular ijrosi sobitqadamlik bilan ta’minlanayotganligi — buning yaqqol dalolatidir.
.


  1. Yüklə 38,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə