Mavzu. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. Reja



Yüklə 21,61 Kb.
səhifə1/4
tarix17.01.2023
ölçüsü21,61 Kb.
#98721
  1   2   3   4
11-мавзу (1)


11-mavzu. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi.
Reja:
3.1. Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati. Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo‘lishini fransuz olimi A.Puankare ko‘rsatib o‘tgan edi. Xususan, u «Fanning o‘zida intuitsiya, agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo‘lishiga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb yozadi.
Ijodkorlikni amalga oshirish davrlari va uning bosqichlari to‘g‘risida boshqa olimlar ham bir necha bor o‘z fikrlarini bildirganlar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M. Born quyidagilarni yozadi: «… men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko‘rmayapman. Ayrim kriteriyalar bo‘yicha ko‘rsatilgan obraz to‘liq hisoblanib, unga xarakterli bo‘lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan oldindan aytish qisman ma’lum bo‘lgan hodisaning real obrazi o‘zining haqiqiyligidan farq qiladi, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa, uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo‘lsa-da, oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvaffaqiyati intuitsiyaga juda bog‘liqdir…». M.Born o‘z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi, boshqasi esa, shu kunga qadar aloqasiz bo‘lgan tajribalarning o‘zaro bog‘liqligi mavjud ekanligi haqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi.
Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Lever’elarning boshqa planetalar harakatida yuz bergan bir oz o‘zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muvofiq, Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M. Bornning aytishicha, bu erda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va toqatining ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga bo‘lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham, bu hol nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yo‘q; bu ma’lum bo‘lgan N’yuton mexanikasining qo‘llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi».
Ikkinchi tip ixtiroga A. Eynshteyn tomonidan aytilgan “Quyosh yaqinida yorug‘likning chetlanishi” kiradi. Bu inert va gravitatsion massaning praporsionalligi haqidagi muhim faktni sezish va M. Bornning ta’biricha, «tajriba natijalarining uzun zanjiridagi gigant sintez», deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi.
Dalil va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurishga yoki topishga o‘tishda, shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o‘tishda ilmiy intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Intuitsiya, uning mantiq bilan bog‘liqligi, ixtirochilik g‘oyalarining kelib chiqishida tutgan o‘rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo‘lib, uni hozirgacha to‘la hal qilinmagan deyish mumkin. Psixologik lug‘atda intuitsiya - "paydo bo‘lish yo‘llari va shartlari anglanmagan holda hosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko‘ra sub’ekt unga "bevosita yuzaga" kelgan natija sifatida ega bo‘ladi" deb ta’riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya tabiatini, uning hosil bo‘luvchi asosini o‘zida aks ettirmaydi va shu sababli uni to‘liq deb bo‘lmaydi. Bizning fikrimizga ko‘ra intuitsiya - bu sub’ekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.

Yüklə 21,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə