- kredit resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida banklarning davlat mablag‘lariga bo‘lgan qaramligini pasaytirish;
- xalqaro standartlar va ilg‘or tajribani qo‘llagan holda banklarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish;
- kreditlashning mo‘tadil darajada o‘sishini ta’minlash va kredit portfeli sifatini yaxshilash;
- bank nazoratini va banklarda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarini rivojlantirish, shu jumladan riskka asoslangan nazorat tizimini tatbiq etish ishlari amalga oshiriladi.
1.
Bank xizmatlari ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmaydigan (past
daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) qatlamning bazaviy bank xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirishni nazarda tutadi. Moliyaviy ommaboplik:
- Jahon banki bilan hamkorlikda moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq yo‘nalishlari va chora-tadbirlarini
belgilovchi
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
- davlat ishtirokini aholi va kichik biznes sub’ektlarining yetarlicha xizmat ko‘rsatilmaydigan va zaif qatlamlariga yo‘naltirish;
- mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida moliyaviy vositachilik ekotizimini rivojlantirish hisobiga ta’minlanadi.
9