Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi, boshqa kredit muassasalari va bank tizimini isloh qilish strategiyasi (davomi)


Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi



Yüklə 27,23 Kb.
səhifə3/5
tarix25.09.2023
ölçüsü27,23 Kb.
#123772
1   2   3   4   5
3-mavzu Word (4)

Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
-passiv operatsiyalar;
-aktiv operatsiyalar;
-bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
-BANKNING O‘Z MABLAG‘LARI HISOBIDAN AMALGA OSHIRADIGAN OPERATSIYALARI VA BOSHQA TURDAGI OPERATSIYALARNI BAJARADILAR.
Lombard tashkilotlari va mikrokredit tashkilotlarining tarkibi va vazifalari.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish UzR 20.09.2006 yildagi №53 sonli Mikrokredit tashkilotlari tugrisidagi Konunga asosan olib boriladi.Konunning 3- moddasiga kura: Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko'rsatish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir. Mikrokredit tashkiloti O'zbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli. Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug'urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug'ullanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkilotlarini tashkil etish
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin. Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag'laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag'lardan va boshqa jalb qilingan mablag'lardan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag'laridan shakllantirilgan bo'lishi kerak. Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatishi mumkin:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi);
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan iste'mol kreditlari berish.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq maslahat va axborot xizmatlari ko'rsatishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga haqli emas.
Mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun mablag'larning manbalari
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatadi:
o'z mablag'lari, shu jumladan olgan daromadlari;
investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag'lar;
banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari;
xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag'lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manba lar.lombardlar adliya organlari tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida to'lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining to'rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi;
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko'rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida yig'im undiriladi;
lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun to'lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Lombardlar davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi uchun to'lanadigan davlat boji summasi belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Yüklə 27,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə