Mavzu: Oʻzbekiston taʼlim tizimining gender xususiyatlari. Reja: O‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasidagi gender tenglik. O‘zbekistonda gender tarbiya haqida. Ta’lim tizimining gender xususiyatlari



Yüklə 10,85 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü10,85 Kb.
#167118
1   2   3   4
gender slayd

So‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda: • ayollar huquqlari to‘g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish; • ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish; • aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to‘g’risida xabardorligini oshirish; • huquqni qo‘llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida o‘qitish.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deb belgilangan. Demak, gender tengligining ham xalqaro, huquqiy ham konstitutsiyaviy huquqiy asosi kafolatlangan. Gender tengligi ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlashning qonunchilik va institutsional negizini mustahkamlash yo‘lida muhim choralar ko‘rildi. Gender tengligi masalalari milliy qonunchiligimizda ham o‘z aksini topgan, ya’ni 2019-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g’risida”gi O‘RQ-562-son Qonuni qabul qilindi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilindi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2019-yil 23-avgustda ma’qullandi. Ya’ni Gender tengligini joriy qilish nuqtayi nazaridan ta’limdagi ijobiy siljishlarni alohida 2017-yildan boshlab aksariyat oliy ta’lim muassasalarida turli mutaxassisliklar bo‘yicha sirtqi bo‘limlar faoliyati tiklandi.

Gender tenglik bo‘yicha institutsional choralarga kelsak, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta’minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo‘yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg’unlashtirish bilan shug’ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil qilingan.


Yüklə 10,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə