Mavzu: O‘zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo‘llari



Yüklə 169,47 Kb.
səhifə1/10
tarix12.12.2023
ölçüsü169,47 Kb.
#148850
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo‘llari


Mavzu: O‘zbekistonda bank tizimini takomillashtirish yo‘llari
Reja:
Kirish.
1. Bank daromadlari va hisob turlari.
2. Bank daromadlarini tartibi va xususiyiyatlari.
3. Mamlakatimiz tijorat banklari daromadlari amaliy holati tahlili.
4. Banklarda daromadlarni daromad yo’llari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bank sektorining samarali faoliyati
bilan bog’liq. Raqobat sharoitida bank faoliyatining omad kaliti bo’lib, bank
ichki imkoniyatlarini va raqobatchilarning xatti-harakatiga hamda bozor kon yunkturasidagi o’zgarishlarga bevosita javob bera olish qobiliyati hisoblanadi. 
Tijorat banklarining faoliyati faqatgina bank ichki siyosatini to’g’ri tashkil qilish bilan bog’liq bo’lmasdan, balki yuqori foyda olish manfaati bilan
tashqi sharoitlarga moslashish hamdir. Bu borada bank tizimining moliyaviy 
barqarorligini yanada mustahkamlash, respublika moliya-bank tizimini yanada 
rivojlantirish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha qabul qilingan dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni so’zsiz amalga oshirish, bank nazoratini kuchaytirish, bank aktivlari va kredit portfelining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi. 
Hozirgi davrda O’zbekistonda bank nazorati bo’yicha tijorat banklari 
moliyaviy holatini tahlil qilishning o’ziga xos tizimi shakllangan. Shuningdek tijorat banklari Markaziy bankka har oy faoliyatining ko’p sohalarini o’z ichiga olgan ma’lumotlar, balans hisoboti, iqtisodiy normativlar hisob-kitobi, foyda va zararlar hisobotlarini taqdim etadilar. “Foyda va zarar to’g’rida”gi hisobot foydaning shakllanishi va yakuniy miqdori bilan bog’liq bank
daromad va xarajatlari shakllanish jarayonini faol boshqarish imkoniyatini beruvchi asosiy ma’lumotlar manbaidir. Bu moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichi sof foyda hisoblanadi. Ushbu jarayonda tijorat banklarining aktiv operatsiyalardan oladigan daromadlarini oshirishning samarali tizimini vujudga keltirish, pul muomalasi va kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarning iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish, chora-tadbirlarini ishlab chiqish
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yilda mamlakatimizni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim usuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi ahamiyatga ega. Chunki
tijorat banklari joriy va investitsion xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy,
birlamchi manbalaridan biridir. Buning uchun esa banklarning daromadlilik
mohiyatini chuqur anglab yetish va mahalliy shartsharoitlarni hisobga olgan holda undan foydalanish masalalarini atroflicha tahlil qilish zarurdir. Tijorat
banklarining moliyaviy natijalari asosiy o’rganiladigan masalaning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari foydasini shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank rivojlanishi uchun uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank faoliyatini yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi. Bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar banklar barqarorligini yanada mustahkamlash, ularning likvidligini va kapitallashuv darajasini oshirish hamda investitsion faolligini kuchaytirish, yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishni ta’minlash

Yüklə 169,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə