Mavzu: O‘zgaruvchan massali jismning harakati. Reja


Nyutonning birinchi qonuni



Yüklə 48,73 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü48,73 Kb.
#143483
1   2   3
O‘ZGARUVCHAN MASSALI JISMNING HARAKATI.

Nyutonning birinchi qonuni (inersiya qonuni): har qanday jism unga boshqa jismlar ta’sir qilmaguncha o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Jismlar o’zlarining tinchlik holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini maqlash qobiliyati inersiya deyiladi. Tajribaning ko’rsatishicha, bir xil ta’sir qilinganda turli jismlar o’zlarining tezliklarini turlicha o’zgartirar ekan, ya’ni ayni bir xil ta’sir turli jismlarga turlicha tezlanish beradi. Binobarin, jismning olgan tezlanishining kattaligi faqat ta’sir kattaligiga emas, shu bilan birga jismning ba’zi xususiy xossasiga ham bog’liq bo’lar ekan. Jismning bu xossasi massa deb ataladigan fizik kattalik bilan xarakterlanadi. Ana shu ma’noda massa jismning inersiya o’lchovidir deyish mumkin.
Massa asosiy fizik kattaliklardan biridir. Massa jismning faqat inersiyasinigina emas, shu bilan birga uning gravitasion (tortishish) xossalarini ham xarakterlaydi. Bundan tashqari massa jismning “energiya tutuvchanligini” ham xarakterlaydi. Massa birligi SI sistemasida kg va uning etaloni platina-iridiy qotishmasidan silindr va u Parijda saqlanadi. Yuqori aniqlik darajasida hisoblangan 1 dm3 distillangan suvning 4°C dagi massasi 1 kg ga teng.
Inersiya qonunida qayd qilingan ayni shu jismning holatini o’zgartirishga sabab bo’lgan “boshqa jismlarning ta’sirini” bu jismga ta’sir qiluvchi kuch degan umumiy nom bilan yuritiladi. Tajribaning ko’rsatishicha, ayni bir jismga ta’sir qiluvchi turli kuchlar turlicha tezlanish berar ekan. Bundan tashqari, kuch ham ana shu kuch hosil qilgan tezlanish vektori singari yo’nalgan vektor ekan. Keltirilgan tajriba dalillarini umumlashtirish Nyutonning ikkinchi qonuni mazmunini hosil qiladi :
jismning kuch ta’sirida olgan tezlanishi ham kuch singari yo’nalgan bo’lib, kattaligi jihatidan kuchga proporsional va jismning massasiga teskari proporsionaldir:
yoki .
Proporsionallik koeffisiyenti ni kiritib, quyidagicha yozamizg
. (1)
Umuman, fizik formulada bu formulaga kiruvchi fizik kattaliklardan birining o’lchov birligi aniqlanayotgan bo’lsa, proporsionallik koeffisiyentini birga teng deb qabul qilish mumkin. Shunday qilib, (1) formulada =1 deb olib, formulani shunday yozish mumkin:
. (2)
Agar bir jism ikkinchi jismga ta’sir qilsa, o’z navbatida ikkinchi jism ham birinchi jismga ta’sir qiladi. Masalan, tayanchga bosayotgan yukka shu tayanchning bosim kuchi ta’sir qiladi. O’zaro ta’sirlashayotgan jismlarga qo’yilgan kuchlar orasidagi munosabatni Nyutonning uchinchi qonuni (ta’sir va aks ta’sir qonuni) ifodalaydi:

Yüklə 48,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə